18
mavzuga oid bir necha gap tuzib, uni yozadilar. Insho uchun iloji boricha tor - aniq
chegaralash mumkin bo‟lgan mavzuni tavsiya qilish foydali. «Kuz» mavzusi
o‟quvchilar uchun juda keng mavzu bo‟lib, bunda o‟quvchi umuman kuz haqida,
kuzda qilinadigan ishlar haqida yozishi mumkin,
u yozadi - gaplarining aniq
chegarasini bilmaydi. O´quvchilarga kuzga oid «Paxta terimiga yordam», «Kuz
kunlarining birida», «Oktyabrda ob-havo», «Bog‟da olma terdik», «Pomidor
terishga yordamlashdik», «Kech kuzda bog‟ manzarasi» kabi mavzularni tavsiya
qilish mumkin.
Og‟zaki va yozma insho ustida ishlashda mavzu berib uni yoritishni talab
qilishdan
tashqari, avval material to‟plash va shu yig‟ilgan materiallar asosida
mavzuni shakllantirishni tavsiya qilish ham mumkin. Masalan, kech kuzda tabiatni
kuzatish va material yig‟ish tavsiya qilinadi: kuzatishlar «Kech kuzda» mavzusida
insho yozish bilan yakunlanadi. Bunda o‟quvchilar mavzuni to‟liq yoritadilar.
Reja tuzish. Reja har qanday og‟zaki yoki yozma hikoya qilishning zaruriy
pog‟onasi, uning «loyihasi»dir. Kishi o‟z nutqi haqida o‟ylab, asosiy gaplarini
belgilab oladi. Insho uchun reja tuzish shuning uchun ham zarur. 1
- sinfda reja
rolini o‟qituvchi savollari, ya‟ni so‟roq gaplar tarzidagi reja bajaradi; 2 - sinfda reja
jamoa o‟qituvchi rahbarligida tuziladi; 3 - sinfda esa mustaqil tuziladi.
Boshlang‟ich sinflarda 3 - 5 talik reja tavsiya qilinadi.
Bolalar avval o‟qigan hikoyalariga reja tuzadilar
va uni reja asosida qayta
hikoya qiladilar, keyin insho rejasini tuzadilar, so‟ng
bir mavzuga oid bir necha
rasm (rasmlar seriyasi) asosidagi insho rejasini, ya‟ni rasmli reja tuzadilar, inshoga
sarlavha topadilar. Shundan so‟ng tasvirlangan voqea-harakatlar aniq ajratilgan,
reja tuzishga qulay bo‟lgan rasm yoki kuzatishlar asosida yoziladigan insho
rejasini tuzishga o‟tiladi. Reja tuzishga o‟rgatishda oldin nima haqida to‟xtalish,
keyin uni qanday davom ettirish, undan so‟ng nima haqda aytish, nihoyat, hikoyani
qanday tugatish kerakligini o‟quvchilarga tushuntirish foydali usul hisoblanadi.
Reja avval so‟roq
gap tarzida, keyin darak gap, oxiri nominativ gap tarzida
tuziladi.
19
Reja ko‟pincha insho yozishdan oldin unga tayyorlanish jarayonida (rasm
asosida yoziladigan insho rejasi kabi) tuziladi. Ba‟zan
rejani ekskursiya,
kuzatishdan oldin, unga tayyorgarlik jarayonida tuzish maqsadga muvofiq.
Ekskursiya, kuzatish, ijtimoiy foydali mehnat rejasi shu ishlar bajarilishidan oldin
yoki ular yuzasidan material to‟plash, insho uchun material tanlash va uni tartibga
solish jarayonida tuziladi. Bunday reja insho yozishdan oldin ko‟rib chiqilib, unga
ayrim aniqliklar kiritiladi.
Dostları ilə paylaş: