Adabiyoti universiteti ona tili va adabiyoti ta’limi


Ergashish yo‘li bilan tuzilgan murakkab qo‘shma gaplarning o‘rganilishi



Yüklə 68,65 Kb.
səhifə6/9
tarix12.05.2023
ölçüsü68,65 Kb.
#112549
1   2   3   4   5   6   7   8   9
306-guruh Ergasheva Kamola kurs ishi ho‘at

2.2.Ergashish yo‘li bilan tuzilgan murakkab qo‘shma gaplarning o‘rganilishi
G‘ulomov va Asqarovalar ergashish yo‘li bilan tuzilgan murakkab qo‘shma gaplarni quyidagicha o‘rganishgan:
Ergash gaplarning hamma turi ham boshqa ergash gaplar bilan birga qo‘llanib, bir necha ergash gapli qo‘shma gapni hosil qilishi mumkin.Bunday qo‘shma gapning ergash gap qismi o‘zaro tenglashish munosabatida bo‘ladi, ya’ni ular uyushgan ergash gaplarni tashkil qiladi.Misollar: Qalbingda yonsa ham bir dunyo alam, qalbingni buksa ham olam-olam g‘am, boshingga ayriliq solsa ham soya, ko‘ngling g‘ash bo‘lsa ham bilonihoya, soching oqarsa ham hijron tufayli, yuzlaring za’faron bo‘lsa ham mayli, onajon, ko‘zingdan oqizma ko‘p yosh.Men o‘zimni inson bilganda, gulga to‘lib bahor kirganda, yuragimda havas uyg‘ondi.
Bunday murakkab qo‘shma gaplarni tashkil etuvchi komponentlarning strukturasi ikki xildir:
a) birinchi turda ergash gaplar “mustaqil” sodda gaplarday (bosh gapday) shakllangan bo‘ladi;
b) ikkinchi turda ergash qismlar ergash gaplarday shakllanib, o‘zaro tenglashish munosabatida bo‘ladi.
Birinchi gruppani tashkil etuvchi komponentlar bosh gapga -ki, chunki, go‘yo kabi yordamchilar vositasi bilan bog‘lanadi.Bunday ergash gap garchi bosh gapga tobe sanalasa ham, o‘zi “mustaqil” sodda gaplarday shakllanadi. Bunda birdan ortiq ergash gaplar o‘zaro tenglashish yo‘li bilan birikadi. Bu ergash gaplar uyushiq bo‘laklardek tenglashish intonatsiyasi bilan aytiladi yoki ular orasiga teng bog’lovchilar ishlatiladi. Misollar: Ergash unga shunday qaradiki bu nazarni hamma payqadi va shov-shuv biroz tindi. Shoir demoqchiki, bulutdan yomg‘ir yog‘adi va bu yomg’ir sudlaridan gul unib chiqadi. U janoblarining hayotlari haqidagi ma’lumotlarni batafsil aytib beringiz, chunki fazilatlar to‘g‘risida eshitdim-u, ammo hayotlari haqida hech nima ......
To‘ldiruvchi, aniqlovchi, o‘lchov-daraja, o‘xshatish, natija, sabab ergash gaplar yuqoridagicha uyushib, teng bog’lovchilar ishtirokida birikishi mumkin. Alyosha tushunadiki, ular hayotni yaratgan odamlar, lekin o‘zlari parcha nonga zor. (To‘ldiruvchi ergash gaplar uyushgan) Biz indamas edik, go‘yo aytadigan so‘z qolmagan, biroq ko‘nglimizda to‘lib-toshgan hislarni aytib tamom qilish mumkin emas edi.
Ikkinchi gruppani tashkil etuvchi birdan ortiq ergash gapning kesimlari to‘la shakllanmay, fe’lning sifatdosh, ravishdosh, shart mayli shakllari formalarida keladi. Ular o‘zaro tenglashish munosabatini tashkil qilishi va uyushib kelishi mumkin.Bunday ergash gaplar orasiga ham ba’zan teng bog‘lovchilar ishlatiladi. Bu xildagi komponentlar orasida to‘lqisiz nisbiy tenglashish mavjuddir.
Shart, payt, o‘lchov-daraja, ega, sabab, ravish, to‘liqsiz kabi ergash gaplar o‘zaro nisbiy tenglashish vositasida birikadi.Misollar: Dam qarasang, bir joyga to‘planib qolishadi; dam qiltiriq Mahsum o‘tsa, orqasidan xavfsirab qarab qo‘yishadi.Daraxtlar ko‘karsa va qirlar, maysalar yashnasa, bu joylar juda go‘zal bo‘ladi.19
1981-yilda nashr etilgan Asqarova va Abdurahmonovlarning “O‘zbek tili grammatikasining praktikumi” nomli kitobida ergashish yo‘li bilan tuzilgan murakkab qo’shma gaplar juda sodda qilib tushuntirilgan:
Bir necha ergash gapli qo‘shma gaplar tarkibida bir bosh gap va bir necha ergash gap bo‘ladi.Bir necha ergash gapli qo‘shma gaplarda bir necha ergash gaplar bitta bosh gapga tobelanadi.20
Asqarova hamda Abdurahmonovlar ergash gaplarning bosh gapga qay darajada tobelanishiga ko‘ra ularni ikkiga ajratishgan:
1.Birdan ortiq ergash gaplar bosh gapga birgalik ergashuvi orqali birikadi.Bunday murakkab qo‘shma gap komponentlari orasida uyushiq bo‘laklarday tenglashish munosabati bo‘ladi.Masalan, Traktor berilsa, yerlar o‘z vaqtida haydalsa, planni oshirib bajaramiz.
2.Birdan ortiq ergash gaplar o‘zaro biri ikkinchisiga ergashib, eng so‘nggisigina bosh gapga tobelanadi. Masalan, Dastlabki vaqtlarda yordam bersangiz, ishlar jo‘nashib ketgandan keyin, unchalik og‘irligim tushmas. 21
2006-yilda nashr etilgan Asqarova, Yunusov va Yo‘ldoshevlarning “O‘zbek tili praktikumi” kitobida ham bir necha ergash gapli murakkab qo‘shma gaplar haqida Asqarova, Abdurahmonovlarning “O‘zbek tili grammatikasining praktikumi” kitobidagi fikrlar bilan bir xil.
Murakkab qo'shma gaplarning ikkinchi turida tobelanish munosabati asosida ikki va undan ortiq ergash gap (bir necha ergash gap) bitta bosh gapga tobelanib keladi. Bunday qurilmalar bir necha ergash gapli qo‘shma gap deb ham nomlanadi Masalan,Kimning bilagida kuchi bo‘lsa, kim ishning havasini olsa, o‘sha ilg‘or bo‘ladi.22
Fayzullayev, Abdullayev, Haydarovlar tomonidan ergashish yo‘li bilan tuzilgan murakkab qo‘shma gaplar quyidagicha o‘rganilgan:
Bunday murakkab qo‘shma gaplarda ergash gap ikki yoki undan ortiqroq bo‘lib, ular bitta bosh gapga bo‘ysinib, uni izohlab keladi. Bunday gaplarda ergash gaplar bosh gapga ikki usul bilan bog‘lanadi: Birgalik ergashish.Bosh gapga to‘g‘ridan-to‘g‘ri, ayrim-ayrim, holda bog‘lanadigan ergash gaplar birgalik ergash gaplar deb ataladi. Masalan:
Sevinch, quvonch yuraklardan toshganda,
Shodlik sasi osmonlardan oshganda,
To’lqini yer yuzini bosganda,
Qimmatdonlar g‘alabangiz muborak. (G‘.G‘ulom).
Ish shu holda borsa, kayfiyat shu bo‘lsa, ha demay kapsanchilardan bitta ham yakkaxo'jalik qolmasligi muqarrar edi.
Ketma-ket ergashish. Bir necha ergash gapli qo‘shma gaplar har har xil ergash gaplardan tashkil topishi mumkin. Masalan, U kelganda, ikkovlari gap bilan bo'lib ketib, ish qolib ketdi.
Bunday qo‘shma gaplarda deyarli hamma vaqt payt ergash gap sabab ergash gapdan oldin keladi. Bularning bog‘lanishi ketma-ket holatda bo‘lib, payt ergash gap sabab ergash gapga, sabab ergash gap bosh gapga bog‘lanadi:
Sxemasi: Payt -ganda +sabab -ib+ bosh gap.
Bordi-yu rost bo‘lsa, hammasi emas, yarmi rost bo‘lganda ham juda xunuk gap-ku.
Payt -sa+ to’siqsiz ganda ham + bosh gap
Siz kuyib-pishib gapirib turganingizda, sigiri ma’rab qolsa, sizga emas, sigirga qaraydigan odamga gap ta’sir qiladimi?
Payt -ganda + shart -sa +bosh gap.
Ertasi kuni quyosh yoyilganda, eshikka chiqishi bilan, xizmatkor jussasi kichik bo‘lsa ham, semiz, yuvvosh yo‘rg‘a otni tutdi.
Payt -shi bilan+ to‘siqsiz -sa ham + bosh gap.23

Yüklə 68,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin