Ajiniyoz nomidagi nukus davlat


Baliqlarga beriladigan qo‘shimcha oziqa miqdorlari



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə12/13
tarix14.12.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#176646
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Risolat. Kurs ishi zoo

2.3Baliqlarga beriladigan qo‘shimcha oziqa miqdorlari
Yaxshi, qoniqarli natija olish uchun har bir suv havzasiga qancha qo‘shimcha oziqa kirilishi kerakligini aniqlash unchalik oson ish emas. Chunki bunda quyidagi muammolar bor:
— oziqlantirish yetarli bo‘lmaganida — suv havzasidan juda ham kam mahsulot olinadi;
— oziqlantirish ko‘payib ketganda — baliqning tannarxi oshib, suvning sifati yomonlashadi.
Suv havzalaridan qo‘shimcha oziqa kiritilmasdan, taxminan qancha baliq olish mumkinligi quyidagi jadvalda keltirilgan. Agarda ko‘proq mahsulot olmoqchi bo‘lsangiz, unda suv havzasiga qo‘shimcha ravishda oziqa kiritilish lozim. Masalan, Sizning suv havzangiz 1000 m2 (yoki 0,1 ga), suv havzasi sifat jihatdan o‘rtacha o‘g‘itlangan. Siz baliqlarni qo‘shimcha ravishda oziqlantirmasdan turib, yil yakuniga 100—200 kg baliq yetishtirishni mo‘ljallayapsiz. Agarda Siz ko‘proq mahsulot olmoqchi bo‘lsangiz, unda qo‘shimcha oziqalardan foydalanishingizga to‘g‘ri keladi. Agarda 400 kg baliq olmoqchi bo‘lsangiz, unda suv havzangizga 200—300 kg hisobidan yaxshi sifatli qo‘shimcha oziqa kiritishingiz kerak bo‘ladi. Masalan, ularni quruq oziqalar bilan aralashtiriladi yoki uzoq muddat saqlash uchun quritiladi. Shunday qilib, qo‘shimcha oziqalar baliqlarga quruq (namlik darajasi 10 %) va ho‘l shaklda (30—50 %) beriladi. Ayrim turdagi baliqlar ho‘l oziqalarni xush ko‘radi, ularni yaxshi hazm qiladi va natijada baliqlar yaxshi o‘sadi. Ho‘l oziqalarning ham foydasi ijobiy bo‘lib, kam miqdorda isroflanadi, biroq ularni uzoq muddat davomida saqlab bo‘lmaydi, shuning uchun ham ularni baliqlarga har bir oziqlantirishdan oldin kerakli miqdorda tayyorlash lozim. Oziqalar qanday kattalikda bo‘lishi kerak? Oziqalarning kattaligi baliq og‘zining kattaligiga mos kelishi kerak, bunda oziqalarning kamroq isrof bo‘lishiga va oziqalardan maksimal ravishda foydalanishga erishiladi. Kerakli kattalikdagi oziqalarni tayyorlash quyidagi jarayonni o‘z ichiga oladi:
— yosh, mayda baliqlar uchun maydalangan yoki yanchilgan bo‘lishi kerak;
— o‘txo‘r baliqlar uchun esa o‘simliklar mayda bo‘lakchalarga kesilgan, maydalangan bo‘lishi kerak.
Bunda oziqalarni juda ham mayda bo‘lakchalarga maydalash shart emas, chunki:
— oziqaning juda ham mayda bo‘lakchalari suvda tezda erib ketadi, ya’ni yo‘qoladi;
— baliqlarning oziqanishi qiyinlashadi;
— katta bo‘lakchalarini esa baliqlar topolmay qolishi mumkin va suvda chirish boshlaydi. Oziqa koeffitsiyentini aniqlash.Oziqlantirishning maqsadi
— barcha baliqlarni oziqalar bilanta’minlashdan iborat bo‘lib:
— organizmning hayotiy faoliyatini (qon aylanishi, nafas olish va boshqalar) qo‘llab turish;
— o‘sish va tiklash (masalan, ikralarni oziqaviy moddalar bilan ta’mirlash uchun). Agarda oziqaning sifati yoki miqdori chegaralangan bo‘lsa, unda baliqlar o‘sishdan orqada qoladi, tana og‘irligini yo‘qotadi. Oziqa koeffitsiyenti — bu bir kg tana og‘irligiga sarflangan oziqa miqdorini ifodalaydi, ya’ni ma’lum bir vaqt davomida sarflangan oziqa miqdori (Q, kg),baliqlarning necha kg o‘sgani (DW, kg)ushbu yo‘l bilan aniqlanadi.
K= Q /DW; DW= W2–W1;
bu yerda: W1— baliqni ma’lum muddatdagi oziqlantirishning boshidagi dastlabki ko‘rsatkich; W2— baliqni ma’lum muddatdagi oziqlantirishning oxiridagi yakuniy ko‘rsatkich. Masalan, baliqlar bir oyda 12 kg o‘sgan, buning uchun 48 kg oziqa sarflangan. Oziqa koeffitsiyenti 4 ga teng bo‘ladi.
48 kg : 12 kg = 4.
Oziqa koeffitsiyenti oziqa sifati, baliqlarning turi, suv havzasidagi tabiiy oziqa zaxirasi, suvning sifati, ob-havo, oziqlantirish texnologiyasi va boshqa omillarga bog‘liq bo‘ladi. Oziqa koeffitsiyentini aniqlashda tabiiy oziqa zaxirasi ham hisobga olinadi. Masalan, qoniqarli tabiiy oziqa zaxirasi baliqlarning 25% ga o‘sishini ta’minlaydi. Yuqoridagi misol bo‘yicha hisoblab chiqqanimizda oziqa koeffitsiyenti 5,3 ga teng bo‘ldi:
— baliqlarning tabiiy oziqa hisobidan o‘sishi:
12 kg x 0,25 = 3 kg;
— qo‘shimcha oziqalar hisobidan o‘sishi:
12 kg — 3 kg = 9 kg.
Baliqlarning kunlik (sutkalik) oziqlanish miqdori nimalarga bog‘liq? Baliqlarni kunlik oziqlantirish miqdori bir qancha omillarga bog‘liq bo‘ladi. Jumladan:
— baliqlarning turi va hajmiga;
— baliqlarning turi va suv haroratiga;
— baliqlarning turi va tabiiy oziqa zaxirasining rivojlanish holatiga. Baliqlarni kuniga necha marotaba oziqlantirish kerak? Siz kuniga beriladigan oziqa miqdorini o‘lchab aniqladingiz. Buni suv havzasiga qanday qilib kiritish kerak?
— 19 % bo‘lsa 5,7kg;
— 18 % bo‘lsa 6,0 kg.
Texnologik yo‘qotish: Sochma yemlarda — 30 %, granulalangan yemlarda — 10 %. Suvda sekin eruvchan granulalangan oziqa aralashmalarini qo‘llash yaxshi samara beradi. Granulalanish paytida yumshoq va mayda fraksiyalar suvda sekin eriydigan, qattiq shaklga aylanadi. Granulalarning kattaligi baliqlar kattaligiga moslab qilinadi. Belgilangan omuxta yem komponentlari yaxshilab tuyilib, elakdan o‘tkaziladi (yosh baliqlarni boqish uchun yem zarrachalarining kattaligi 0,3 mm dan kattaroq, baliqlarniki esa 0,6 mm dan oshmasligi kerak) va 25—30 foiz suv qo‘shib qorishtiriladi. Nam qorishma silindrsimon ip shaklida go‘sht qiymalagichdan o‘tkazib, ko‘pi bilan 3—7 mm uzunlikdagi granula shaklida kesib maydalanadi. Tayyor granulalar xona haroratigacha sovitiladi, so‘ngra quritgichda issiq havo bilan (qulay kelgan issiqlik beruvchi moslama yordamida) quritiladi. Issiq havo harorati 55—65 °C dan oshmasligi kerak. Granulalangan oziqa nam xonada presslash usuli bilan tayyorlanadi. Presslashdan avval aralashmani 25—30 % foizgacha avtomatik namlash apparati bilan namlanib, keyinchalik quri tish yo‘li bilan granulalanadi. Ta’kidlash lozimki, nam holdagi granulalar quruq holda granulalashdan mustahkamroq hisoblanadi.

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin