Agrokimyo kirish



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə79/123
tarix27.12.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#199744
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   123
Agrokimyo kirish-fayllar.org

(11.6.1-jadval)

G’o’zaning o’suv davrida oziq moddalariga bo’lgan talabi, hosil bilan chiqib ketadigan yalpi oziq moddalarga nisbatan % da


O’suv davri


Azot


Fosfor


Kaliy

Chigitning unishidan shonalashgacha


8

8

10

Shonalashdan hosil to’plashgaclia

60

56

64

Hosil to’plashdan o’suv davrining oxirigacha

32

36

26


  1. Ma’lumki, azotli o’g’itlar ekishgacha, ekish bilan birga va qo’shimcha oziqlantirish sifatida qo’llaniladi. Ekishgacha (erta bahorda chizellash paytida) yillik azot me’yorining 20—25 kg miqdori (8— 10% i) berilishi mumkin. Bunda azotli o’g’it bahor faslidagi yog’insochin ta’sirida erib, tuproqning 30—50 sm qatlamiga yuviladi, qaysiki, nihollarning ildiz tizimi orqali osonlikcha o’zlashtiriladi. Ko’p hollarda azotli o’g’itlarning bir qismi tuproqqa ekish bilan birga kiritiladi, lekin uning miqdori gektariga 20—25 kg dan oshib ketmasligi lozim, aks holda chigit atrofidagi azotning konsentratsiyasi ortib ketishi hisobiga ularning unib chiqishi kechikadi.


  2. G’o’za nihollarini qo’shimcha oziqlantirishlar soni azotning yillik me’yori va tuproq sharoitlariga bog’liqdir. Yillik azot me’yorining ekishgacha va ekish bilan birga berilgandan keyin qoladigan qismini rivojlanishning 2—3 chin barg, shonalash va gullash davrlarida teng miqdorlarda taqsimlanishi maqsadga muvofiqdir. So’nggi qo’shimcha oziqlantirish iyul oyining birinchi o’n kunligidan kechiktirilmasligi lozim, chunki kech muddatlarda kiritilgan azotli o’g’itlar g’o’zani “g’ovlab ketishi” ga, hosil miqdorining kamayishi va pishishining kechikishiga sabab bo’ladi.


  3. Paxtadan yuqori va sifatli hosil yetishtirishda fosforli o’g’itlarning ahamiyati katta. Ko’p sonli dala tajribalari ma’lumotlarining ko’rsatishicha, fosforli o’g’itlar hisobiga bo’z tuproqlarda 2—3 s/ga, o’tloqi tuproqlarda 3—5 s/ga, ayrim allyuvial tuproqlarda esa 6—7 s/ga qo’shimcha paxta hosili olish mumkin. G’o’zaga fosforli o’g’it yillik me’yorining qismi tuproqni asosiy ishlash davrida beriladi. Buni quyidagicha izohlash mumkin: birinchidan, bo’z tuproqlarda, o’tloqi tuproqlarda ham, o’g’it tarkibidagi fosfor tezda qiyin eriydigan kalsiy fosfatlarga aylanadi. Ikkinchidan, nihollar unib chiqqandan keyin qisqa muddatda (10—12 kun ichida) g’o’zaning asosiy ildizi tuproqning 40—50 sm chuqurligiga tushib ulgiradi. Shuning uchun ham kuzgi shudgor paytida yerni 30— 35 sm chuqurlikda haydash maqsadga muvofiq hisoblanadi. Qo’llanilayotgan fosforli o’g’itlarning samaradorligi tuproqdagi harakatchan shakldagi fosfatlar miqdoriga bevosita bog’liq. Harakatchan fosfor miqdori bo’yicha tuzilgan agrokimyoviy xaritanomalarning ma’lumotlari asosida fosforning tabaqalashtirilgan me’yorini belgilash sezilarli iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini beradi. Shuningdek, fosforli o’g’itlar me’yorini belgilashda rejalashtirilgan paxta hosili miqdorini hisobga olish muhim ahamiyatga ega. Bunda bir s chigitli paxta uchun fosfor sarfi 1,5 kg deb qabu) qilinadi. Tuproqdagi harakatchan fosfor miqdori 15 mg/kg dan kam bolganda, g’o’zaga belgilangan yillik fosfor me’yori uchta muddatda beriladi: shudgor ostiga, ekish bilan va gullash davrida qo’shimcha oziqlantirish sifatida.


  4. Tuproqqa azotli va fosforli o’g’itlar ko’p miqdorda kiritiladigan yerlarda, shuningdek, G’o’za-beda almashlab ekish sharoitida ekinlarning kaliyga bo’lgan talabi keskin oshadi. Odatda, g’o’zaga kaliyli o’g’itlarning me’yori tuproqdagi almashinuvachan kaliy miqdorini bilgan holda belgilanadi. Agar tuproq mazkur element bilan o’rtacha va yuqori darajada ta’minlangan bo’lsa, kaliyning yillik me’yori kamaytiriladi, juda yuqori darajada ta’minlangan tuproqlarga kaliyli o’g’itlar kiritilmasa ham bo’ladi.


  5. Kaliyli o’g’itlarni bahorda faqatgina qumli va qumoq tuproqlarga, shuningdek, sho’ri yuvilgan tuproqlarga qo’llash mumkin.






Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin