16
qiziqarli va o‟zlariga yaqin voqea-hodisalar haqida hikoya qiladilar va yozadilar,
ularning inshosi mustaqil ishlash malakasini o‟stiradi, ommaviy faollikni oshiradi.
Tanlangan mavzuning g‟oyaviy yo‟nalishini ochish tarbiyaviy vazifani hal
qilishga imkon beradi.Bu jihatdan mehnat,
mehnat qahramonlari haqidagi,
bolalarning hayoti, maktab, tug‟ilib o‟sgan qishlog‟i yoki shahri haqidagi, urush
qahramonlari haqidagi mavzular ayniqsa qulay.Bu mavzulardagi insholar mehnat
kishilariga, qahramonlarga chuqur hurmatni tarbiyalaydi.
Insho jamiyat hayotini tushunishga o‟rgatadi. Tabiatga, kishilarga, ularning
yaxshilikka intilishlari va harakatlariga, mehnatga
va mehnat mahsuliga
muhabbatni tarbiyalaydi, kishilar xatti-harakatidagi chiroyli jihatlarni egallashga,
hozirgi zamon axloqiy talablarini anglashda bolalarga yordam beradi.
Inshoning tarbiyaviy ahamiyatini oshirish uchun quyidagilarga rioya qilish
talab etiladi:
1. Osondan qiyinga tamoyiliga rioya qilgan holda og‟zaki va yozma inshoni
muntazam o‟tkazib borish bilan o‟quvchilarda mustaqillikni tarbiyalash. Mustaqil
insho o‟quvchilar faolligini o‟stiradi.
2. Inshoni hayot bilan bog‟lash. Bunda kuzatishlar asosidagi insho, kundalik
yuritish, qilingan ishlar yuzasidan «hisobot» tarzidagi insho, xat, maqola, o‟qilgan
kitob haqida taqriz kabilarning tarbiyaviy ahamiyati juda katta.
3. Insho uchun maktab va o‟qituvchining tarbiyaviy vazifalariga mos
bo‟lgan mavzu tanlash. Bunday
mavzularga mehnat haqidagi, kishilarning
maqtovga loyiq ishlari haqidagi, axloqiy muammolar, Vatan haqidagi mavzular
kiradi. Mavzuni o‟qituvchi maktab sharoiti va o‟z sinfi o‟quvchilarining
xususiyatlarini hisobga olgan holda tanlaydi.
4. Insho ustida ishlashda ishning emotsionallik darajasini- ta‟sirini oshirish.
Tabiatni obrazli,
emotsional tasvirlash, qahramonlikni yoki foydali harakatni
qiziqarli, ta‟sirchan qilib tasvirlash.
Vatan so‟zida kishining bolalikda o‟sib-ulg‟aygan joyi tasviri ko‟z oldiga
keladi. Ishlab chiqarishga ekskursiya materiali asosida mehnat haqidagi insho
yangi tarbiyaviy imkoniyatlarni ochib beradi: unda bolalar ishlab chiqarishdagi
17
muvaffaqiyat
va qiyinchiliklar, ilg‟or kishilar haqidagi, kasb va mutaxassislik
haqidagi, texnika haqidagi ma‟lumotlardan foydalanadilar. Ishlab chiqarishga
ekskursiya va mehnatni tasvirlash bilan bog‟liq holda kasb haqida suhbatlashishga
to‟g‟ri keladi va bu inshoda o‟z aksini topadi. Mehnat haqidagi insho gazetaga
maqola shaklida yozilishi mumkin. Mehnat yoki ishlab
chiqarish haqidagi insho
mavzulariga «Bizning qishloq», «Karam uzish», «Bog‟da», «Bizning jamoa
xo‟jaligimiz», «Pochtada», «Do‟konda», «Paxtakorlarga yordamimiz», «Bizning
hashar», «Maktab yer uchastkasida», «Daraxt o‟tqazish» kabilar kiradi. «Men
nimalarni bilaman» mavzusidagi tanlovga bolalar juda qiziqadilar.Tanlov
bolalarning mehnat ko‟nikmalarini aniqlabgina qolmay, ularni uyda, polizda,
bog‟da ishlashga rag‟batlantiradi.Maqsad kishilarga foyda keltiruvchi mehnatga
hurmatni tarbiyalashdir.Qishloq maktab o‟quvchilari
ota-onalariga sabzavotlar
ekish, hosilni yig‟ish, o‟tin tayyorlash kabi ishlarda qanday yordamlashganliklari
haqida yozadilar.Sinfda mehnat haqidagi insho muhokama qilinadi.Bolalar foydali,
zaruriy ijtimoiy faoliyat sifatida mehnatning mohiyatini tushuntiradilar.Ular har
qanday mehnat e‟zozlanishini aytadilar.
Kelajak haqida «Kim bo‟lishni xohlayman?» mavzusida tayyorgarliksiz
hikoya qilish tarzidagi insho ham katta tarbiyaviy kuchga ega.
Juda yaxshi yozilgan inshoni sinfda ifodali o‟qib berish va tahlil qilish
bolalarni tarbiyalaydi. Ba‟zi maktablarda bolalar inshosi va hatto bolalar she‟rlari
to‟plami tuziladi, yaxshi yozilgan hikoya uchun tanlov e‟lon qilinadi.
Dostları ilə paylaş: