Amaliy mashg’ulot: O‘zbek leksikografiyasi muammolari. (2 soat) Reja


"Lug‘ati chig‘atoy va turki usmoniy"-



Yüklə 46,18 Kb.
səhifə6/17
tarix03.12.2023
ölçüsü46,18 Kb.
#171769
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
6-mavzu

"Lug‘ati chig‘atoy va turki usmoniy"- SHayx Sulaymon Buxoriyning 1882 yilda Istanbulda nashr etilgan ikki jildli lug‘ati (ikkinchi jildi topilmagan). Lug‘atning birinchi jildida 8 mingga yaqin so‘zning ma’nolari o‘zbek tili shevalari, Alisher Navoiy, Lutfiy, Ogahiy kabi shoirlarning asarlari tili, qo‘shiq, lapar, maqol, matallardan olingan namunalar asosida ifodalangan.
XIX asrning ikkinchi yarmida O‘zbekistonda lug‘atchilik. XIX asrning ikkinchi yarmida Markaziy Osiyo Rossiya tomonidan bosib olinadi, natijada rus ma’murlari va harbiylari faoliyatida mahalliy xalqlarning tilini o‘rganish ehtiyoji yuzaga keladi, bu hol bir qator "Ruscha-sartcha" va "Sartcha-ruscha" lug‘atlarning yaratilishiga sabab bo‘ladi, quyidagilar shular jumlasidandir:
XIX asrning 30-yillarida lug‘atchilik. XX asrning 30-yillaridan so‘ng O‘zbekistonda lug‘atchillikka yanada ko‘proq e’tibor berildi: O‘rta va Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik va qo‘llanmalarning yaratilishi, O‘zbekiston Xalq Komissarligi qoshida Fanlar Komitetining ish boshlaganligi turli fanlar bo‘yicha bir tilli va ikki tilli terminologik lug‘atlarning yaratilishini taqozo qildi, natijada Fanlar Komiteti huzurida Terminologiya qo‘mitasi tashkil etildi va shu qo‘mita boshchiligida turli fanlar bo‘yicha qator lug‘atlar yaratildi: «Ruscha-o‘zbekcha matematika terminlari so‘zligi», 1933 (T.N.Qori-Niyoziy), «Ruscha-o‘zbekcha paxtachilik terminlari so‘zligi», 1933 (N.Sayfulmulukov), «Ruscha-o‘zbekcha ma’muriy-huquqiy so‘zlik», 1933 (N.Sarimsoqov), «Paxtachillikka doir qisqacha izohli lug‘at», 1934 (S.Ibrohimov), «Ruscha-o‘zbekcha qishloq xo‘jalik terminlari lug‘ati», 1936 ((N.Sayfulmulukov), «Ruscha-o‘zbekcha botanika terminlari lug‘ati», 1936, 1939 (N.Sayfulmulukov), «Zoologiya terminlarining qisqacha izohli lug‘ati», 1938 (T.Zohidov), «qisqacha ruscha-o‘zbekcha geografiya terminlari lug‘ati», 1940 (M.X.Bektemirov, S.M.Sayidrasulov), «Ruscha-o‘zbekcha fizika terminlari lug‘ati», 1940 (K.Abdurashidov), «Ruscha-o‘zbekcha tuproqshunoslik terminlari lug‘ati», 1940 (N.V.Kimberg, M.Bahodirov), «Ruscha-o‘zbekcha geologiya terminlari lug‘ati», 1941 (M.Mirboboyev, A.Sodiqov, S.Sultonov) va boshqalar shular jumlasidandir.

Yüklə 46,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin