65
Qo‘shimcha adabiyotlar:
1.
Абдуазизов А., Шереметова А. Общее языкознание.- Тошкент, 2004.-Б.4-9
2.
Шайкевич А.Я., Абдуазизов А.А., Гурджиева Е.А. Введение в
языкознание. -Тошкент: Укитувчи,1989.-С.5-9.
3.
Щитка Н.Н., Юсупова К.Н.Введение в языкознание. -Тошкент, 2006.-
Б.38.
4.
Ҳoжиeв A. Тилшунoслик тeрминлaрининг изoҳли луғaти.-Тошкент, 2002.
5.
www. literature.uz
6.
www. genhis philol.ru.
5-
§.
YOZUV HAQIDA MA’LUMOT. TIL VA YOZUV
MUNOSABATI
Reja:
1.Yozuvning tarixiy ahamiyati.
2.Yozuv turlari.
3. Yozuvning tarixiy ko‘rinishlari.
Asosiy tushunchalar:
yozuv, yozuv turlari, piktografik yozuv, ideografik
(logografik)yozuv, ieroglifik yozuv, fonetik yozuv, bo‘g‘in yozuvi
Tilning butun imkoniyatlari nutqda ifodasini topadi. Nutqning og‘zaki va
yozma shakli bo‘lib, yozma nutq yozuv orqali namoyon bo‘ladi. Yozuv ma’lum
bir tarixiy jarayon mobaynida aloqa-munosabatning muhim vositasi bo‘lib
shakllanadi. Yozuvning tarixiy ahamiyati quyidagilarda aks etgan.
1.Yozuv ma’lum tarixiy jarayon natijasida shaklanadi
va kishilar orasidagi
bavosita aloqa-munosabat vositasi sifatida ijtimoiy manfaatlar uchun xizmat
qiladi.
2. Kishilik jamiyati erishgan barcha ma’naviy
yutuqlar yozuv orqali
avloddan avlodga yetkaziladi.
3. Yozuv uchun masofa va vaqt ahamiyatsizdir.
4. Yozuvning xabar yetkazish imkoniyati tufayli turli masofadagi axborotlar
umumiy ma’lumotga aylanadi.
5. Yozuv kishilik jamiyati taraqqiyotining muayyan bosqichlarini, xalq
tarixi, etnografiyasini adabiyot va san’at
tarixini, tilning tarixiy taraqqiyot
bosqichlarini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Yozuvsiz tilning va
xalqning tadrijiy taraqqiyotini o‘rganib bo‘lmaydi.
Dunyodagi aksariyat tillar o‘z yozuviga ega. Yozuvning hozirgi ko‘rinishlari
dastlabki shakllarning takomillashib borishi natijasida paydo bo‘ldi.
Tadqiqotlardan ma’lumki,yozuvning dastlabki ko‘rinishlari ramziy ifodalar tarzida
yuzaga kelgan. Fanda piktografik, logografik,
ieroglifik, fonografik kabi yozuv
turlari bor.
Dostları ilə paylaş: