Amaliy mashg’ulot: O‘zbek leksikografiyasi muammolari. (2 soat) Reja



Yüklə 46,18 Kb.
səhifə12/17
tarix03.12.2023
ölçüsü46,18 Kb.
#171769
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
6-mavzu

AYLANTIRMOQ aylanmoq f.l. ort.
2 dial. Aldamoqg chalg’itmoq.
Agar nisbat ta’sirida yangi ma’no vujudga kelmasa. fe’lni ushbu nisbat shakli bilan lug’atda berish va bosh nisbatdagi fe’lga havola qilish zarurati ham bo’lmaydi. Masalan
UNUTTIRMOQ unutmoq f.l. ort. Mehnat uning surunda yurganini unuttirar ish bilan band bo’lib zerikmasdi kabi. Demak, aytish mumkinkig o’zbek tilshunosligida ko’p hollarda. Yevropa tillari, aniqrog’i, rus tili qonuniyatlari qidirilganligi va ilmiy kasoslanganligii kabi o’zbek lug’atchiligi, xususan. «O’zbek tilining izohli lug’atin ham rus tili leksikografik andozalari asosida yaratilgan.
Ma’lumki, lug’atlarning vazifasi nafaqat biror tilning lug’at boyligi haqida tasavvur uyg’otish balki shu bilan birgalikda. so’zlarning semantikasini, lisoniy qiymatini belgilash, ular ma’nolarining sistemaviy munosabatlarini berish ham bo’lmog’i lozim. Chunki, bu ko’p ma’noli so’zlarning ma’nolarini yorqinroq chegaralab olish, yaqin ma’noli so’zlar­ning semantik qiymatini to’g’ri anglash imkonini beradi.
So’zlarning semantik mohiyati ularning o’z semantik tizimida ochiladi. Shu boisdan so’zlararo semantik munosa-batlarning leksikografik metatilga muvofiq ravishda lug’atlarda aks etishi va ichki ma’nolarni farqlovchi muhim yechimlarning leksikografik talqinga «yedirib» yuborilishi muayyan ma’no bilan so’zning semantik tizimdagi o’rnini aks ettirgan lug’atlarning amaliy qiymatini yanada oshiradi. Chunki semantik munosabatlarni ochish asosidagina tilning asosiy vazifalaridan biri bo’lgan farqlash, differensiasiya amalga oshiriladi. Masalan, sinonimik munosabatlarda so’zlarning ifoda bo’yoqlari orasidagi farqlar ochilsa, tur-jins munosabatlarida ma’noviy noaniqlik muayyanlik tomon intiladi. Partonimik munosabatlarda esa butunlikning bo’linishi asosida butunda qismni, qismda butunni ko’rish, ravshan ilg’ash imkoni vujudga keladi.
Imlo lug’ati suzlarni amaldagi imlo qoidalariga muvofiq ravishda qanday yozish kerakligini o’rgatadi. Demak, bunday lug’atlar hammabop va amaliy tabiatga ega bo’ladi. Bunday lug’atlarga S.Ibrohimov va M.Rahmonovlarning 1956, 1964 yillarda «o’qituvchi» nashriyoti tomonidan nashr etilgan, S.Ibrohimov, E.Begmatov va A.Ahmedovlarning 1976 yilda «Fan» nashriyoti tomonidan chop etilgan kirill yozuviga doir imlo lug’atlarini kiritish mumkin.
1995 yilda Sh. Rahmatullayev tomonidan lotin imlosidagi «Imlo lug’ati» «O’qituvchi» nashriyoti tomonidan chop etiddi.
Orfoepik lug’atda so’zlarning to’g’ri adabiy talaffuzi ko’rsatiladi. Bunday lug’at birinchi marta kichik hajmda M.Sodiqova va O’.Usmonova tomonidan «O’zbek tilining orfoetik lug’ati» nomi bilan 1977 yilda «O’qituvchi» nashriyoti tomonidan bosib chiqarildi.
Maxsus filologik lug’atlar tor o’quvchilar ommasi-tilshunoslik bilan shug’ullanuvchilar va boshqa ilmiy tadqiqotchilarga mo’ljallangan bo’ladi. O’zbek tilining morfem, chastotali, ters, o’zlashma so’zlar frazeologizmlar, sinonimlar, antonimlar, omonimlar, dialektizmlar, terminologik, etimologik lug’atlar shular jumlasidandir.
Morfem lug’atlarda leksik birliklarning tarkibi-morfemik strukturasi ko’rsatiladi. Bunday lug’at birinchi marta A.G’ulomov. A.N.Tixonov. R.Q.Qo’ng’urovlar tomonidan tuzilib 1977 yilda «O’qituvchi» nashriyoti tomonidan chop etilgan.
Chastotali lug’atda so’zlarning qo’llanish darajasi haqida ma’lumot beriladi. I.A.Kissen muallifligida chop etilgan «Slovar naiboleye upotrebitelыnыx slov sovremennogo uzbekskogo literaturnogo yazыka» (Tashkent, 1970) lug’ati chastotali lug’at bo’lib, unda ma’lum bir tanlangan manbalarda necha marta uchraganligi va qo’llanishi ko’rsatilgan.
Ters lug’atda so’zlar teskari tomondan. oxiridan alfavit tartibida joylashtiriladi. Bu lug’at ham lingvistik lug’at bo’lib, R.Qo’ngurov va A.Tixonovlar tomonidan kObratnsh slovar uzbekskogo yazja nomi bilan 1969 yilda Samarqandda chop etilgan. Undan namuna keltiramiz:

Yüklə 46,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin