Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti


Otlarda son bilan tanishtirish



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/9
tarix30.05.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#60055
1   2   3   4   5   6   7   8   9
O‘zbekiston respublikasi

Otlarda son bilan tanishtirish. 3-sinfda «Otlarda son», ya’ni otlarning birlik 
va ko’plikda qo’llanishi ustida ishlash jarayonida o’quvchilarda: 1) birlik va 
ko’plikda qo’llangan otlarni ma’nosi va qo’shimcha orqali farqlash, 2) birlikdagi otdan 
ko’plik shaklidagi va aksincha, ko’plikdagi otdan birlik sondagi ot xosil qilish 3) 
gapda so’zlarning bog’lanishini isobga olgan holda, otlardan nutqda tug’ri foydalana 
olish ko’nikmalari shakllantiriladi. 
Otlarning birlik va ko’plikda qo’llanishi taqqoslash usulidan foydalanib 
tushuntiriladi. Buning uchun bir predmetni va shunday bir necha predmetni bildirgan 
otlar taqqoslanadi: daftar — daftarlar, qalam —qalamlar, noq-  noqlar kabi. Suhbat 
asosida daftar so’zi nechta (bitta) predmetni va daftarlar so’zi nechta (ikki va undan 
ortiq) predmetni bildirishi aniqlanadi. (Boshqa so’zlar bilan ham shunday ishlanadi.) 
Oddiygina xulosa chiqariladi va umumlashtiriladi: agar otlar bir predmetni bildirsa
birlikda qo’llanadi, agar ikki va undan ortiq shaxs narsani bildirsa, ko’plikda 
qo’llanadi. Qo’pliqdagi otni yasash uchun birlikda otga -lar qo’shimchasi qo’shiladi.
Birlikdagi otlar kim? yoki n i m a? so’rog’iga, ko’plikdagi otlar esa k i ml a r? yoki -
n i m a l a r? so’rog’iga javob bo’ladi. 


10 
Bu sinf o’quvchilariga faqat birlikda qo’llanadigan otlar, birlik shaklida 
qo’llangan armiya, qushin, halq kabi otlar ko’plik ma’nosini bildirishi, bunday otlarga 
ko’plik qo’shinmchasi qo’shilganda anglatadigan ma’nosi maxsus tushuntirilmaydi. 
Agar o’quvchilar bu haqda savol bersalar, sodda shaklda tushuntirish mumkin. 
 Otlarning birlik va ko’plikda qo’llanishini kuzatish aslida so’z shakli ustida 
ishlashning boshlang’ich bosqichi hisoblanadi. Bunda o’quvchilar otlarni ko’plik 
qo’shimchasi bilan o’zgartirish, ya’ni otga shakl yasovchi qo’shimcha qo’shish bilan 
so’zning leksik ma’nosi o’zgarmasligiga ishonch hosil qiladilar. 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin