Amaliy mashg’ulot: O‘zbek leksikografiyasi muammolari. (2 soat) Reja



Yüklə 46,18 Kb.
səhifə15/17
tarix03.12.2023
ölçüsü46,18 Kb.
#171769
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
6-mavzu

SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Leksikografiya nima?
2. Leksikografiyaning vazifa doirasiga nimalar kiradi?
3. Lug'atlar ko'zlangan maqsadga kokra qanday tiplarga bolinadi?
4. Ensiklopedik va lisoniy lug'atlar qanday farqlanadi?
5. Umumiy va xususiy (maxsus) lug'atlar qanday farqlanadi?
6. Lug'atlarning yana qanday turlarini bilasiz?

Mavzuga oid adabiyotlar:


1. Jamolxonov H. Hozirgi O‘zbek adabiy tili. Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik. – Toshkent: O‘zME, 2013.
2. Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G. va b. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: Fan va texnologiyalar, 2009.
3. Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G. va b. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Darslik. – Toshkent: Fan va texnologiyalar, 2010.
4. Rahimov S., Umurqulov B. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Darslik. – Toshkent: O‘qituvchi, 2003.
2-Amaliy mashg’ulot: Lug‘at maqolalarining joylashtirilish tartibi va maqola sxemalari bo‘yicha material to‘plash.
(2-soat)
Reja
1. Lug‘atda maqolalarning tashqi tartib asosida joylashtirilishi
2. Lug'atda maqolalarning ichki tartib asosida joylashtirilishi
3. Maqola sxemalari


Tayanch so‘z va iboralar: Tashqi tartib - lugkatlarda sokzning (lugkat maqolasining) alifbodagi harflar tartibida joylashtirilishida shu sokz (maqola) boshidagi birinchi harfga asoslanish. Ichki tartib - lugkatlarda bir xil harf bilan boshlangan so^zlarning (maqola nomlarining) ikkinchi, uchinchi va keyingi harflariga, shu harflaming alifbodagi tartib o‘rniga asoslanish. Ma’no tartibi — omonim yoki polisemantik xarakterdagi so‘zlarning (yoki birikmali nomlaming) joylashtirilishida ularning ma’nosiga va tematik guruhlanishiga tayanish prinsiplari. Lug'at maqolalarining tuzilishi — maqola mazmunining avvaldan belgilangan sxemaga (kompozitsion-strukturaviy qolipga) tayanib yoritilishi.


Lug'atlarda maqola nomlarini joylashtirish tartibi
Lug'atlarda so'zlar (maqola nomlari)ni joylashtirish tartibi quyidagi uch prinsipga tayanadi: 1) tashqi tartib; 2) ichki tartib; 3) m a’no tartibi (semantik prinsip). 1. Tashqi tartib so'zning (yoki maqola nomining) birinchi harfiga — shu harfning alifbodagi o'rniga qarab belgilanadi:
Arpa Banoras Gavda Vazir 2.Ichki tartib so'zning (yoki maqola nomining) birinchi harfidan keyingi (ikkinchi, uchinchi va h.k.) harflariga - shu harflaming alifbodagi o'rniga qarab belgilanadi. Bu tartibga birinchi harfi bir xil bo'lgan so'zlarni joylashtirishda amal qilinadi: www.ziyouz.com kutubxonasi Arpa Arra Asal Astar Banoras Baraban 3. Ma’no tartibi omonim yoki polisemantik sokzlarni (yoxud omonim birikmalarni) joylashtirishda ishlatiladi. Bu tartibga ko'proq qomusiy (ensiklopedik) lug'atlarda va shunga yaqin turgan lug'at-spravochniklarda duch kelinadi. Chunonchi:
a)Ohangaron — daryo ... Ohangaron — shahar... Chirchiq - daryo ... Chirchiq - shahar ... Izoh: Ohangaron va Chirchiq so'zlari dastlab daryo nomi bolgan, keyinchalik shu daryolar yoqasida yuzaga kelgan shaharlarni atay boshlagan. Bu hoi daryo nomini oldin, shahar nomini esa keyin qo'yishga asos bo'lgan;
b) ba'zan bir nom bilan atalgan bir necha obyekt yoki predmet o'rtasida yuqoridagi singari bog'lanish bo'lmaydi yoki bunday bog'lanish aniqlanmagan bo'ladi. Bunday paytda ularning xo'jalikda, ilmda, umuman jamiyatda tutgan o'rni, mavqeyi hisobga olinadi: Andijon - shahar... Andijon - Andijon viloyatidagi posyolka Izoh: shahar viloyatning ma’muriy, ilmiy va madaniy markazi bo’lganligidan birinchi o’rinda berilgan:
d) shahar nomi bilan kishi nomi bir bo’lganda, kishi nomi oldin beriladi:
Beruniy - xorazmlik buyuk olim. (Q.: Abu Rayhon Beruniy). Beruniy — Qoraqalpog’istondagi shahar...;
e) ixtirochining nomi o‘zi ixtiro qilgan kashfiyot nomidan oldin yoziladi: Veber Ernst Genrix (1795—1878) — nemis anatomi va fiziologi ... Veber Vilgelm Eduard (1804-4 891) - nemis fizigi ... Veber - ... olchov birligi. V.E.Veber nomi bilan atalgan;
f)shahar yoki boshqa biror geografik obyekt nomi bilan shaxs nomi o‘rtasida bog'lanish bo'lmagan taqdirda ham, shaxs nomi oldin yoziladi: Volta Alessandro (1745—1827) — italyan fizigi... Volta - G'arbiy Afrikadagi daryo...;
g) o'simlik nomi bilan hayvon nomi bir xil bo'lganda, hayvon nomi oldin qo'yiladi: Kanna — hayvon ... Kanna — o'simlik ...;
h) juft so'zlar bir so'zdek alifbo tartibiga solinadi:
Shonalash
Shonli
Shon-sharaf
Shon-shavkat
Shon-shuhrat;
i) izohli va qomusiy lug'atlarda omonimik xarakterdagi so'zlar yoki so'z birikmalari alohida-alohida maqola nomi sifatida beriladi. Ammo ko‘p ma’noli so'zlarning (yoki shunga yaqin bolgan ba’zi lug'aviy birliklarning) barcha ma’nolari bir maqola ichida izohlanadi:
Burun (1) - a) odamning burni (to'g'ri ma’noda);
b)choynakning burni (ko'chma ma’noda).
Burun (2) - a) payt ravishi («ilgari», «avval»);
b) ko'makchi so'z;
j) maqol va matallarni tematik guruhlarga birlashtirib, so'ng har bir guruhga oid maqollarning o'zini alifbo tartibida joylashtirish prinsipi ham bor. Masalan: Mehnat va mehnatsevarlik haqida Bahorgi beg'amlik — kuzgi pushaymonlik. Barvaqt qilingan harakat, Hosilga berar barakat. Bekor turguncha, bekor ishla! Belni peshlagan bilar, Yerni ishlagan bilar.
Vatan va vatanparvarlik haqida
Bulbul chamanni sevar, Odam — Vatanni.
Bo'l Vatanga paxtakor, Vatan sendan minnatdor.

Yüklə 46,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin