Ajiniyoz nomidagi nukus davlat


Oq qayroq (Aspius aspius)



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə5/13
tarix14.12.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#176646
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Risolat. Kurs ishi zoo

Oq qayroq (Aspius aspius) — sheresper, govshum; karpnamolar turkumining kenja turi, karpsimonlar oilasiga mansub. Yevropada Shimoliy, Boltiq, Qora dengiz havzalarida, Osiyoda Kaspiy dengizida, shuningdek, O‘rta Osiyoda Orol dengizida, Amudaryo, Sirdaryo, Chu va Sarisuv daryolarida, yirik suv omborlarida tarqalgan. Bo‘yi 80 santimetrcha, og‘irligi taxminan 5 kilogramm. Boshi yassi, suzgichlari va labi qizil. Usti kulrang-ko‘kimtir, yonlari kumushrang, qorni oq.
Yirtqich va og‘zi katta bo‘lsa ham jag‘ida tishlari yo‘q, lekin oxirgi jabra yoyida uzun va o‘tkir halqum tishlari bor. O‘ljasini ana shu halqum tishlari bilan g‘ajiydi. Chavoqlari bezgak chivini lichinkalari bilan, kattaroq bo‘lgandan keyin baliq bilan oziqlanadi. Oq qayroqning o‘lja tutishi juda ajoyib — u mayda baliqlar galasiga o‘qdek otilib kirib oladi va ularni dumi bilan urib karaxt qilib, keyin tutib yeydi. Bundan tashqari, turli hasharotlar, qisqichbaqalar, molluskalar, suvga tushgan ninachi va chigirtka kabi katta hasharotlarni ham yeyaveradi


Oq qayroq (Aspius aspius
Dengizda va chuchuk suvda yashaydigan o‘tkinchi baliq. Orol dengizida yashaydiganlari 3—4 yoshida voyaga yetadi, urchish uchun avval daryo mansabida 2—3 oy yashab, kuzda daryoga o‘tadi. Urg‘ochisi erta bahorda yarim metrdan 7 metrgacha chuqurlikka, suvi tez oqadigan va tagi qattiq yerlarga, shuningdek, suvga cho‘kkan daraxt shoxlari va ildizlar ostiga 370 mingtacha uvuldiriq tashlaydi. Serpushtligi baliqning yoshiga bog‘liq. Urchishdan so‘ng urg‘ochi va erkaklari dengizga qaytib, u yerda kelgusi yilgacha hayot kechiradi. Chavoqlari suv haroratiga qarab, ikki haftada tuxumdan chiqadi, so‘ngra oqim bilan dengizga ketadi. Bir yoshga to‘lguncha sohildagi suvo‘tlar orasida yashab, so‘ngra ochiq dengizga yo‘l oladi. Bu yerda voyaga yetguncha, ya’ni 3—4 yil hayot kechiradi. Chu daryosining Sirdaryodan uzilib va shu tufayli Orol dengizidan ajralib qolishi natijasida bu daryoda oq qayroqning hayot tarzi o‘zgarib, u o‘troq yashaydigan baliqqa aylangan. Oq qayroqning Kaspiy dengizida tarqalgan qizillab oq marka yoki xasham, Orol dengizida yashovchi Orol oq markasi kabi bir necha kenja turlari bor. Bularning hammasi ovlanadigan baliqlar, lekin xo‘jalik ahamiyati katta emas. Masalan, Orol oq markasi Orol dengizi havzasida ovlanadigan baliqlarning 11— 12 foizini tashkil etadi, xolos

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin