11.3. OZIQ MODDALARNING HOSIL BILAN OLIB CHIQIB KETILISHI
Amalda o’simliklarning oziq moddalarga bo’lgan talabi 1 t asosiy mahsulot va unga mos keladigan “yordamchi” mahsulotning shakllanishi uchun sarflanadigan xo’jalik chiqimi asosida hisoblanadi (11.3-jadval).
(11.3-jadval)
Ayrim ekinlar tomonidan hosil birligi (t) bilan tuproqdan olib ketiladigan azot, fosfor va kaliyning taxminiy miqdori, kg
Ekin turi
|
Asosiy
mahsulot
|
Asosiy mahsulot bilan chiqib
ketadigan:
|
Azot, fosfor va kaliyning
o’zaro nisbati
|
azot
|
fosfor
|
kaliy
| |
Kuzgi
bug’doy
|
Don
|
35
|
12
|
26
|
3,0 : 1 : 2,2
|
Kuzgi javdar
|
Don
|
30
|
12
|
28
|
2,5 : 1 : 2,3
|
Bahorgi bug’doy
|
Don
|
38
|
12
|
25
|
3,2 : 1 : 2,1
|
Arpa
|
Don
|
27
|
11
|
24
|
2,5 : 1 : 2,2
|
Makkajo’xori
|
Don
|
34
|
12
|
37
|
2,8 : 1 : 3,0
|
Suli
|
Don
|
30
|
13
|
29
|
2,3 : 1 : 2,3
|
Tariq
|
Don
|
33
|
10
|
34
|
3,3 : 1 : 3,4
|
Grechixa
|
Don
|
30
|
15
|
40
|
2,0: 1 : 2,7
|
O’ris no’xat
|
Don
|
30
|
16
|
20
|
2,0: 1 : 1,2
|
Zig’ir
|
Tola
|
80
|
40
|
70
|
3 : 1 : 1,8
|
Ekinbop nasha
|
Poya
|
15
|
7
|
12
|
2,1 : 1 : 1,7
|
G’o’za
|
Chigitli to’la
|
45
|
15
|
50
|
3 : 1 : 3,3
|
Kartoshka: ertagi
|
Tugunak
|
5
|
1,5
|
7
|
3,30 : 1 : 4,7
|
Kechki
|
|
6
|
2
|
9
|
3 : 1 : 4,5
|
Qand lavlagi
|
ildiz meva
|
6
|
2
|
7,5
|
3,3 : 1 : 4,2
|
Makkajo’xori
|
ko’k massa
|
2,5
|
1,2
|
4,5
|
2,1 : 1 : 3,8
|
Karam
|
Karam
|
3,4
|
1,3
|
4,4
|
2,6 : 1 : 3,4
|
Sabzi
|
ildiz meva
|
3,2
|
1,2
|
5
|
2,7 : 1 : 4,2
|
Xashaki lavlagi
|
ildiz meva
|
2,7
|
1,5
|
4,3
|
1,8 : 1 : 2,9
|
Pomidor
|
Meva
|
3,2
|
1,1
|
4
|
2,9 : 1 : 3,6
|
Bodring
|
Meva
|
2,8
|
1,4
|
4,4
|
2 : 1 : 3,1
|
Piyoz
|
piyoz bosh
|
3,7
|
1,3
|
4
|
2,8 : 1 : 3,1
|
Mevali daraxtlar
|
Meva- cheva
|
5
|
3
|
6
|
1,7 : 1 : 2
|
Tok
|
Uzum
|
1,7
|
1,4
|
5
|
1,2 : 1 : 3,6
|
Mevali daraxtlar
|
choy bargi
|
50
|
7
|
23
|
7,2 : 1 : 3,3
|
Donli ekinlar oziq moddalarini (azot : fosfor : kaliy), odatda, 2,5—3,0 : 1 : 2,2—3,0 nisbatda o’zlashtirsa, bu ko’rsatkich sabzavot ekinlarida 2,0—2,9 : 1 : 3,0—3,6 ga, kartoshka va ildizmevalilarda 3,0—3,3 : 1 : 4,2—4,7 ga, ko’k massa uchun ekiladigan ekinlarda esa 2,1—2,7 : 1 : 3,3—3,8 ga tengdir. Demak, ko’k massa ekinlari va sabzavotlar kaliyni donli ekinlarga nisbatan ko’p, kartoshka va ildizmevalilarga nisbatan ancha kam o’zlashtiradi. Shuningdek, ularning azotli o’g’itlarga bo’lgan talabi ham ancha kam.
Agar o’simliklar oziq moddalari bilan yaxshi ta’minlangan bo’lsa-yu, lekin tashqi omillardan birontasi yoki bir nechtasi tanqis bo’lsa, asosiy mahsulot bilan tuproqdan oziq moddalarining mosuvo bo’lishi kuchayadi. Aksincha, barcha omillarning yetarli bo’lishi hosilning shakllanishida oziq moddalaridan tejamkorlik bilan foydalanishga imkon yaratadi.
11.4. TURLI OMILLARNI ORGANIK VA MINERAL O’G’ITLAR SAMARADORLIGIGA TA’SIRI
11.4.1 Tuproq-iqlim sharoitlari
Tuproq unumdorligi va suv bilan ta’minlanganligi o’g’itlar samaradorligiga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Sug’orma dehqonchilik amalga oshiriladigan sharoitlarda azotli o’g’itlarning samaradorligi ancha yuqori. Azotning samaradorligiga tuproqning harakatchan fosfor va kaliy bilan ta’minlanganlikdarajasi ham ta’sir ko’rsatadi. Bu moddalar tuproqda kam bo’lgan holda azotning o’zlashtirilishi keskin kamayadi.
Kaliyli o’g’itlar mexanikaviy tarkibi yengil (qumli va qumloq) tuproqlarda yaxshi samara beradi. O’rta va og’ir qumoqli hamda soz tuproqlar kaliy bilan yuqori darajada ta’minlanganligi sababli ularda kaliyli o’g’itlardan olinadigan iqtisodiy samaradorlik bir muncha kuchsiz namoyon bo’ladi.
O’g’itlardan foydalanishda joriy yil bilan bir qatorda o’tgan yillardagi iqlim sharoitlarini ham hisobga olish lozim. Kuz faslida yog’in-sochin kam bo’lsa, azotli o’g’itlarning samaradorligi kamayadi va aksincha, fosforli o’g’itlarning samaradorligi oshadi. O’g’itlar, ayniqsa mahalliy o’g’itlar, tuproqdagi suv sarfini 10—20 % ga kamaytiradi. O’z navbatida sug’orish ham o’g’itlar samaradorligini oshiradi.
O’suv davrining ilk bosqichlaridagi past harorat o’simliklarning azot va fosfor bilan me’yorida oziqlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Haddan tashqari yuqori haroratlarda ham o’simliklarning me’yorida oziqlanish jarayoni buziladi.
11.4.2 Agrotexnik sharoitlar
Tuproqni obi-tobida ishlash, ekislini eng ma’qul agrotexnik muddallarda o’tkazish, eng yaxshi o’tmishdosh ekin tanlash, almashlab ekishga qat’iy amal qilish, begona o’tlar, zararkunanda hasharotlar va kasalliklarga qarshi kurashish-o’g’itlar samaradorligiga kuchli ta’sir ko’rsatadigan omillardan hisoblanadi. Obi-tobida amalga oshirilgan ishlov tuproqda qulay suv-havo va mikrobiologik rejimlarni yiizaga keltiradi, bu o’z navbatida ekinlarning me’yorida o’sib rivojlanishiga yordam beradi.
O’g’it qo’llash chuqurligi bevosita tuproqni ishlash usuli bilan bog’liqdir. O’g’itlar tuproqning nam bilan yetarli ta’minlangan qatlamiga kiritilganda, yaxshi eriydi hamda ekinlarning oziqlanishi uchun qulay sharoit yaratiladi. Tuproqni ishlash begona o’tlarni yo’qotishdagi eng muhim tadbir bo’lib, pirovardida ekinlarning oziqlanish sharoitini yaxshilashga xizmat qiladi. Ishlov berish bilan tuproqning haydalma qatlam chuqurligi oshadi, ekinlar baquvvat tomir yoyadi, natijada o’simliklar tuproqning chuqur qatlamlaridan ham oziq moddalarini o’zlashtiradi. O’g’itlar samaradorligini belgilashda ekinlar navini hisobga olish muhim ahamiyatga ega. Ma’lumki, har bitta nav o’ziga xos biologik individ bo’lib, tegishlicha yer usti qismi va ildiz tizimini shakllantiradi. Yangi nav va duragaylarning fiziologikagrokimyoviy pasportlarini bilmaslik oqibatida ko’p hollarda tuproqqa kiritilgan o’g’itlar qo’shimcha hosil bilan qoplanmaydi.
Ekinlarga beriladigan o’g’it me’yori ekish muddati va ekish me’yori bilan uyg’unlantirilishi lozim.Unuiman oJganda,yaxshi o’g’itlangan maydonlarga ekiladigan urug’ me’yorini bir muncha kamaytirish mumkin. Ekishning maqbul muddatlaridan chetga chiqish, ko’chat qalinligini me’yoridan oshirib yuborish o’g’itlar samaradorligini pasaytiradi. Sug’oriladigan sharoitlarda sug’orish rejimiga qat’iy amal qilish o’g’itlar samaradorligini oshirish omillaridan biridir.
11.4.3 Organik va mahalliy o’g’itlarni birgalikda qo’llash
Mineral o’g’itlar va go’ngni birgalikda qo’llash ularni alohidaalohida qo’llashdagiga qaraganda yaxshi samara beradi. Bu birinchidan, go’ng ta’sirida tuproqdagi mikrobiologik jarayon faolligining kuchayishi va ikkinchidan, mineral o’g’itlar ta’sirida go’ng va tuproqdagi organik moddalarning tezroq parchalanishi bilan bog’liqdir. Mineral va organik moddalar birgalikda qo’llanilganda, fosforli o’g’itlarning tuproq bilan mustahkam birikmalar hosil qilishi kamayadi. Go’ng bilan tuproqqa ma’lum miqdorda mikroelementlar kelib tushadi, qaysiki, mikroo’g’itlar qo’llash muammosini osonlikcha hal qilishda muhim ahamiyatga ega. Go’ngning parchalanish jarayonida ajralib chiqadigan karbonat angidridi havo tarkibiga o’tadi va o’simliklarda fotosintez jarayonini kuchayishi uchun xizmat qiladi.
Mineral va mahalliy o’g’itlarni birgalikda qo’llashga ayniqsa, tuproqda oziq moddalari konsentratsiyasining oshib ketishiga o’ta sezgir, lekin butun o’suv davri davomida ularni yetarli miqdorda bo’lishini talab qiladigan bodring, piyoz, niakkajo’xori kabi ekinlar talabchandir.
Dostları ilə paylaş: |