Amaliy mashg’ulot: O‘zbek leksikografiyasi muammolari. (2 soat) Reja



Yüklə 46,18 Kb.
səhifə16/17
tarix03.12.2023
ölçüsü46,18 Kb.
#171769
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
6-mavzu

Lug'at maqolalari sxemalari
Lug'at maqolalari sxemalari (tuzilishi va so'z ma’nolarining izohlanish usullari) ham m a’lum prinsiplarga tayanadi. Chunonchi, lingvistik lug'atlarda dastlab so'zning o'zi, shundan so'ng uning bosh va yasama, dialektal va arxaik ma’nolari (agar shunday ma’nolari bor bo'lsa) yoritiladi. Har bir ma'no izohidan so'ng shunga oid misollar (ko'pincha badiiy adabiyotdan) keltiriladi.Ensiklopedik lug'at maqolalari esa boshqacharoq bo'ladi: ular davlat, respublika, millat, shaxs, o'simlik, hayvon, biror tarixiy voqea va hokazolaming har biri uchun maxsus tuzilgan sxema asosida yoziladi. Chunonchi, davlatlar haqidagi maqola sxemasi quyidagicha bo'ladi:
1. Umumiy ma’lumot.
2. Davlat tuzumi.
3. Tabiati.
4. Aholisi.
5. Tarixiy ocherk.
6. Respublikaning yetakchi partiyasi.
7. Uyushmalar.
8. Xalq xo'jaligi.
9. Meditsina.
10. Maorif va madaniyat.
11. Matbuot, radio, televideniye.
12. Fan va ilmiy tashkilotlar.
13. Adabiyot.
14. Arxitektura va tasviriy san’at.
15. Musiqa.
16. Teatr.
17. Kino.
18. Sirk va estrada.
19. Badiiy havaskorlik.
20. Bibliografiya.
21. Karta va illustratsiyalar.

Millat yoki xalq haqidagi maqola sxemasi:
1. Nomi.
2. Definitsiya (yashaydigan joyi, qaysi etnik guruhga mansubligi, ona tili).
3. Shu millat vakillarining soni.
4. Antropologik tipi (zarur bo'lganda).
5. Hukmron din (yoki o'tmishda qaysi din hukmron bo'lganligi).
6. Qisqacha tarixiy m a’lumot (etnogenez, xalq yoki millatning shakllanish davri, ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli va h.k.).
7. Moddiy va ma’naviy boyliklari.
8. Bibliografiya.
9. Illustratsiya.


O'simlik turi haqidagi maqola sxemasi:
1. Definitsiya (qaysi oila va turkumga mansubligi).
2. Morfologik va biologik xarakteristikasi
3. Areali (tarqalish joylari).
4. Amaliy ahamiyati, qo'llanishi (foydasi va zarari).
5. Shu o'simlikka ziyon keltiruvchi kasalliklar, zararkunandalar, ularga qarshi kurash choralari. 6. Bibliografiya.
7. Illustratsiya.



Yüklə 46,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin