«amaliy matematika va informatika» kafedrasi



Yüklə 149,6 Kb.
səhifə2/8
tarix24.12.2023
ölçüsü149,6 Kb.
#192673
1   2   3   4   5   6   7   8
kurs ishi hisoblash (1) (2)


KIRISH


“Agar mendan “Sizni nima qiynaydi?” deb so’rasangiz, farzandlarimizning ta’lim va tarbiyasi deb javob beraman.”


Sh. M. Mirziyoyev
Hozirgi kunda kompyuter texnologiyalari kirib bormagan soha deyarli uchramaydi. Kompyuter texnologiyalardan faqat hisoblash ishlarini olib borish uchun emas, balki, hayotga tadbiq qilinadigan elektron darsliklar, rasm va video tasmalarni qayta ishlovchi, katta hajmli ma’lumotlarni o’zida saqlovchi dasturlar yaratish uchun ham foydalaniladi.So’ngi yillarda kompyuter va uning dasturiy ta’minotiga bo’lgan talab va qiziqishlar ortib bormoqda. Bu esa o’z navbatida dasturchidan katta izlanish va mahoratni talab qiladi. Birinchi Prezidentimiz I. A. Karimovning “ Yoshlarimiz bizdan ko’ra kuchli bilimli dono va albatta baxtli bo’lishlari kerak “, ”O’zbekiston kelajagi yoshlar qo’lida” degan so’zlari va 2008 – yilning “Yoshlar yili” deb belgilaganlari, yoshlarga bo’lgan e’tiborni va katta ishonchni ko’rsatadi. Biz yoshlar o’z navbatida bunday ishonchni oqlashga va komillik sari intilishga harakat qilamiz.
Hozirgi zamon mutaxasislari, faoliyat doiralari qanday bo’lishidan qat’iy nazar informatika bo’yicha keng ko’lamdagi bilimlarga, zamonaviy hisoblash texnikasi, informatsion aloqa va kommunikatsiya tizimlari, orgtexnika vositalari va ulardan foydalanish borasida yetarli malakalarga ega bo’lishi, hamda yangi information texnika va texnologiya asoslarini uning ertangi kuni, rivoji to’g’risidagi bilimlarni o’zida mujassamlashtirgan bo’lishi kerak. Zamonviy hisoblash texnikasi va information texnologiyalarning kun sayin rivojlanib, jamiyatning esa tobora informatsiyalashib borishi sababli, uzluksiz ta’lim tizimining o’rta va yuqori bosqichlariga informatika, ishlab chiqarish va boshqarish jarayonlarini kompyuerlashtirish bo’yicha bir qator o’quv fanlari kiritilgan.
Kurs ishining dolzarbligi. Hisoblash usullari va kompyuterlarning zamonaviy imkoniyatlari birgalikda bunday jarayonlar va obyektlarning shu paytgacha noma’lum xususiyatlarini ochishga va, shu asnoda, texnologik jarayonlarni takomillashtirishga xizmat qilmoqda. Ushbu kurs ishining mavzusi ham hisoblash usullari va kompyuterning ilmiy tadqiqot ishlarida qo’llanilishiga bog’liq bo’lib, ilmiy va amaliy jihatdan dolzarbdir. Chekli ayirmali tenglamalar sistemasini uch diagonalli sistemaga keltirish, hisoblash va uni amaliyotga tadbiq etish ilmiy jihatdan dolzarb masala hisoblanadi.

Yüklə 149,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin