Ajiniyoz nomidagi nukus davlat


Gulmohi (xonbaliq), kumja



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə8/13
tarix14.12.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#176646
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Risolat. Kurs ishi zoo

Gulmohi (xonbaliq), kumja — sulaymonbaliqlar oilasining bir turi, asl lososlar urug‘iga mansub. Yevropa atrofidagi dengizlar va ularning havzalarida, shuningdek, Kaspiy va Orol dengizlarida keng tarqalgan. Eng kattasining bo‘yi 1 metr, og‘irligi 13 kilogrammgacha, maydaroqlari 1—5 kilogramm keladi. Bo‘yi va og‘irligidagi katta tafovutning sababi kenja turning ko‘pligidadir. O‘zbekistonda Orol gulmohi (Salmo trutta aralensis) va Amudaryo gulmohi (Salmo trutta oxianus) nomli ikkita kenja tur uchraydi. Bulardan tashqari, Qora dengiz lososi (Salmo trutta labrax), Kaspiy lososi (Salmo trutta caspius) nomli kenja turlar ham bor. Dengiz va katta ko‘llarda tarqalgan kenja turlar yirik bo‘ladi va kumja deb ataladi. Jilg‘a va soylarda yashaydigan kenja turlar esa mayda gulmohi deb nomlanadi. Gulmohining bo‘yi cho‘zinchoq, tanasi kichik tangachalar va yoppasiga mayda qora xollar bilan qoplangan, usti kumushrang, qorni tomoni sarg‘ishroq. Kumja ko‘proq chuchuk suvda yashaydi, o‘tkinchilar bo‘lganidek, ko‘l va daryoda doimiy yashaydigan o‘troqlari ham bor.

Gulmohi (xonbaliq), kumja
Mayda baliqlar va qisqichbaqasimonlar bilan oziqlanadi. Uvuldiriq tashlash uchun daryoga kirganida syomga kabi butunlay ovqatdan qolmay, oz bo‘lsa ham ovqatlanib turadi. Chavog‘i syomganing ola chavog‘iga juda o‘xshab ketadi. Kumja chuchuk suvda 3—7 yilcha yashaydi. Lososga o‘xshab uning ham kuzgi va bahorgilari bor, u ham iqtisodiy ahamiyati katta bo‘lgan qimmatbaho baliqlardan hisoblanadi.
Patma chaboq (abramis brama) — O‘rta Osiyo baliqlarining bir turi, karpsimonlar oilasiga mansub. Yevropaning kattagina qismida, O‘rta Osiyoda esa Orol dengizi, Sirdaryo, Amudaryo, Zarafshon daryosida tarqalgan, Issiqko‘l, Balxash ko‘li va suv omborlarida ko‘paytirilgan. Bu baliq tinch oqadigan va oqmaydigan suvlarda yashaydi, sho‘r suvga chidamli. Shuning uchun sho‘r suvli Kaspiy va Orol dengizlarida, chuchuk suvli daryo va ko‘llarda ham yashayveradi. Dengiz va katta ko‘llarda bu baliq qirg‘oqdan uzoqda ham ko‘p uchraydi. Qirg‘oqda yashaydiganlari mayda, ingichka va rangi biroz qoramtir, ochiq suvda yashaydiganlari esa ularga nisbatan katta va yo‘g‘on bo‘ladi. Bu baliqning tanasi yapaloq, kichkina, yelkasi bukri, qornidagi pushtagi tangachasiz. Dumosti suzgichi ancha uzun, tanasi katta va zich o‘rnashgan tangachalar bilan qoplangan. Orqasi qoramtir, yon tomonning ustki qismi sarg‘ish, pastki qismi va qorni kumush rangda. Qisqichbaqa, chuvalchang, molluskalar kabi turli umurtqasiz hayvonlar bilan oziqlanadi.


Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin