Agrokimyo kirish


O’g’it qo’llash turlari, usullari, muddatlari va texnikasi



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə75/123
tarix27.12.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#199744
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   123
Agrokimyo kirish-fayllar.org

O’g’it qo’llash turlari, usullari, muddatlari va texnikasi. O’g’it qo’llash tizimida ishlatiladigan iboralardan to’g’ri foydalanish lozim:
            • asosiy o’g’itlash (ekishgacha, ekish bilan);


            • qatorlab o’g’itlash(ekish bilan birga);


            • qo’shimcha oziqlantirish( ekinlarning o’suv davrida).


O’g’itlarni tuproqqa quyidagi muddatlarda kiritish mumkin:


              • kuzda; bahorda; yozda; belgilangan ma’lum oylarda.


O’g’itlashning asosiy usullari jumlasiga quyidagilar kiradi:


              • yoppasiga (sochma); joyiga (uyalab, o’chog’iga, qatorlab); lokaltasmasimon; zaxiraviy; mexanizmlar yordamida; havodan va h.k.


O’g’itlarni tuproq bilan aralashtirishda plug, kultivator-oziqlantirgich, diskali va tishli tirma kabi moslamalardan foydalaniladi. Ko’p hollarda o’g’it me’yori va o’g’it dozasi tushunchalari almashtirib yuboriladi. O’g’it me’yori — ekinga butun o’suv davri davomida beriladigan o’g’it miqdorining ko’rsatkichi bo’lib, bir ga maydonga qo’llaniladigan sof moddalarning kg (ba’zi hollarda t) birlikda ifodalanishidir. O’g’it dozasi deganda esa muayyan muddatda(masalan, ekish oldidan, 3—4 chin barg davri va h.k.) bir marta beriladigan o’g’it miqdori nazarda tutiladi.


  1. Tuproqning ancha chuqur, nam qatlamiga tushgan o’g’itlar oson eriydi va o’simliklar tomonidan butun o’suv davri davomida yaxshi o’zlashtiriladi.


  2. O’g’itlarni qo’llashda ularni gravitatsiya suvlari ta’sirida harakatlanishi, yuvilishi va gaz shaklida yo’qolishi kabi salbiy jarayonlarni hisobga olish lozim. Bu birinchi navbatda azotli o’g’itlarga tegishli bo’lib, nitrat shaklidagi azot sug’orma suvlar ta’sirida yuviladi va atrof-muhitni ifloslantiradi. Mazkur jarayon ayniqsa yengil mexanikaviy tarkibli tuproqlarda jadal ketadi. Nitratlarning yuvilishi erta bahor va kech kuz davrlarida sezilarli darajada kuchayadi.


  3. Ma’lumotlarning ko’rsatishicha, ammiakli selitra va mochevina yuza qo’llanilganda, tarkibidagi azotning 1—3% i bekorga isrof bo’ladi.


  4. Suyuq azotli o’g’itlarni tuproqning yuza qatlamlariga qo’llash ko’p miqdordagi azotning yo’qolishiga sabab bo’ladi. Qumoq tuproqlarda suvli ammiak 10—12, suyuq ammiak 16 sm chuqurlikka kiritilganda, azotning bekorga isrof bo’lishi kuzatilmaydi. Soz tuproqlarda esa bu ko’rsatkich mos ravishda 7—8 va 12—14 sm ni tashkil etishi lozim.


  5. Fosfor va kaliyning tuproqda fiksatsiyalanishi juda tez (tuproqqa tushgach 1—2 kecha-kunduz davomida) sodir bo’ladi. Bunda fosforning anchagina qismi (60—70% i) qiyin o’zlashtiriladigan birikmalar tarkibiga oiadi. Fosforning mazkur holatga o’tish miqdori va jadalligi bevosita o’g’itning fizikaviy holatiga bog’liq. Odatda, kukunsimon holatdagi fosforli o’g’itlar donador fosforli o’g’itlarga nisbatan tuproq bilan tezda muloqotga kirishadi va qiyin o’zlashtiriladigan shaklga o’tadi.


  6. Fosforli va kaliyli o’g’itlar ekishgacha tuproqning yuza qatlamlariga kiritilganda, ularning asosiy qismi o’simliklar tomonidan o’zlashtirilmay qoladi. O’suv davrida oziqlantirgich moslama yordamida beriladigan qo’shimcha oziqlantirish to’g’risida ham shunday fikr yuritish mumkin. Shu sababdan ham fosforli va kaiiyli o’g’itlar yillik me’yorining asosiy qismi (50—60% i) kuzgi shudgor ostiga beriladi.


  7. Tuproqlarning mexanikaviy tarkibi, suv rejimi va o’g’it me’yoriga bog’liq ravishda yil davomida bir ga maydondan 1—30 kg azot (kiritilgan azotning 1 — 10% i), 0,4—60 kg kaliy, 8—360 kg kalsiy, 3—90 kg magniy, 4—60 kg oltingugurt, 100 kg ga yaqin xlor va juda kam miqdorda fosfor yuvilib ketadi.


  8. Suv eroziyasi ta’sirida har yili yer yuzasidan ko’p miqdordagi unumdor tuproq qatlami( 10 t/ga va undan ko’p) yuviladi. Suv oqimi bilan har yili bir ga maydondan 40 kg gacha azot, 50 kg gacha fosfor, 3—1600 kg kaliy, 7—50 kg kalsiy, 230 kg magniy, 1,5—29 kg oltingugurt va 1450 kg organik modda yuviladi.





  9. Yüklə 0,73 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin