12
Xatolar ustida ishlashda orfografik tahlilni ahamiyati katta bir necha gapni
orfografik jihatdan to'la tahlil qilish kerak. Bu bilan o'quvchilar so'z ma'nosi va
uning imlosini puxta o'zlashtirib oladilar. O'quvchilarning to'g'ri, xatosiz yozishga
o'rgatish va yo'l qo'yilgan xatolarni bartaraf etish uchun quyidagilarga e'tibor
berish kerak:
1. Eng avvalo o'quvchilarni to'g'ri talaffuz qilishga o'rgatish. Ya'ni
so'z aytilganda tovushlarni aralashtirmay, tovush tushirib yoki orttirib
talaffuz etmaslik. Masalan: kitob o'rniga kitob, ruchka o'rniga yuchka,
maktab o'rniga matab deyishga yo'l qo'ymaslik.
2. Har bir darsda ko'pchilik uchun bir xil uchraydigan tipik xatolar
doskada ko'rsatilib, tuzatiladi.
3. Ayrim o'quvchilar uchun tegishli xatolar o‟sha o'quvchi bilan
birgalikda tuzatiladi.
4. Agar o'quvchilar biror qoidani bilmasligi natijasida xatoga yo‟l
qo‟ygan anashu qoidani takrorlash bilan tushuntirish kerak bo‟ladi.
Shuni aytish mumkinki, o‟quvchilar yozuvida xatolar bo‟lmasligi uchun
lug'at ishiga ta'limiy harakterdagi yozma ishlarga ko'proq o'rin berish zarur. Imlosi
qoidalashtirlmagan va qiyin so'zlar jadvali tuzilib, sinf xonasiga o'quvchilarga
ko'rinarli qilib osib qo'yilishi va uni vaqti-vaqti bilan almashtirib turishsa yaxshi
natija beradi.
Dostları ilə paylaş: