Agrokimyo kirish


O’g’itni ekish bilan birga qo’llash



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə77/123
tarix27.12.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#199744
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   123
Agrokimyo kirish-fayllar.org

O’g’itni ekish bilan birga qo’llash. Ekish bilan birga o’g’it qo’llashda maxsus o’g’itlagich moslamalardan foydalaniladi. O’g’itlarni bu usulda qo’llashdan kutiladigan asosiy natija nihollarni rivojlanishning ilk 6—15— kunlarida oziq moddalari bilan yetarlicha ta’minlash bo’lib, asosan oson eriydigan mineral o’g’itlar (kompleks o’g’itlardan ham) dan foydalaniladi. Ekish bilan birga kiritiladigan o’g’itlar (o’g’itning “start dozasi”) o’simliklarning ildiz tizimini jadal rivojlanishiga hamda unga tuproq va o’g’it tarkibidagi oziq moddalari yutilishini tezlashtirishga yordam beradi. Bu usulda o’g’it urug’dan 2—3 sm uzoqlik va chuqurlikka kiritiladi (agar urug’ o’g’it bilan aralashtirilib, so’ngra ekilsa, urug’larning unuvchanligi pasayadi va hatto unib chiqqan nihollar nobud bo’lishi ham mumkin). Shuningdek, ekish bilan birga o’g’itlarni aralashtirib qo’llash ham maqsadga muvofiq emas, chunki ko’pincha azotli va fosforli o’g’itlar aralashtirilganda, bo’tqasimon massa hosil bo’ladi, qaysiki o’g’itlagich moslamalar ishini mushkullashtiradi. Ekish bilan birga asosan azotli va fosforli o’g’itlar kiritiladi. Kaliyli o’g’itlar o’g’itlashning bu usulida qo’llanilmaydi, chunki ularning tarkibidagi xlor o’simliklarga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Kuz yoki erta bahorda tuproqqa ko’p miqdorda o’g’it kiritilgan bo’lsa, ekish bilan birga beriladigan o’g’itning samarasi ancha pasayadi.


  • Ekinlarni qo’shimcha oziqlantirish. Ma’lumki, sug’oriladigan dehqonchilik sharoitida, shuningdek, nam iqlimli regionlarda azotli o’g’itlarni, ayniqsa nitratli va ammiakli-nitratli azotli o’g’itlarni, asosiy o’g’itlash vaqtida qo’llab bo’lmaydi. Azotli o’g’itlarning 70—80% i, kaliyning yarmi va fosforning kamroq qismi tuproqqa qo’shimcha oziqlantirish sifatida kiritiladi. Umuman olganda, qo’shimcha oziqlantirish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
              • kuzgi g’alla ekinlari va ko’p yillik o’tlarni azot bilan oziqlantirishda;


              • yengil mexanikaviy tuproqlarda, shuningdek, sug’oriladigan sharoitlarda yetishtiriladigan chopiqtalab ekinlarni azot va kaliy bilan ta’minlashda;


              • tuproqdagi tuzlar konsentratsiyasining oshib ketishiga o’ta sezgir ekinlardan yuqori hosil yetishtirish rejalashtirilganda;


              • mevali daraxtlar va butalarni oziqlantirishda;


              • ayrim sabablarga ko’ra yillik o’g’it me’yorining tegishli qismi asosiy o’g’itlash davrida kiritilmaganda.






    Yüklə 0,73 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   123




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin