2.1Bog‘lanish yo‘li bilan bog‘langan murakkab qo‘shma gaplarning o‘rganilishi Bog‘lanish yo‘li bilan tuzilgan murakkab qo‘shma gap. Bunday qo‘shma gaplar tarkibidagi sodda gaplar o‘zaro bog‘lovchi yoki bog‘lovchi vazifasidagi so‘zlar yordami bilan birikadi. Masalan: 1) Bahor keldi, 2) Lekin havo uncha ochilganicha yo‘q-u, 3) daraxtlar kurtak otaboshladi.
sodda gap + sodda gap + sodda gap Bunday gaplar bog‘langan qo‘shma gaplarga o‘xshasa-da, lekin sodda gaplarning miqdori jihatidan farq qiladi ya’ni sodda gaplar miqdori ko‘p bo‘ladi.16 Bunday murakkab gaplar qo‘shma gap sostavidagi komponentlarning o‘zaro munosabati bog‘langan qo‘shma gapdagiga o‘xshagan bo‘lsa ham, lekin sodda gaplarning miqdori va ayrim bog‘lovchilarning qo‘llanishi jihatidan ulardan farqlanadi. Qiyoslang: 1. Mahalla ko‘karib obod bo‘lganicha yo‘g‘-u, lekin odamlarning ruhi yoshardi. 2. Xalq qo‘limizdan yetakladi-yu, biz yengib chiqdik va qishloq quzg‘unlardan qutildi.
Bu tipdagi murakkab qo‘shma gaplar komponentlari bog‘lovchisiz, ya’ni intonatsiya, tartib orqali birikkan bo‘lishi ham mumkin.
Masalan: Ajoyib bir xalqning lobar qizisiz,
Sizdan maqtanchoqlik, mag‘rurlik yiroq,
Kecha tuzib qo‘ygan rejalaringiz
Sizni olg‘a tomon undaydi shu choq.
Bu tipdagi murakkab qo‘shma gaplarda komponentlardan anglashilgan ma’no bir vaqtda yoki ketma-ket vujudga kelishi anglashiladi.17 Bog‘langan qo‘shma gap toifasidagi (bog‘lanish yo‘li bilan tuzilgan) murakkab qo‘shma gap komponentlari (qismlari) o‘zaro teng bog‘lovchilar yoki teng bog‘lovchilar vazifasidagi yuklamalar orqali sintaktik aloqaga kirishadi.Bunday murakkab qo‘shma gap, tarkibidagi komponentlarning bog‘lanish usullariga ko‘ra, shuningdek, ularning semantik munosabatlariga ko‘ra, bog‘langan qo‘shma gapdan farq qilmaydi, lekin bunda komponentlar soni uch va undan ortiq bo‘ladi. Masalan: Bugundan boshlab yotoq joylarda... yigitlardan bitta navbatchi qoldirildi-yu, boshqa hamma paxtaga chiqdi va terimchilar soni to‘rt kishiga ortdi. (P.Qodirov).
Keltirilgan misol 3 ta komponent murakkab qo‘shma gap tarkibida qatnashib, birinchisi ikkinchisiga teng bog‘lovchi vazifasidagi –yu yuklamasi bilan, ikkinchisi uchinchisiga va bog‘lovchisi bilan bog‘langan. Bog‘langan qo‘shma gap toifasidagi murakkab qo‘shma gapni quyidagi chizgi bilan ko‘rsatish:
□ -yu, □ va □
Hamma keldi-yu, Sattor kechikayotgan edi, lekin biz ishni boshlashga qaror
qildik.
□ -yu, □, lekin □18