Adabiyoti universiteti ona tili va adabiyoti ta’limi


III. Xulosa..........................................................................................................22 IV.Foydalanilgan adabiyotlar



Yüklə 68,65 Kb.
səhifə2/9
tarix12.05.2023
ölçüsü68,65 Kb.
#112549
1   2   3   4   5   6   7   8   9
306-guruh Ergasheva Kamola kurs ishi ho‘at

III. Xulosa..........................................................................................................22
IV.Foydalanilgan adabiyotlar..........................................................................24

Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Til – kishilarga fikrlashuv, fikrlash quroli bo‘lib xizmat qiladigan noyob ijtimoiy hodisa. Har bir til uning sohibi bo‘lmish jamoaning bebaho mulki bo‘lib, o‘zi mansub jamoaning nomi bilan ataladi: o‘zbek jamoasiga xizmat qiluvchi tilga o‘zbek tili deyiladi. O‘zbeklar o‘z tilidan ko‘p asrlar davomida foydalanib keladi. Dastlab og‘zaki muloqotni ta’minlagan o‘zbek tili keyinchalik yozma shaklda ham namoyon bo‘lgan. Yozma nutqda til hodisalaridan foydalanishning ma’lum me’yorlarini ishlab chiqish zaruriyati paydo bo‘lgan. Til hodisalaridan ma’lum me’yor asosida foydalanish adabiy o‘zbek tilining shakllanishiga olib kelgan. So‘zlashuv asosida shakllanib, so‘zlashuv tili bilan yonma-yon yashab kelayotgan adabiy o‘zbek tili ko‘p asrlik tarixga ega bo‘lib, taraqqiyot bos-qichlari nuqtayi nazaridan o‘tmish adabiy o‘zbek tili va hozirgi adabiy o‘zbek tili deb ajratiladi. Adabiy o‘zbek tili o‘z tarixiy taraqqiyotining har bir bosqichida ma’lum belgi-xususiyatlari bilan farqlanadi.
“Hozirgi adabiy o‘zbek tili” predmetining asosiy vazifasi – talabalarni shu tilning qurilishiga mansub hodisalar bilan ilmiy asosda tanishtirish, yuqori malakali filolog bo‘lishi uchun poydevor hosil qilish.1
Insonga ato etilgan neʼmatlar orasida til, xususan, ona tilining oʻrni beqiyos. Tildek barchaga birdek tegishli, qancha ishlatilsa, shuncha ohori ortadigan boshqa xazinani topishimiz mushkul. Tilimiz sofligiga shu til egasi sifatida kichik bir ulush qoʻsholsak, demakki, umrimiz ham tilimiz bilan yuksalaveradi.
Milliy til haqida soʻz borar ekan, beixtiyor maʼrifatparvar bobomiz Abdulla Avloniyning ushbu soʻzlari yodga tushadi: “Har bir millatning dunyoda borligʻini koʻrsatadurgan oyinai hayoti uning tili va adabiyotidur. Milliy tilni yoʻqotmak millatning ruhini yoʻqotmakdur”.
Ona tilimizga davlat tili maqomi berilganidan keyingi oʻtgan davrda koʻplab ishlar amalga oshirildi, rasmiy-idoraviy qogʻozlar asosan oʻzbek tilida yuritilmoqda, koʻcha-koʻydagi eʼlonlarning ham davlat tilida boʻlishiga eʼtibor berilmoqda. Oʻzga millat vakillari ham nutqiy faoliyat turlaridan nutqni tinglab tushunish va oʻqishni egallashda jonbozlik koʻrsatmoqda. Ona tilidan, shuningdek, rusiyzabonlar uchun oʻzbek tilidagi maktab darsliklari yil sayin takomillashtirilib borilmoqda. Lekin oʻzbek tili taʼlimini ham, ona tili taʼlimini ham yanada samarador qilish uchun bular yetarli emas. Chunki tadqiqot olib borayotgan izlanuvchilar monografiya, metodik qoʻllanma, oʻquv qoʻllanmalari tayyorlar ekan, aksariyat hollarda ularni oz adadda, koʻpi bilan 100 tadan 300 tagacha nusxada nashr ettiradi. Sanoqli oʻqituvchilarning ushbu nashrlardan bahramand boʻlishi yurtimizdagi barcha oʻqituvchilar ulardan bexabar boʻlishi oldida haminqadardir. Kitob doʻkonlarida oʻzbek tilining akademik grammatikasi haqidagi asarlar, shaklan oʻziga xos boʻlgan tilimizni oʻqitishga doir qoʻllanmalar paydo boʻlishi umumiy metodik va nutqiy savodxonlikni oshirishga katta hissa boʻlib qoʻshiladi.
Unutmaslik kerakki, qaysiki xalqning tili tanazzulga yuz tutsa, oʻsha xalqning inqirozi muqarrardir. Shuning uchun oʻz qadrini bilgan millat ona tilini oʻzini asraganday asraydi, uning taraqqiyoti, taqdiri uchun muttasil kurashadi. 2
Kurs ishining maqsadi: Hozirgi o‘zbek adabiy tilida mavjud bo‘lgan murakkab qo‘shma gaplar va ularning o‘rganilishi, murakkab qo‘shma gaplar yuzasidan olimlar fikr-mulohazalari, tadqiqotlari va nazariy qarashlarini o‘rganish va tahlil qilish.
Kurs ishining vazifasi: Murakkab qo’shma gaplar haqida umumiy ma’lumotlar yig‘ish ularni o’quvchilarga o‘rgatish. O‘quvchilarda murakkab qo‘shma gaplardan foydalangan holda nutq tuza olish qobiliyatini shakllantirish, nutq madaniyatini takomillashtirish.


Yüklə 68,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin