“Yosh rassomlar” guruhi:
“O’g’ri” hikoyasi qahramonlari aks etgan rasmlarni qo’lda chizish va izohlash. “Portret” usulida qahramon ruhiyatini ochib berish mumkin. Guruh a’zolarining asar voqealarini rasmlar orqali qayta jonlantirishlari, izoh berishlari o’quvchilarning asarni puxta o’zlashtirishlariga amaliy yordam beradi. Ushbu jadvalda voqealar rivojini joylashtirish mumkin:
orqa tomononi teshilgan og’ilxona rasmi;
Qobil bobo va kampirning ayanch holat tasviri;
Qobil bobo va ellikboshi tasviri;
Qobil bobo va amin tasviri;
Qobil bobo va pristav tasviri;
Pora uchun berilgan: pul, tuxum, yarim qop jiyda, jo’xori, ikki kalava ip, uchta tovuq, kulangir tasvirlari.
“Til bilimdonlari” guruhi:
Guruh a’zolari hikoyadagi: , Otning o'limi, itning bayrami, dehqonning uyi kuysa kuysin, ho'kizi yo'qolmasin, qozonni suvga tashlash, uyi xatga tushdi, tekinga mushuk oftobga chiqmaydi, pulning yuziga qarash aqldan emas, fuqaroning arzga borishi arbobning izzati, tepa sochi tikka bo‘ldi, uni begim deguncha kishining beli sinar ekan, o‘ynashmagil arbob bilan – seni urar har bob bilan, “kichkinagina shart” kabi maqol, ibora hamda dialoglardagi o‘zaro muomala jarayonlarini tadqiq qiladilar, sharhlaydilar, munosabat bildiradilar.
Munaqqidlar guruhi:
Guruh a’zolaridan yozuvchining uslubiga, badiiy mahoratiga tavsif berish, adibning so‘zga xasis, fikrga saxiy ekaniga urg‘u berishlari so‘raladi.
Izquvarlar guruhi:
Guruh a’zolari o‘g‘rining izidan tushadilar. Voqealarni taftish qiladilar. Qobil boboning o‘sha davr amaldorlari qoshida kamsitilishi va bor-budidan ajralib, qarzga botishi, hatto hali olinmagan hosili ham Egamberdi paxtafurushga berilib, xonavayron bo‘lishining sabablarini topishga, haqiqiy o‘g‘rilarni qo‘lga tushirishga
harakat qiladilar. Izquvarlar guruhi a’zolarining yakuniy xulosasi – tekshirishlarining yechimi asar g‘oyasining ochilishiga, darsdan ko‘zlangan maqsadning bo‘y ko‘rsatishigi jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu “Zinama-zina” usulida tahlil qilinadi:
O‘qituvchi guruh a’zolarini qo‘llab-quvvatlab turadi, konseptual savol va topshiriqlar berib, ishning samarali yakun topishiga yordam ko‘rsatadi.
Dostları ilə paylaş: |