serxarajat hujjat xat-hujjat bexujjat murojat hojat muxofazat ijozat beijozat O’zlashma so’zlar lug’atida o’zbek tiliga boshqa tillardan kirib kelgan so’zlar izohlanadi. Bu tipdagi lug’atlar izohli lug’atlarning bir ko’rinishidir. Ular qaysi tildan o’zlashgan so’zlarni izohlashiga ko’ra turlicha nomlanadi. Masalan. O.Usmon va R.Doniyorovlar tomonidan 965 yilda nashr etilgan «Ruscha-internasional so’zlar izohli lug’ati»da rus va boshqa yevropa tillaridan kirib kelgan so’zlar izohlangan.
Frazeologik lug’atlarham maxsus lingvistik lug’atlarning bir tury bo’lib, Sh.Rahmatullayev tomonidan tuzilgan kO’zbek -tilining izohli frazeologik lug’atiya (Toshkent, 978 bunday lug’atning mukammal namunasidir.
Lug’at ikki qismdan iborat bo’lib. birinchi qismda iboralar tavsiflansag ikkinchi qismda iboralar tarkibida qatnashuvchi har bir so’z alfaviti tartibida berilib. bu so’z qatnashuvchi turli iboralar keltiriladi. Quyida lug’atning har ikki qismidan bittadan namuna keltiramiz
Qulog’i(i)ga chalinmoqnima kimning Biror gapni yoki tovushni noaniq tarzda eshitmoq. O’xshashi qulog’(i)ga kirmoq. Erkaklar orasidagi gap Asalbibining qulog’iga chalingan edi. Oybek. Oltin vodiydan shabodalar. Uzoqdan traktorning guvillagan ovozi quloqqa chalindi. R.Fayziy. Cho’lga bahor keldi. (294-bet)
Qurimoq- yostigini quritmoq, yostig’i quridi tinka-madori quridi tinkasini quritmoq esim qursin (375-bet)
Onamastik lug’atlar o’zbek leksikografiyasining alohida sohasiga aylandi. Bunday lug’atlarda ononimlar izohlanadi va ular etimologik lug’atlarning o’ziga xos ko’rinishidir. Bunga T.Nafasov tomonidan tuzilgan «Janubiy O’zbekiston toponimlarining izohli lug’ati» misol qilib keltirish mumkin.
Dialektal lug’ato’zbek tilining dialekt va shevalariga xos bo’lgan leksik birliklarni qayd qiladi. Bunday lug’atlar umuman o’zbek tilining barcha shevalariga xos so’zlarni yoki ma’lum bir sheva so’zlarini izohlashga mo’ljallangan bo’lishi mumkin. 1971 yilda mualliflar jamoasi tomonidan «Fan» nashriyotida chop etilgan «O’zbek xalq shevalari lug’ati»ni bunga misol qilib keltirish mumkin. Lug’atdan misol keltiramiz,