Amaliy mashg’ulot: O‘zbek leksikografiyasi muammolari. (2 soat) Reja



Yüklə 46,18 Kb.
səhifə11/17
tarix03.12.2023
ölçüsü46,18 Kb.
#171769
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
6-mavzu

Yazыk 1. Podvijny mыshechnыy organ v plosti rta, yavlyayuщixsya organom vkusa, a u cheloveka uchastvuyushiy takje v obrazovanii rechi. str. 220
«O’zbek tilining izohli Lug’ati»dagi ayrim so’zlar tavsifida ba’zan terminologik semalarga asoslanilsa, ba’zan bunday yo’l tugilmaydi, Masalan. olma so’zi tavsifida terminologik semalarga asoslanish mavjud.
Ko’rinadiki, so’z ma’nolarining leksikografik tavsifi masalasida kO’zbek tilining izohli Lug’atii rus tili izohdi lug’atlari tamoyillari asosida ish tutadi.
Shuningdek «O’zbek tilining izohli Lug’ati» so’z shakllarini berish masalasida ham ushbu tamoyillarga bo’ysunadi. Bu fe’l nisbat shakllari talqinida alohida ko’zga tashlanadi.
Ma’lumki, ko’pgina grammatik shakllar so’zning ma’noviy tabiatiga grammatik o’zgarishlar beradi. Fe’lning nisbat formalarida esa boshqacharoq holni ko’ramiz. To’g’ri, affiks qo’shilgandan keyin hosil bo’lgan yasama forma affiks qo’shilmasdan ilgarigi formaga nisbatan ham leksik, ham gram­matik tomondan o’zgaradi, ya’ni ma’no ko’payishi yoki ozayishi mumkin. Biroq bunda lug’aviy ma’no modifikasiyalanishining qay darajada ekanligini aniqlash maqsadga muvofiq. Bunda ikki holatni. Lug’aviy ma’no modifikasiyasi yangi lug’aviy ma’no hosil bo’lish darajasidami
2.Shakl so’zda yuzaga keltirayotgan birikuvchanlik o’zgarishlari ma’noviymi, sintaktikmi yoki ham ma’noviy ham sintaktikmi ekanligini muayyanlashtirish lozim bo’ladi.
Nisbat shakllari lug’aviy shakl hosil qiluvchi vositalar sirasida markaziy o’rinni egallab, fe’l leksema lisoniy mohiyatini modifikasiya qiluvchi muhim vosita sanaladi. Aytilganidek nisbat shakllari lisoniy lug’aviy ma’noni modi-fikasiyalaydi biroq bu hodisa yangi lug’aviy ma’no vujudga kelishi darajasidami Yangi lug’aviy ma’no xoh u nutqiy xoh lisoniy bo’lsin nisbat shakllari ta’sirida vujudga kelsa, so’z alohida leksikografik birlik sifatida lug’at maqolasida alohida tavsiflanishga haqli. Masalan, «O’zbek tilining izohli lug’ati»da nisbat shakllarini qushilishi natijasida ma’noviy siljish ro’y bergan, ya’ni leksema vujudga kelgan ko’rishmoq (ko’rdilar. 2.salomlashdi), hisoblashmok (hisobladilar. 2.kelishgan holda ish ko’rmoq tipidagi fe’llarda nisbat shakllarining lug’aviy ma’noga ta’siri yangi leksema hosil qilish darajasida ekanligi to’g’ri baholangan va tavsiflangan.
Ko’p hollarda, yuqoridagidek, yangi yasama leksema vujudga kelishidan farqli o’laroq. nisbat shaklini olgan fe’lda yangi semema hosil qilish hodisasi yuz bermaydi. Bunda nisbat shakli lug’aviy shakl hosil qiluvchi sifatida qolaveradi. Masalan. aylanmoq fe’li orttirma nisbat shaklida quyidagi ma’nolarni ifodalaydi. Biror narsani ma’lum bir nuqta atrofida harakatlantirmoq. 2. Biror narsani boshqa bir holatga o’tkazmoq. Z.Sayr qilmoq. 4.Aldamoq chalg’itmoq. 5.Muomalada bo’lmoq. Pulni aylantirmoq. Bu ma’nolardan 1-, 2-, Z-, 5- lari aylanmoq fe’lida ham mavjud. Biroq 4-ma’no nisbat shakli ta’sirida paydo bo’lgan ma’no bo’lib, aylantirmoq fe’liga tuzilgan lug’at maqolasida e’tiborga olinishi lozim bo’lgani ham sho’dir.
Shu asosda alantirmoq fe’lida yangi hosil bo’lgan ma’no mavjud bo’lganligi uchun uning bosh ma’nosi sifatida aylanmoq fe’lining ma’nolariga havola qilish va shundan so’ng mazkur 4-ma’noni berish lozim bo’ladi

Yüklə 46,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin