Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/9
tarix30.05.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#60055
1   2   3   4   5   6   7   8   9
O‘zbekiston respublikasi

Otlarning turlanishi. Kelishiklar sintaktik kategoriya hisoblanadi. Kelishik 
otlarning gapda boshqa so’zlar bilan munosabatini ifodalaydi. Demaq, qelshiqlarni 
o’rgatishda o’quchilarning gapda so’zlarning bog’lanishini bilishlari nazarda tutiladi. 
Kelishiklar ustida ishlashni o’quvchilar gapda ma’no va grammatik tomondan 
bog’langan so’zlarni (so’z birikmalarini) ajratishga o’rganganlaridan so’ng boshlanadi. 
Kelishiklar ustida ishlash gapda so’zlarning bog’lanishi ustida ishlash hamdir. 
Kelishiklarni bilish uchun o’quvchi ot gapda qaysi so’z bilan bog’langanini aniq 
bilishi kerak. Ot gapda boshqa so’zlar bilan bog’langanda qo’ushimchalar bilan 
o’zgarishi ancha ol-dindan quzatib boriladi. Aslida o’quvchilar 1- sinfdayoq, so’z 
shakllarining o’zgarishi bilan amaliy tanishadilar, ammo ular so’z shakli nimaligini
hali bilmaydilar. Bolalar keyin gi sinfda shakl yasovchi {so’z o’zgartuvchi) 
qo’shimchalar bilan tanishadilar, bu qo’shimchalar gapda so’zlarni bog’lash uchun 
xizmat qilishini tushunadilar. 
4- sinfda ot ustida ishlashning asosiy vazifasi fikr bayon qilishda otning kelishik 
shakllaridan ongli foydalanish va kelishik qo’shimchalarini to’g’ri yozishga o’rgatish 
hisoblanadi. 
Bu sinfda ot quyidagi izchilliqda o’rganiladi: 1) otlarning kelishiklar bilan 
turlanishi haqida tushuncha borish; 2) ko’plikdagi otlarning turlanishini o’rgatish; 3) 
har bir kelishikning xususiyatlarini alohida o’rganish va u bilan bog’liq holda kelishik 
qo’shimchalarining yozilishi haqidako’nikma hosil qilish. 
Otlarning kelishik qo’shimchalari bilan o’zgarishi— turlanish haqida 
tushuncha berish bilan o’quvchilarga kelishik qo’shimchalari gapda so’zlarni bog’lash 
uchun xizmat qilishi, o’zbeq tilidagi olti kelishik, ularning nomi, so’roqlari, 
qo’shimchalari va joylashish tartibi tushuntiriladi. 
O’quvchilar turlanish bilan, kelishiklarning mohiyatidan kelib chiqib gapni 
tahlil qilish jarayonida tanishtiriladi, gapning asosi (ega va qesim) va so’z birikmalari 
ajratiladi. Ular gapda bir otning boshqa har xil so’zlar bilan shakl yasovchi 
qo’shimalar (ning, -ni, -ga, -da, -dan) yordamida bog’lanishini quzatadilar, bu 
qo’shimchalar kelishik qo’shimchalari ekanini, otlarning kelishik qo’shimchalari bilan 
o’zgarishi turlanish deyilishini bilib oladilar. Bolalarga kelishiklarning joylashish 
tartibi, so’roqlari va bosh kelishikdan boshqa kelishiklarning aniq qo’shimchalari 
mavjudligi darslikda berilgan jadval yordamida tushuntiriladi. Bosh kelishikdagi ot 


12 
gapda ega vazifasida, boshqa qeslishiqdagi otlar esa ikkinch darajali bo’lak vazifasida 
qelishi bilan tanishtiriladi. 
O’quvchilar o’zlashtirgan grammatik bilimlarini imloni o’zlashtirishda 
foydalana olishlari uchun ishni bajarishda izchillqga ahamiyat beriladi. Bajarilgan ish 
yozib boriladi: o’quvchilar avval gapda ot bog’langan so’zdan shu otga savol beradilar 
va savolni qavs ichiga yozadilar; keyin so’roqa qarab kelishikni aniqlaydilar. 
Masalan, yashaydi (qaerda?)— qishloqda o’rin-payt kelishigi). Ular buni yaxshi 
o’zlashtirganlaridan so’ng, mashq tez bajariladi, yozish talab etilmaydi. 
Qo’pliqdagi otlarnnng turlanishini o’rganishda nutqda ko’plikdagi otlardan 
to’g’ri foydalanishko’nikmasini taqomillashtirsh maqsadi ko’zda tutiladi. O’quvchilar 
suhbat yordamida bosh qelshliqdagi otning so’rog’ini va bitta shaxs, narsani bildirishni 
aytadilar , (n i m a?— qitob, kim?— o’quvchi); o’qituvchi agar shu ot ikki va undan 
ortiq, shaxs, narsani bildirsa, qanday so’roqqda javob bo’lishini, qaysi kelishikni 
bildirishini so’raydi, ular qinalmay javob beradilar (nimalar? — qitoblar, kimlar ?--- 
o’quvchilar). Xulosa chiqariladi: ko’plikdagi otlar bosh kelishikda nimalar? yoki k i m 
l a r? so’rog’iga javob bo’ladi. O’quvchilar otlarning kelishiklar bilan turlanishi 
jadvalidan foydalanib, shu otlarni ko’plikda turlaydilar va ko’plik qo’shimchasi doim 
kelishik qo’shimchasidan oldin qo’shilishini, so’roqlarini bilib oladilar. 
Har bir kelishikni alohida o’rganishnipg vazifasi kelishikni o’rganish bilan 
bog’liq holda kelishik qo’shimchalarining yozilishi haqidagi malaqani shakllantirish 
va o’quvchilarning kelishiklar bilan turlangan otlardan ongli foydalanishlariga erishish 
hisoblanadi. 
Kelishiklarni bilib olish maqsadida so’roqlardan foydalaniladi. uning uchun 
o’quvchilar, birinchidan, so’roqni otning yaqqa o’ziga emas, balki gapda ot ma’no 
tomondan bog’langan so’zdan shu otga berishni o’rganishlari, ikkinchdan, 
kelishiklarning so’roqlarini yaxshi bilishlari zarur. Kelishiklarnn o’zlashtirishda 
gapning asosini anniqlagach, gapda o’zaro bog’langan so’zlarni (so’z birikmalarini) 
belgilash, ot bog’langan so’zni topish, so’roq berib, qaysi kelishik bilan turlanganini, 
birlik yoki ko’plikda qo’llanganini aniqlash izchilligida ishni uyushtirish
maqsadga muvofiq. Masalan, Quyosh zarrin nurlarini sochmoqda, quyosh haqida 
aytilgan, quyosh-ega, bosh kelishikda, birlik quyosh, nima qilmoqda?-sochmoqda, 
qesim, sochmoqda nima qilmoqda? sochmoqda nimalarini? nurlarini,ot, tuqshum 
kelishikda, birlikda.
Kelishiklarning xususiyatlarini o’rganishga qulayliq yaratish uchun har bir 
kelishikni quyidagi umumiy reja asosida o’rganish maqadga muvofiq: 1. Kelishikning 
grammatik ma’nosi. 2. So’roqlari. 3. Qo’shimchasi. 4. Gapdagi vazifasi. Kelishiklarni 
shu tarzda o’rganish ularni o’zaro taqqoslashni engillashtiradi va ongli o’zlashtirishni 
ta’minlaydi. 
Bir kelishik o’zining muhim belgilari (ma’nosi, so’rog’i, qo’shimchasi, 
sintaktik vazifasi) bilan boshqa kelishiklardan farqlanadi. Muayyan bir kelishikdagi 
otdan ongli foydalanish va kelishik qo’shimchalarini to’g’ri yozish uchun o’quvchilar 
kelishiklarning muhim belgilarini puxta o’zlashtirishi talab etiladi, shuning uchun ham 
kelishiklarning muhim belgilarini o’zlashtirib, bir kelishikni ikkinchsidan 
farqlashko’nikmasini shakllantirish ga katta o’rin beriladi. 
Bosh kelishikning xususiyatlarini o’rganish bilan otning kelishik qo’shimchasi 
yo’q holati bosh kelishik ekani, bosh qeslishiqdagi ot boshqa so’zni o’ziga tobe qilishi, 
qi m?, kim l a r?, n i m a?, n i m a l a r? so’roqlariga javob bo’lishi, gapda ega 


13 
vazifasida qelishi haqida o’quvchilardako’nikma hosil qilinadi; lug’ltlarda otlar bosh 
kelishik shaklida berilishi va bosh shakl hisoblanishi, ba’zan egalik qo’shimchasi olib 
qo’ullashi bilan tanishtiriladi. O’quvchilar qaratqich va tushum kelishigini farqlashda 
qiynaladilar, bir qo’shimcha o’rniga ikkinchsini ishlatadilar. Bu kelishiklarning 
xususiyatlarini o’rganish da bunday qiyinchiliqning oldini olish va o’quvchilarda 
kelishiklardan to’g’ri foydalanishko’nikmasini hosil qilish maqsadi ko’zda tutiladi. Bu 
maqsadga erishish uchun bu ikki kelishikning ma’nosi, so’roqlari, qo’shimchasi va 
gapdagi vazifasi taqqoslanadi va suhbat asosida xulosa chiqariladi. 
Qaratich kelishigida turlangan ot: 1) qarshililiq ma’nosini bildirib, gapda 
boshqa otga bog’lanadi, u bog’langan ot egalik qo’shimchasi bilan qo’llanadi 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin