Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/28
tarix17.06.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#131769
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   28
Inshoni yozishga tayyorlash. Og‟zaki yoki yozma inshoning turi va 
vazifasiga qarab unga tayyorgarlik ko‟riladi. 
Inshoga tayyorgarlikni o‟qituvchi boshqaradi, bunga o‟quvchilarni ishtirok 
ettiradi, ularning o‟ta faolligi va mustaqilligiga erishadi. Tayyorlik deganda, 
birinchidan, o‟quvchilarda nimanidir tasvirlashga, hikoya qilishga talab 
uyg‟otadigan vaziyat yaratish; ikkinchidan, insho uchun yetarli bo‟lgan zarur 
material yig‟ish; uchinchidan, mavzuga oid, uni yoritishga mos bo‟lgan til 
vositalarini tanlash tushuniladi. 
Inshoga tayyorlik inshoni yozishdan bir necha kun ilgari boshlanadi, darsdan 
tashqari vaqtlarda va boshqa darslar jarayonida ham olib boriladi. Og‟zaki yoki 
yozma insho ustida ishlash uch bosqichga bo‟linadi: 
1) material yig‟ish, ya‟ni kuzatish, ekskursiya, mehnat jarayoni, rasmni 
ko‟rib chiqish, kinofilm, spektaklni ko‟rish, badiiy va boshqa adabiyotlarni o‟qish; 
2) mavzuga va uni yoritishga mos material tanlash, uni tartibga solish, 
joylashtirish, ya‟ni suhbat, muhokama qilish, zarur materialni ajratish, reja tuzish, 
lug‟at ustida ishlash, imlo va leksik tomondan tayyorlash va hokazo; 
3) inshoni nutqiy shakllantirish, ya‟ni insho matnini tuzish, uni yozish, 
takomillashtirish, xatolarni to‟g‟rilash va uni tekshirish. 
Birinchi va ikkinchi bosqichdagi ishlar, odatda, darsdan tashqari vaqtda 
bajariladi. Masalan, ekskursiya asosidagi insho uchun material yig‟ish uni 
yozishdan ancha ilgari boshlanadi; tabiat hodisalarini kuzatish bir hafta, hatto 
undan ko‟proq davom etadi; rasmlar esa insho yozishdan oldin ko‟riladi. Shunday 
qilib, insho yozish yoki og‟zaki hikoya qilish darsi ilgari bajarilgan ishlarning 


20 
yakunidir. Insho darsining umumlashtiruvchilik roli bog‟lanishli nutq sohasidagi 
ko‟nikmalarni egallash me‟yoriga qarab ortib boradi. 
Insho darsining qurilishi tayyorlov bosqichining xarakteriga bog‟liq. 
Tayyorlov bosqichida qancha ko‟p ishlansa, insho darsida matn ustida shuncha 
chuqur ishlash imkoniyati yaratiladi. Insho yozishdan oldin yoki og‟zaki 
hikoyalashda yig‟ilgan materiallarni o‟quvchilar yodiga tushirish, ularda qiziqish 
uyg‟otish, yozishga yoki hikoya qilishga xohish uyg‟otish zarur. 
Insho yozish uchun 2- sinfda odatda bir dars, zarur bo‟lib qolsa, ikkinchi 
darsdan 15-20 minut, 3-sinfda bir yoki bir yarim dars, ayrim vaqtlarda ikki 
darsgacha ajratiladi. Bulardan tashqari, insho tahlili va xatolar ustida ishlash uchun 
20-25 minut vaqt ajratiladi. Bunda eng yaxshi yozilgan insholar tahlil qilinadi
imloviy, punktuastion, nutqiy, logik xatolar va mazmundagi yetishmovchiliklar 
ustida ishlanadi. 
Insho yozish darsida quyidagi bosqichlarga rioya qilinadi: 1) mavzuni, 
inshoning vazifasini e‟lon qilish (yoki yodga tushirish), uni o‟quvchilar bilan 
muhokama qilish; 2) kuzatish davrida to‟plangan materialni tartibga solish yoki 
material yig‟ish (masalan, rasmga qarab insho yozish uchun rasmni ko‟rish) 
maqsadida suhbat o‟tkazish; 3) reja tuzish yoki avval tuzilgan rejaga aniqlik 
kiritish; 4) matnni nutqiy tayyorlash, ya‟ni zarur so‟zlarni yozish; so‟z birikmasi, 
gap yoki bog‟lanishli matnning ayrim qismini tuzish; imlosi qiyin so‟zlarning 
yozilishini tushuntirish va boshqalar; 5) darsning asosiy qismi bo‟lgan inshoni 
yozish; o‟quvchilar inshoni yozayotganlarida, o‟qituvchi ular ishini kuzatadi, 
ayrim o‟quvchilarga (boshqalarga xalaqit bermay, ular e‟tiborini chalg‟itmay) 
individual yordam beradi; 6) o‟quvchilar yozgan insholarini tekshiradilar, 
kamchiliklarini to‟ldirib, xatolarini to‟g‟rilaydilar. 
Boshlang‟ich sinflarda bolalar inshoni oqqa ko‟chirmaydilar, kerakli 
tuzatishlarni ehtiyotlik bilan kiritadilar, bunday tuzatishlar uchun insho bahosi 
pasaytirilmaydi, aksincha, matnni yaxshi to‟g‟rilagan o‟quvchi rag‟batlantiriladi; 
7) bolalar inshoni o‟qituvchiga tekshirish uchun topshiradilar; o‟qituvchi ikki kun 
ichida tekshiradi. 


21 
Keyingi ona tili darsining ikkinchi qismidan 15-25 minut vaqt ajratib
tekshirilgan insholar yuzasidan yakuniy mashg‟ulot o‟tkaziladi (insho tahlil qilinib, 
xatolar ustida ishlanadi). 
´qituvchi har bir insho turi uchun o‟quv vazifasini belgilab oladi.Masalan, 
rasmlar seriyasi asosida birinchi marta yozdiriladigan insho uchun quyidagi 
vazifalar belgilab olinadi: 
1. O´quvchilarni inshoning yangi turi bo‟lgan rasmlar seriyasi asosidagi 
insho bilan tanishtirish. 
2. Rasmli reja asosida matn rejasini tuzish. 
3. Reja qismlariga mos ravishda matnni abzastlarga bo‟lish va har birini xat 
boshidan yozish. 
4. Insho matnini mustaqil tekshirish va takomillashtirish. 
O´quvchilarning mustaqillik darajasi o‟sib borgani sayin, inshoga talab ham 
orta boradi. 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin