Til – kishilarning eng muhim aloqalashuv
vositasi.Inson ijtimoiy mavjudot. Jamiyat til
vositasida boshqariladi.
Ilmiy dunyoqarashni
shakllantirish usuli
1. Tilning ijtimoiy hodisa sifatidagi mohiyati. Uning aloqa vazifasini
ifodalashdan iboratdir. Maktabda, shu jumladan boshlang‘ich sinflarda tilning
o‘rgatishning yetakchi yo‘nalishi o‘quvchilar tilning aloqa vazifasini bajarishni
tushunishlariga erishish hisoblanadi.
2. Til bilan tafakkur o‘zviy bog‘liq bo‘lib, tafakkur so‘z vositasida yuzaga chiqadi. Til
tafakkurning maxsuli hisoblanib
ongdan tashqarida o‘zicha yashamaydi.
3. Til va tafakkur atrofimizni o‘rab olgan moddiy borliqqa
nisbatan ikkilamchidir.
.
4. Til barcha tomonlari o‘zaro dialektik bog‘lanishda va birlikda bo‘lgan
murakkab, ko‘p qirrali hodisa.
4
Maktabda
tilning
barcha
tomonlari
(talaffuzi,
fonetikasi,
leksikasi,
grammatikasi, so’z yasalishi)ni o’zaro bogliq holda o’rganish ona tilini o’rgatishdagi
etakchi tamoyilini amalga oshirish o’quvchilar tilni murakkab, rivojlanuvchan, o’zaro
bog’langan muhim tomonlarga ega bo’lgan hodisa sifatida anglab etishlari uchun ilmiy
asos yaratadi. Tilning mohiyatini bunday idrok etish hodisalarning rivojlanuvchanligi
va o’zaro bog’langan qismlardan tuzilishini dialektik-materialistik tushunishga zamin
bo’ladi.
Maktab tajribasi va maxsus tekshirishlar shuni ko’rsatadiki, yuqorida qayd
etilgan dastlabki qoidalarni o’quv jarayonida amalga oshirishda: ijtimoiy hodisa
sifatida til haqidagi bilimlar majmuasini to’g’ri tanlash, asosiy til hodisalarini va
kategoriyalarini tushuntirishda o’qituvchining tutgan metodologik yo’lining aniqligi
o’quvchilar aqliy faoliyatini faollashtirish til nazariyasini o’rgatishga asos bo’ladigan
til materialining yuqori sifatli bo’lishi kabi dalillar hal qiluvchi ta’sir etadi. Shubhasiz,
har bir omil maktab tajribasida bir-biridan ajralgan holda bo’lmaydi. Aksincha,
ularning bir-biriga to’g’ri, maqsadga muvofiq, ta’siri ijobiy natija beradi. Ulardan
ba’zilari haqida, avvalo, ijtimoiy hodisa sifatida til bilan tanishtirish haqida
to’xtaymiz.
Tilning ijtimoiy mohiyati uning aloqa vazifasini bajarishda ko’rinadi Uning
jamiyat hayotidagi ahamiyatini aniq, tushunishga yordam berish uchun; birinchidan,
o’quv jarayonida har bir til birligining nutqimizdagi ahamiyatini o’quvchilar
o’zlashtirishini ta’minlash zarur. O’quvchilar tilning aloqa vazifasini tilning asosiy
birliklari (fonema, morfema, so’z, so’z birikmasi, gap) ning vazifasini tushunish
jarayonida o’rganadilar. Ikkinchidan, o’quvchilarning tilning o’zaro aloqa vositasi
ekanligini tushunishlari «Til har bir kishi va, umuman, jamiyat hayotida qanday
o’rinni egallaydi?» savoliga javob topishda ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Bolalar sinfdan
sinfga ko’chishi bilan bu savolga javob chuqurlashib va kengayib boradi. Til
kishilarning
birgalikdagi
mehnat
faoliyatida,
yangiliklarni
maslahatlashib
tushunishida, yangi mashinalar ixtiro qilshda zarurli misollar topib, o’z fikrlarini
tasdiqlaydilar. Yoshlari oshgan sari o’quvchilar odamning odam bo’lishida tilning
ahamiyatini tushuna boshlaydilar. Mehnat va nutq, kishini yaratadi, uni hayvonot
olamidan ajratdi. Odam mehnat jarayonida o’zining fikrlash faoliyantini rivojlantiish
va nutqini o’stirish bilan o’zini doimo takomillashtirib bordi va takomillashtirmoqda.
Olamni, koinotni o’zgartira borib, kishi yanada kamol topa boradi, uning tili ham
boyib boradi. Kishilar bilan, jamiyat a’zolari bilan aloqa, munosabat, birgalikdagi
mehnat, har bir kishining o’sishi. rivojlanishidagi zaruriy shartlardan hisoblanadi.
Uchinchidan, boshlang’ich sinf o’quvchilarining tilga ijtimoiy hodisa sifatida qarashini
shakllantirishda tilning kelib chiqishi, tilda yangi so’zlarning paydo bo’lishi haqida
ularning saviyasiga mos bo’lgan «sir»ni echish (tushuntirish) ijobiy ta’sir ko’rstadi.
O’qituvchi o’quvchilarga tilning bir kishi tomonidan maxsus o’ylab chiqarilmaganini
ibtidoiy odamlarning mehnat faoliyati bilan bog’liq holda yaratilganini va asta
rivojlanib borganini tushuntiradi. Bizdan juda uzoq, vaqtlar ilgari tilda faqat bir necha
ungina so’z mavjud edi, kishilar atrofdagi tabiatni, narsalarni bilib, ish qurollari
yaratish nimadir ishlab chiqarganlari sari tilda yangi so’zlar paydo bo’la boshladi.
Atrofimizda mavjud bo’lgan shaxs va narsalarga ularning belgilariga, jarayonga, juda
ko’p boshqa narsalarga kishilar nom qo’yganlar; shunday qilib, til yangi so’zlar bilan
boyidi va boyib bormoqda.
5
Tilning rivojlanishi, ayrim so’zlarning ma’nolari haqidagi bilimni boshlang’ich
sinf o’quvchilari ot, sifat, son, fe’lni o’rganish jarayonida asta-sekin bilib oladilar. Bu
o’rinda «So’zning tarkibi» bo’limi katta imkoniyatga ega. O’quvchilar bu bo’lim
materiallarini o’rganish jarayonida tilimizning yangi so’zlar bilan boyib borishi
haqidagi muhim manbalar bilan, so’z yasalishi bilan tanishadilar. Ma’lumki, ko’pgina
yangi so’zlar tilda mavjud bo’lgan so’zlar zaminida yaratiladi, tilda bor misollar kabi
yasaladi: aerodrom tipida kosmodrom, traktorchi tipida buldozorchi kabi. Tilda yangi
so’zning paydo bo’lishi o’zidan keyin bir xil o’zakli so’zlar guruhining hosil
bo’lishiga sabab bo’ladi: radio, radist, radioli, radiosiz kabi.
Boshlang’ich sinflarda tilning rivojlanishi haqidagi masala maxsus
o’rganilmaydi, albatta. Tilga jamiyatning rivojlanishi bilan bogliq holda rivojlanadigan
hodisa sifatida ilmiy qarashga zamin yaratish muhim. Tilning leksik tomoni
boshqalariga nisbatan harakatchan, tez rivojlanadigan bo’lgani uchun, til leksikasi
misolida boshlang’ich sinf o’quvchilari saviyasiga mos ravishda jamiyatning
rivojlanishi bilan bogliq holda tilning ham rivojlanishi tushuntiriladi. Tilning leksik
sostavida yuz berayotgan o’zgarishlar yuzasidan o’qituvchi va o’quvchilarning
kuzatishlari bolalarda dunyoni bilish haqidagi materialistik tasavvurini shakllantirishga
mos material beradi.
Kichik yoshdagi o’quvchilarning tilni o’zlashtirish jarayonini tekshirish shuni
ko’rsatadiki, tilga ilmiy qarash asoslarini shakllantirish uning muhim bog’lanishlarini
bilishga yordam beradi. Xususan, o’quvchilarning so’zning tovush tomoni bilan uning
leksik ma’nosi, suzning morfemik tarkibi bilan leksik ma’nosi, so’zning grammatik
ma’nosi bilan uning ma’lum so’z turkumiga tegshliligi o’rtasidagi bog’lanish kabilarni
bilib olishi shu maqsadga xizmat qiladi. Bu bog’lanish tilning fonetik, leksik, so’z
yasalishi va grammatik tomonlarining bir-biriga ta’sir qilishini xarakterlaydigan
umumiy bog’lanishlarning xususiy ko’rinishi hisoblanadi. Shuni ta’kidlash kerakki,
o’quvchilarning tilga xarakterli bog’lanishlarni tushuntirishlari tilni egallash nuqtai
nazaridangina emas, balki dunyoqarashlarini shakllantirishda ham katta ahamiyatga
ega.
Tildan bilim berishda o’quvchilarning hayotiy tajribasiga tayanish muhimdir.
Oqituvchi nazariy xarakterdagi umumlashtirish zarur bo’lgan daliliy materiallarni
yig’ish bosqichida ham, berilgan bilimlarni amaliyotga tatbiq etish uchun ham
bolalarning hayotiy tajribasiga, nutqqa oid amaliyotiga tayanadi. Tilga oid bilimni
o'rganish natijasida o’quvchilarning nutq faoliyatining sifati o’zgaradi, ongliligi ortadi.
Tilni o’rganishni hayot bilan bog’lash dunyoning moddiyligini tushunishga asos
yaratadi. Bu bilan bir paytda ona tili darslarining asosiy vazifalaridan biri bo’lmish
o’quvchilarda to’g’ri ku.zatish va o’z fikrlarini og’zaki va yozma shaklda aniq bayon
etish ko’nikmasini o’stirish masalasi hal qilinadi. Bunda o’qituvchidan o’quvchilarda
dialektik fikrlash ko’nikmasini shakllantirish alohida e’tibor berishi talab etiladi.
Dialektik tafakkur keng ma’noda hodisalarning boshqa hodisalar va
jarayonlarga bog’liqligini hisobga olib, ularni har tomonlama mavjud belgilari
yig’indisi bilan rivojlanishda ko’rish ko’nikmasini ta’riflaydi. Tafakkurning bunday
sifati o’quvchilarda asta-sekin shakllana boradi va o’z navbatida, ular kuzatish
jarayonida dalillarni topish, ularni analiz qilish va o’rganiladigan hodisalarning ayrim
tomonlari o’zaro bog’liqligini aniqlash, taqqoslash va umumlashtirish ko’nikmasini
egallab boradilar. Keyingi yillarda o’quvchilarning o’quv faoliyati tobora izlanish
xarakterni olib bormoqda. Tilni o’rganishda boshlangich sinf o’quvchilari uchun ayrim
6
qoida va aniqliklarni yodlab olish emas, balki atrofdagi hayotni kuzatish asosida
o’quvchilarning o’zlari «topgan» yoki adabiy manbalardan tayyor olingan til
materialini maqsadga muvofiq analiz va sintez qilish etakchi hisoblanadi.
O’rganiladigan grammatik, so’z yasalishiga oid, leksik tushunchalarnnng mavjud
belgilarini aniqlash jarayonida faol qatnashish, bilib olingan dalillarning o’xshash
farqli tomondan qiyoslash, shuningdsk, o’rganilgan nazariy bilimlarni har xil nutqiy
faoliyatga ijodiy tatbiq etish — bularning barchasi o’quvchilarda dialektik fikrlash
ko’nikmasini o’stirish uchun zamin, shart-sharoit yaratadi. Bunda muhim omillardan
biri o’quvchilarning aqliy faoliyatini o’qituvchi tomonidan maqsadga muvofiq
boshqarish, ularda orfografik, grammatik yoki leksik-uslubiy vazifalarni hal qilishning
umumiy metodlarini shakllantirish hisoblanadi.
Ona tilini o’rganish jarayonida o’quvchilarda ilmiy dunyoqarash asoslarini
shakllantirish masalasini hal qilishda maktabda ona tilini o’rgatishga asos bo’ladigan
material alohida qimmatga ega. Materialning haqiqiy tomoni, uning g’oyaviy
YUNALISHI VA BADIIY IFODALILIGI O
’
QUVCHILVRNING FIKRLASH
faoliyati, his-
tuyg’ulariga ta’sir etadi, atrof-muhit haqidagi bilimlarini kengaytiradi, tilga va uni
yaratgan halqqa qiziqishini tarbiyalaydi, o’quvchilarning umumiy taraqqiyoti
darajasini o’stiradi va ularning shaxsiy sifatlarining, dunyoqarashlarining
shakllanishiga ta’sir etadi. Keyingi yillarda maktab ona tili darsliklari va o’qituvchilar
uchun nashr qilingan qo’llanmalar materiali mazmuniga qo’yilgan talablar anchagina
ortdi. Materialning asosiy mezoni va matn va alohida gaplarning bilimni boyituvchi
qimmati, leksik-uslubiy aniqligi, mavzuviy tomondan xilma-xilligi, hayotning turli
tomonlari bilan bog’lanishi, matnlarning g’oyaviy-mavzuviy yunaltirilganligi, kichik
yoshdagi o’quvchilarga mosligidir. Shunday qilib, tilni o’rganish jarayonida kichik
yoshdagi o’quvchilarda ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirishga quyidagi
omillar: o’qituvchining metodologik asoslari, o’quvchilar o’zlashtiradigan ijtimoiy
hodisa sifatida rivojlanib boruvchi til haqidagi bilimlar majmuasi, o’quvchilar o’rganib
oladigan bilish usuli, tilni o’rganishga asos bo’ladigan materialning bilim berishdagi,
g’oyaviy-siyosiy va badiiy qimmati hal qiluvchi
ta’sir ko’rsatadi.
O’quvchilarda dunyoqarash asoslarini shakllantirish ko’p qirrali jarayon bo’lib,
maktabda va maktabdan tashqarida olib boriladigan o’quv-tarbiyaviy ishlarning barcha
tizimida hal qilinadi.
Dostları ilə paylaş: |