Til haqidagi maqola sxemasi:
1. Definitsiya (qaysi xalqning tili, qaysi til gruppasi yoki oilasiga mansubligi).
2. Qanday dialektlarga ega.
3. Tarqalishi.
4. Shu tilda gapiruvchilar soni.
5. Lug'at boyligi, fonetik va grammatik qurilishi haqida qisqacha ma’lumot.
6.Yozuvi.
7. Adabiy tilning shakllanish tarixi haqida qisqacha ma’lumot.
8. Bibliografiya.
Biografik maqola sxemasi:
1. Familiyasi, ismi, taxallusi.
2. Tug'ilgan va vafot etgan vaqti, joyi.
3. Definitsiya: qaysi davlat fuqarosi, millati, ijtimoiy kelib chiqishi, asosiy ish faoliyati, ilmiy darajasi, unvoni (yillari bilan) va h.k. www.ziyouz.com kutubxonasi 4. Qaysi partiyaga mansubligi (qachondan).
5. Ilmga, fan yoki texnikaga qokshgan hissasi, asosiy ixtirolari yoki kashfiyotlari, mehnat yutuqlari.
6. Davlat idoralarida, oliy ofcquv yurtlarida, rahbarlik lavozimlaridagi mehnati va ijtimoiy-siyosiy faoliyati.
7. Davlat organlariga, deputatlikka saylanishi.
8. Orden va medallar, Davlat mukofotlari bilan taqdirlanganligi (qachon va nima munosabat bilan).
9. Bibliografiya
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Lug‘atda maqolalarning tashqi tartib asosida joylashtirilishida nimalar hisobga olinadi? 2. Lug'atda maqolalarning ichki tartib asosida joylashtirilishida nimalar hisobga olinadi? 3. Ma’no tartibini qanday tushunasiz? 4. Maqola sxemalari haqida nimalarni bilasiz? MAVZUGA OID ADABIYOTLAR:
1. Jamolxonov H. Hozirgi O‘zbek adabiy tili. Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik. – Toshkent: O‘zME, 2013.
2. Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G. va b. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: Fan va texnologiyalar, 2009.
3. Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G. va b. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Darslik. – Toshkent: Fan va texnologiyalar, 2010.
4. Rahimov S., Umurqulov B. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Darslik. – Toshkent: O‘qituvchi, 2003.
Dostları ilə paylaş: |