Adabiyoti universiteti ona tili va adabiyoti ta’limi


Bog‘lovchisiz tuzilgan murakkab qo‘shma gaplarning o‘rganilishi



Yüklə 68,65 Kb.
səhifə7/9
tarix12.05.2023
ölçüsü68,65 Kb.
#112549
1   2   3   4   5   6   7   8   9
306-guruh Ergasheva Kamola kurs ishi ho‘at

2.3.Bog‘lovchisiz tuzilgan murakkab qo‘shma gaplarning o‘rganilishi
Bog‘lovchisiz qo‘shma gap toifasidagi (bog‘lovchi vositalarsiz tuzilgan) murakkab qo‘shma gaplarda uch va undan ortiq gaplar bog‘lovchi vositalarsiz, ohang (ohang) orqali bog‘lanadi, bu jihatdan u oddiy bog‘lovchisiz qo‘shma gapdan farqlanmaydi, lekin bunda gaplar orasidagi semantik munosabatlar murakkabroq bo‘ladi:
1) gaplar o‘zaro teng munosabatda bo‘ladi: Shamol hamon qarshidan esar, yashin “lip-lip” qilar, momaqaldiroq daraning yuqorisida gumburlar edi. (P.Qodirov). Suv tiniq, yaproqlar qirmizi rang tortgan, havo musaffo edi. (F.Musajonov). Lahzada do‘kon chollar, yigitlarga to‘ldi, barcha shod, g‘ovur-g‘uvur, suhbat boshlanib ketdi. (Oybek). Mazkur gapning chizmasi quyidagicha:
□ □ □
2) teng munosabatdagi ikki va undan ortiq gaplar ular uchun umumiy gapdan anglashilgan fikrni izohlab keladi: Tushdan keyin hamma jonlanib qoldi: birov hazil qilgan, birov shang‘illab qandaydir voqeani so‘zlagan, eng dangasa ishyoqmaslar ham allanechuk serg‘ayrat, chaqqon bo‘lib qolgan. (F.Musajonov).Ikki kvartal naridagi keng xiyobon juda o‘tirishli joy: o‘rtasi gulzor, uning kichkina favvorasi ham bor. (F.Musajonov). Keltirilgan gaplarning chizmasi quyidagicha:
□ : □ □24
Bog‘lovchi vositasiz tuzilgan murakkab qo‘shma gaplar. Bunday murakkab qo‘shma gaplar o‘z tarkibidagi sodda gaplarning o‘zaro bog‘lanish usuli, sodda gaplarning tuzilish va ma’no munosabati jihatidan bog‘lovchisiz qo‘shma gaplardan deyarli farqlanmaydi, faqat bu gaplarda sodda gaplarning o‘zaro munosabati biroz murakkabroq bo‘ladi: Bu belgilarni quyidagicha izohlah mumkin .1. Sodda gaplar teng munosabatda bolladi. Masalan:
(1). Boshimga bolishlar botdi, (2) sen kelmading,
(3). Yurakka nolishlar botdi, (4) sen kelmading.
(Qo‘shiq)
2. Sodda gaplarning biri boshqalariga nisbatan alohida vaziyatga ega bo‘ladi. Masalan:
(1) Tong chog‘i tun bilan kunduz uchrashdi,
(2) Tunda armon bilan yulduz uchrashdi,
(3) Bahor bilan kuzak baxt qush uchrashdi,
(4) Toshlar uchrashdilar, biz uchrashmadik.
(U.A.)
3. Ba’zi hollarda gaplar juft -juft holda o‘zaro birikadilar.
(1) Qahraton o‘tkinchi-(2) tunmoq o‘tkinchi,
(3) Bahor o‘tkinchi-(4) unmoq o‘tkinchi,
(5) Yoz ham o‘tkinchi -(6) to‘lmoq o‘tkinchi,
(7) Faqat kuzak cheksiz- (8) so‘lmoq cheksiz.
(U. A.)25
Bog‘lovchi vositalarsiz tuzilgan murakkab qo‘shma gaplar haqida Asqarova Fayzullayev, Abdullayev, G‘aniyevlar kitobida ma’lumot berilmagan.Shu sababli ham murakkab qo‘shma gapning bu turi haqida to‘la ma’lumot bera olmadim

Yüklə 68,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin