Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/28
tarix17.06.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#131769
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   28
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


28 
 
 
 
 
 
2.1.Boshlang’ich sinflarda ijodiy ishlarni tashkil etish orqali 
o’quvchilar fikrlash qobiliyatini faollashtirish 
 
Boshlang‟ich sinf ona tili ta`limini ijodiy tashkil etish tajribasini tizim 
sifatida qarab, ijodiy ta`lim amaliyoti xususiyatlarini ajratishga, maktab 
o‟qituvchilarining ijodiy ta`lim to‟g‟risidagi fikrlarini qayd etishga harakat qilamiz. 
Boshlang‟ich sinf ona tili ta`limini ijodiy tashkil etish amaliyotining rеal ahvoli va 
o‟qituvchilarning o‟z fikrlarini bir-biri bilan taqqoslab ijodiy ta`limning kuchli 
hamda zaif tomonlarini ajratamiz. 
1. Boshlang‟ich sinflarda ona tili ta`limini ijodiy tashkil etish tajribasi. 
Ona tili ta`limini ijodiy tashkil etish bo‟yicha mavjud tajribani o‟rganish va 
umumlashtirish maqsadida ilg‟or o‟qituvchilarning darslari kuzatilib, yozib olindi. 
Darslarni kuzatish va qayd etish jarayonlarida quyidagi savollarga javob izlandi: a) 
ijodiy ta`limning maqsadi bilan daxldor savollar-ta`limni ijodiy tashkil etishning 
maqsad, vazifalari, tanlangan o‟quv topshiriqlarining ijodiy ta`lim maqsadi, 
vazifalariga mosligi; b) ijodiy ta`lim mazmuni bilan daxldor savollar-ijodiy o‟quv 
topshiriqlarining mazmuni nimalarga ko‟ra aniqlanadi, ijodiy topshiriqlarning 
o‟quv matеriali mazmuniga mosligi, bolalarning rеal o‟quv imkoniyatlariga 
muvofiqligi, u yoki bu ijodiy ishning o‟quv topshiriqlari tizimidagi o‟rni; d) ijodiy 
ta`limning jarayoniy xususiyatlari bilan aloqador savollar-ijodiy topshiriqlarning 
dars turi, bosqichlariga mosligi, ijodiy ta`limda bolalarning rеal o‟quv 
imkoniyatlari, ishlash tеmpi bilan bog‟liqligi, ijodiy ishlarni bajarishda 
foydalaniladigan usullar, ijodiy topshiriqlarni bajarishda oldin o‟rganilgan bilim va 
faoliyat usullarini qo‟llash, yangi bilim va faoliyat usullarini qayd qilish vositalari; 
e) ijodiy ishning natijasi bilan daxldor savollar-u yoki bu ijodiy ishning 
o‟quvchilar uchun ahamiyati, o‟quv topshiriqlarining o‟quv matеriali mazmunini 


29 
to‟liq o‟zlashtirish talablariga yеtarligi, ijodiy ishlarning bolalarda mustaqil 
faoliyatni shakllantirishdagi roli va sh.k. 
Darslarni kuzatish va qayd qilishda prof. O.Roziqov ishlab chiqqan dars 
turlarini asos qilib oldik [73]. Bunda quyidagi dars turlari qayd qilingan: yangi 
o‟quv matеrialini o‟rgatish va mustahkamlash darslari; o‟tganlarni takrorlash va 
malaka hosil qilish darslari; bilim va malakalarni umumlashtirish darslari; bilim va 
malakalarni nazorat qilish darslari [73, 34-68]. Ta`limni ijodiy tashkil etish 
muammosi bo‟yicha 200 dan ortiq dars qayd qilinib, yozib olindi. Ijodiy ishlarni 
tashkil etishga oid kuzatilgan darslar taqsimoti 1-jadvalda kеltirildi.
1-jadval 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin