Amir temur saltanatida san'at va musiqa pedagogikasi mundarija: kirish



Yüklə 183,54 Kb.
səhifə10/13
tarix21.12.2023
ölçüsü183,54 Kb.
#188794
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
AMIR TEMUR SALTANATIDA SAN\'AT VA MUSIQA PEDAGOGIKASI

2.2.Bayram, o‘yinlar tomoshalar
O‘tgan davrlar tajribasini ijodiy o‘zlashtirish bu ikki ijodiy tarmoqda birday namoyon bo‘ldi. Bunda sh'eriy to‘plamlar uchun Nizomiy Ganjaviy (1141-1209) va Xusrav Dehlaviy (1253-1325) «Hamsa»lari asos zamin bo‘lgan bo‘lsa, «Shashmaqom»ning shakllanish jarayonida mazkur «Hamsa»lar zamondoshi «Duvozdahmaqom» xuddi shu vazifani ado etdi.
Asrlar davomida rivojlanib kelgan bu turkumning boshqa bir shaklga o‘tishi nihoyat darajada murakkab va ko‘p muddat talab etadigan jarayondiShunga ko‘ra, XII-XIII asrlar mobaynida shakllangan «Duvozdahmaqom» ayni Temuriylar davrida o‘zining barqaror ko‘rinishida namoyon bo‘ldi. Abdulqodir Marog‘iy, Abdurahmon Jomiy, Zaynulobiddin Husayniy risolalari ham buni tasdiqlaydi.
XIV asrdan e'tiboran «Shashmaqom» turkumining shakllanish jarayoni boshlandi. «Duvozdahmaqom» ham mustaqil ravishda davom etgan bo‘lsa-da, uning tarkibiy qismlari yangi turkumda ko‘llanildi.
Ilk davrda «Duvozdahmaqom» butun Yaqin va O‘rta Sharq xalqlari madaniyatiga birday xos bo‘lgan. Temuriylar davridan boshlab esa bu jarayonga muayyan mahalliy xislatlar ta'sir eta boshlagan. Natijada, yaxlit tizimdan muayyan ajralgan, milliy xususiyatlarga ega bo‘lgan turkum asarlar shakllana boshlagan. Birlamchi tizimdan farqli o‘laroq ularda tuzilish-kompozitsiya jihatidan hamda soniga ko‘ra erkinlik ustuvor bo‘ladi. Shu alfozda 12-ta arab maqomi, 12-ta uyg‘ur maqomi, 7-ta eron dastgohi, 7-ta ozarbayjon mug‘omi, 6-ta o‘zbek va tojik maqomi yuzaga keldi. Bu turkumlar ham, o‘z navbatida, mahalliy musiqiy sheva ta'sirida yangi mukammal turkumlar yaratilishiga turtki bo‘ldi.
Shu tarzda o‘zbek-u-tojik zaminida Shashmaqom, Xorazm maqomlari, Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llari, turli-tuman ko‘p kismli cholg‘u asarlar yuzaga keldi.
Amir Temur va Temuriylar davrida musiqiy ijod va ijro shiddat bilan musiqiy risolanavislikka ham ta'sir etmay kolmadi. Shuvrga oid qator risolalar saqlanib kolgan ekan, ular musiqa ilmining yuqori saviyasidan dalolat beribgina qolmay, musiqaning muhim timsollari tizimi, o‘rganilayotgan davrning musiqa bilan bog‘lik barcha xususiyatlari haqida qimmatli ma'lumot xozirlaydi. Masalan, Zaynulobiddin Husayniy «qonuni ilmi va amali musiqi» risolasida xalq cholg‘u asbobi-dutorni ilk bor ilmiy ta'riflaydi va uning xotin-qizlar orasida keng tarqalganligini aytib o‘tadi.
Najmiddin Kavkabiy (1480-1535) – yirik olim va musiqachi bo‘lib, ikki risola – «Risolai musiqa», «Risolai dar bayoni Duvozdahmaqom»ning muallifidiKavkabiyning fikriga ko‘ra, musiqa-nafis san'at bo‘lib, ilohiy sirlarga egadiShuning uchun uni idrok qilish hammaga ham nasib etavermaydi.
Temuriylar davri ilmida musiqani san'at turi sifatida idrok etish tadqikotlar ko‘lamida yangi bosqich bo‘lib, shu davr ijod va ijro jarayonida ham birdek kechdi. Kavkabiy kuylarni tasniflash bobida musiqaning murakkab nazariy muammolarini nasriy uslubda ifodalash kabi kashfiyotlar yaratdi.
Temuriylar davri musiqa san'ati bobidagi nufuzli manbalardan Yana biri XVI-XVII asrlarda yashab ijod etgan ko‘p qirrali olim Darvish Ali Changiyning «Tuhfatus-surur»idiUning yana bir nomi «Risolai musiqi». Uz ichiga XII asr voqyeligini qamragan bu asarda davrning an'anaviy muammolari qatori 350-ga yaqin bastakor, xonanda, sozanda va ularning homiylari hatto Amir Temur va Temuriylar hakida qimmatli ma'lumotlar bor.
Amir Temur o‘z hukmronligi davrida san'at shu jumladan o‘yin va tomoshalarning tarakqiy etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi.
Amir Temur va Temuriylar davri tomosha san'ati bo‘yicha maxsus manbalar juda oz qiyida asosan to‘rt toifa manbaga tayanib, fikr yuritiladi. Bir toifasi – asosan siesiy voqyealar, jangu jadallar ta'rifiga bag‘ishlangan tarixiy asarlaHofizi Abro‘, Sharafuddin Ali Yazdiy, Ibn Arabshoh, Abdurazzok Samarqandiy, Mirxond, Xondamirlarning tadqiqotlari shular jumlasidan. Ularda ba'zan san'atga oid qaydlar, dalillar uchraydi.
Ikkinchi toifa manbalar voqyeiy hikoyatlar, safarnomalardan iborat. Bunday manbalar orasida ispan elchisi Rui Gonsales de Klavixoning «Samarqanddagi Amir Temur saroyiga sayohat kundaligi», Zahiriddin Boburning «Boburnoma», Zayniddin Vosifiyning «Badoe'ul vakoe'» asarlari tomosha san'atlari xususida ma'lumotlarning ko‘pligi va ishonchliligi bilan alohida kimmatga ega.
Uchinchi toifa manbalar musavvirlar tomonidan maxsus ishlangan va turli xil qo‘lyozmalarga lavxalar tarzida kiritilgan rasmlardiUyin va tomoshalar aks ettirilgan bunday rasmlar tomosha san'ati bo‘yicha manba tarzida qabul qilinishi mumkin, chunki musavvirlar xatto afsonaviy syujetni aks ettirayotganlarida ham o‘z davrlari va o‘z tasavvurlari doirasida ijod qiladilar.
Nihoyat, tomosha san'atiga oid ma'lumotlar shoirlarning ijodida sochilgan bo‘ladi. Ularni manba sifatida qarash mumknn, zeroki, shoirlar ham qanday mavzu ustida qalam tebratmasinlar, o‘zlari yashab turgan hayotdan, voqyelikdan, qarashlardan oziqlanadilaBu o‘rinda ayniksa, Alisher Navoiy asarlarida injudek sochilgan ma'lumotlar inobatli va ishonarlidir.
Manbalar orasida Husayn Voiz Koshifiyning «Futuvvatnomai sultoniy yohud javonmardlik tariqati» risolasi alohida qimmatga ega. Chunki unda ma'raka va aksar ijrochilik san'atlari, o‘yin va tomoshalar xaqida qiziqarli ma'lumotlar, nazariy xulosalar berilgan.Mana shunday manbalarda sochilgan ma'lumotlarni sinchiklab terib, bir-biriga solishtirib, Amir Temur va Temuriylar davri o‘yinlari va tomoshalarini yaxlit tasavvur qilishga, ularning tarkibi, tur va turkumlari, o‘zaro munosabatlari doirasini aniqlashga harakat qilindi.Manbalarda Amir Temur va Temuriylar davridagi davlat bayramlari munosabati bilan uyushtirilgan sayillar, namoyish va tomoshalar haqida anchagina ma'lumotlar saqlanib qolgan.

Yüklə 183,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin