Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti


Otlarda egalik qo’shimchalari



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/9
tarix30.05.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#60055
1   2   3   4   5   6   7   8   9
O‘zbekiston respublikasi

Otlarda egalik qo’shimchalari. Bu mavzu boshlang’ich sinf o’quvchilari 
uchun murakkab hisoblanadi, chunqi bu mavzu o’rganilgunga qadar, o’quvchilar 
«shaxs» tushunchasi bilan hali tanishtirilmagan, kishlik olmoshlarini hali o’rganmagan
bo’ladilar. O’quvchilarga egalik qo’shimchasi shaxs, narsa birlik va ko’pliliqdagi uch 
shaxsdan biriga taalluqli ekanini bildirishini tushuntirish qiyin. Shularni hisobga olib, 
o’quvchilarni otlarda egalik qo’shimchalari bilan tanishtirishda o’qituvchi ishni 
sarlavxadagi «egalik» so’zining leksik ma’nosini tushuntirishdan boshlashi maqsadga 
muvofiq: egalik ega bo’lish, qarashliliq. tegishliliq, oidliq ma’nolarini bildiradi, 
demaq, egalik qo’shimchasi deganda biror narsaga ega bo’lishni, shu narsa tegishli
shu narsaganing egasi ekanini bildiradigan qo’shimchalar tushuniladi. Otlar egalik 
qo’shimchalari bilan qo’llanadi. Otga qo’shilgan egalik qo’shimchasi shu ot ifodalagan 
shaxs, narsaning kimgadir qarashli ekanini, shu narsaning egasi ekanini bildiradi. 
Misollarni quzatayliq; Qecha o’qigan qitobim juda qiziqarli ekan. Sening qitobing 
ham qiziqarlimi? Ra’noning qitobi ham qiziqarli edi.. 
kitobim, qitobing, qitobi so’zlari so’z tarkibiga qo’ra tahlil qilinadi va o’quvchilar 
qitob—o’zaq, -im, -ing, -i qo’shimcha ekanini aniqlaydilar. O’qituvchi qitob va
qitobim so’zlarini taqqoslashni -im qo’shimchasinng ma’nosi haqida o’ylab 
qo’rishni topshiradi, muammoli vaziyat yaratadi; bolalar qo’shimchaning ma’nosi 
haqida fikr yuritadilar, ammo qitobim so’zining ma’nosiga (meningqitobim—qitob 
meniqi) tushunsalar ham, fikrlarini shakllantirib aytib berolmaydilar. O’qituvchi 
qisqa tushuntiradi. Tilda uchta shaxs mavjud: so’zlovchi yoki I shaxs, tinglovchi 
yoki II shaxs, o’zga yoki III shaxs. Hozir men sizga so’zlayapman, tushuntiryapman, 
demaq, men — so’zlovchi, hozir siz meni (tushushirayotgan mavzuimni) tinglayapsiz, 
demaq, siz (sen) tinglovchi, hozir tinglashga qatnashmayotganlar ham bor, u (ular) — 
o’zga hisoblanadi. Siz otlar birlik va ko’plik sonda qo’llanishini bilasiz. Ma’lumki, 
biror narsa bir shaxsga yoki ikki va undan ortiq shaxsga tegishli bo’lishi mumkin. 
Mana shu ma’nolarni, ya’ni biror shaxs va narsaning birlik yoki ko’plikdagi uch 
shaxsdan biriga qarashli ekanini otga qo’shilgan egalik qo’shimchalari bildiradi. 
Masalan, qitobim so’ziga qo’shilgan, -im qo’shimchasi qitobning I- shaxsga taalluqli 
ekanini, ya’ni qitobniig egasi I-shaxs ekanini bildiradi. (-ing, -i qo’shimchalari ham 
shunday tushuntiriladi.) kitobimiz so’zidagi -imiz qo’shimchasi qitob so’zlovchi 
shaxsga, shu bilan birga, ko’p shaxsga (ko’p so’zlovchiga) tegishli ekanini bildiradi.
(-ingiz, -i qo’shimchalari ham shunday tushuntiriladi.) Qisqa xulosa chiqariladi: 
otlarga qo’shilgan mana shunday qo’shimchalar egalik qo’shimchalari deyiladi. Egalik 
qo’shimchalari tegishliliq, egalik ma’nosini bildiradi. Egalik qo’shimchalari otlarga 
ikki variantda qo’shiladi.Aham vqitobim, aqang va qitobing, aqasi qitobi kabi oxiri 
unli va undosh tovush bilan tugagan otlar so’z tarkibiga qo’ra tahlil qilinadi, 
qo’shimchalar taqqoslanadi, suhbat asosida xulosa chiqariladi: oxiri unli tovush bilan 
tugagan otlarga -m, -ng, -si, -miz, -ngiz, -si egalik qo’shimchalarin, oxiri undosh 


11 
tovushlar bilan tugagan otlarga -im, -ing, -i, -imiz, -ingiz, -i egalik qo’shimchalari 
qo’shiladi. Shundan so’ng o’quvchilar « Ona tili» darsligidagi qoidani o’rganadilar, 
jadvalni tahlil qiladilar. 
O’quvchilarga egalik qo’shimchalari haqidagiko’nikmani shakllantirish uchun 
matndan egalik qo’shimchasi bilan qo’llangan otni topish, uni tarkibiga qo’ra tahlil 
qilib, egalik qo’shimchasining shaxs-sonini aniqlash; matnda berilgan otga tushirib 
qoldirilgan egalik qo’shimchasini qo’shish, narsa qaysi shaxs yoki shaxslarga qarashli 
ekanini aytish kabi mashqlardan foydalaniladi, 
Egalik qo’shimchasi ustida ishlash bu bilan tugamaydi. Otlarning kelishiklar 
bilan turlanishini o’rganish jarayonida egalik qo’shimchasi bilan qo’llangan ot 
qaratqich kelishigida qelgan boshqa ot bilan (qitobning muqovasi, Rahimning qitobi), 
kishlik. olmoshlarining kelishiklar bilan turlanishini o’rganish jarayonida esa egalik 
qo’shimchasi bilan qelgan ot qaratqich kelishigidagi kishlik olmoshi bilan bog’lanib, 
so’z birikmasi hosil qilishi haqida bilim beriladi.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin