AMIR TEMUR SALTANATIDA SAN\'AT VA MUSIQA PEDAGOGIKASI
2.3.Hoja Abdulqodir Marog‘iy va uning musiqiy-nazariy merosi Hoja Abdulqodir bin G‘aybiy al Hofiz al Marog‘iy (1353-1434) – temuriylar davrining buyuk san'atkori, olimi va murabbiysidiMarog‘iy 1353 yil Marog‘a shahrida ziyolilar oilasida tavallud topib, dastlabki umumiy va musiqiy tahsilni o‘z otasidan oladi.
Keyinchalik Abdulqodir Jaloyirlar poytaxti bo‘lgan Tabriz shahriga ko‘chib keladi va Sulton Jaloliddin Uvays, so‘ngra G‘iyosiddin Ahmad saroyida nadim, saroy bastakori sifatida xizmat qiladi.
Nadim – saroy lavozimi bo‘lib, unga o‘z davrining eng mashhur, she'riyat va san'atning barcha turlaridan yuksak mahoratga ega bo‘lgan san'atkorlar tayinlangan. 1400 yil Amir Temur Bag‘dod shahrini zabt qilgandan so‘ng, bu shaharda vaqtincha istiqomat qilib turgan Hoja Abdulqodir Marog‘iyni ham boshqa olim-u fuzalolar, muhandislar bilan birga Samarqandga olib ketadi.
Shundan boshlab Marog‘iy Samarqandda Temur va temuriylar saroyida istiqomat qilib, faoliyat yurita boshlaydi. Bu davr uning hayotida eng mahsuldor yillar bo‘lib, natijada Abdulqodir o‘zining asosiy asarlaridan «Maqosid-il alhon», «Jali-ul alhon» va boshqalarni yaratadi. Alloma shuningdek, Samarqandda «Miyatayn zarb-ul fath», «Davri shohi» hamda qator yangi nuba (navbat)
turkumlarini ham yozgan.
Amir Temur vafotidan so‘ng Hoja Abdulqodir Hirotda Shohruh saroyida hizmat qiladi va shu yerda 1434 yil vafot etadi.
Abdulqodir Marog‘iyning musiqiy-nazariy merosi juda keng qamrovli bo‘lib, temuriylar davri musiqa madaniyatining barcha jihatlarini, yo‘nalishlarini va milliy etnik an'analarini aks ettiradi. U birinchi bo‘lib mo‘g‘ul-turk xalqlari musiqa madaniyatiga ham katta e'tibor berib, ularning amaliy-nazariy jihatlarini atroflicha yoritgan.
Marog‘iyning asosiy asarlari kuyidagilardir:
1) «Kanz ul alhon», 2) «Jali ul alhon», 3) «Maqosid il alhon», 4) «Zubdat ul advor fi sharqil advor» (sharq ul advor), 5) «Ruxparvar» (Safiuddin Urmaviy «Kitab ul advor» asarining turkum tarjimasi), 6) «Risolai sozi Chiniy» («Musiqiy Chiniy»), 7) «Favodyid il ashara va lahmiya».
Yuqorida sanab o‘tilgan yettita asardan beshtasi bizgacha yetib kelgan (oltinchi va ettinchisi topilmagan).
Yuqorida ta'kidlanganidek, Marog‘iy asarlaridan eng mashhuri Samarqandda yaratilgan «Jali ul alhon» asaridiU muqaddima, 12 bob va xotimadan iborat.
Muqaddimada «musiqa» atamasining ta'rifi; musiqa ilmining mavzusi, uslublari, ilm va amaliyotning o‘zaro munosabatlari haqida bahs yuritiladi.
1– bobda muallif savt, nag‘ma, bo‘d kabi tushunchalarga doir Urmaviy va S’hyeroziy ta'limotlarini tanqidiy bayon etadi. qolgan boblar ham mavzu jihatdan Urmaviy, Sheroziy asarlariga to‘lik mos keladi.
12 – bobda Marog‘iy harfiy nota yozuvi (tabulatura) vositasida o‘z asarlaridan ayrim namunalar keltiradi.
XULOSA Xotima 6 fasldan iborat bo‘lib, xonanda va sozandalarning majlisda o‘zini tutish odobi, majlislarning turlari, turk-mo‘g‘ul ko‘klari va ularning tasnifi, musiqani tinglash odobi va odatlari masalasiga bag‘ishlangan.
Xalq ichida tanilgan san'atkorlar, hokimlar farmoniga ko‘ra yoki o‘ziga qulaylik yaratish maqsadida kasbdoshlari bilan jamoa bo‘lib yashashni afzal ko‘rar edilaShunga binoan «xonandalar mavzesi», «sozandalar mahallasi», «bastakorlar ko‘chasi» joriy etildi. Bu kasb sohiblarining alohida obro‘ va nufuzga sazovor bo‘lganlari atrofida, maxsus ijod, ijro va ilmiy mavqyega ega ijodiy maktablar shakllandi.
Musiqa ustozini hammadan ustun ko‘yib, «ustozlar ustozi» deb ulug‘lagan Alisher Navoiy o‘zi ham musiqiy ilmga ega bo‘lib, bu borada muayyan asarlar yaratgani ma'lum. Uning ustozi Xoja Yusuf Burhon o‘z davrining yirik musiqashunosi va bastakori edi.
Bastakorlardan Abdulla Marvarid, Hofiz kozoq, sozandalardan Xoja Kamoliddin Udiy, Ali Karmal, Xoja Abdulloh Sadr, musiqiy risolalar mualliflari Jomiy, Binoiy, Mavlono Salimiy, Mavlono Riyoziylar Alisher Navoiyning eng yaqin do‘stlari bo‘lganlaBularning har biri va boshqa qator musiqa san'ati namoyandalari xususida batafsil ma'lumotlar, ijodlariga tavsif, yaratgan asarlariga munosabat «Majolisun-nafois» sakkiz majlisining yettitasidan o‘rin egallaydi.
Alloma yettinchi majlisda Amir Temur, Shohrux va Temuriylar shajarasining kariyb 20 avlodiga aniq tavsif berar ekan, o‘z e'tiborini mazkur shaxslarning san'atiga, ilmga bo‘lgan munosabatiga qaratdi.
Alisher Navoiyiing o‘zi ham musiqa ijodiyotiga bevosita aloqadorligini Zahiriddin Bobur e'tirof etgan.
Rasmiy manbalarda Soxibqiron Temurning bolaligi va yoshligi to‘g‘risida ma'lumot yo‘k, birok ayrim muarrixlar u to‘g‘risida ba'zi tafsilotlarni xabar qilishadi. Alisher Navriy naqshlar (ashula-cholg‘u asarlari) hamda peshravlar (cholg‘u asarlari) muallifi bo‘lganligi «Boburnoma»da keltirilgan. Tuzilish jihatdan murakkab bo‘lgan bunday asarlarni yarata olish hodisasi nafaqat Sharq, balki G‘arb madaniyati tarixida ham kamdan-kam uchraydi.
qolaversa, yarim asrdan keyin, ya'ni XVI-XVII asrlar bo‘sag‘asida yashab ijod qilgan olim Darvesh Ali Changiy, shu davrdagi ommabop 24 usuldan bir qanchasi Ulug‘bek, 12-tasi Husayin Boyqaro, 7-tasi esa Alisher Navriy qalamiga mansub ekanligiga guvohlik beradi.
Amir Temur va Temuriylar davri musiqa asboblari turli-tumanligi va serqirraligi bilan ajralib turadi. Masalan: ud (yog‘ochidan foydalanilgan daraxt nomiga ko‘ra) sozini arablar faqat Sharqqa emas, balki G‘arbga ham tarqatishgan (l'yuto, lyutnya va boshqalar shu asbobdan kelib chikqan), bu davrning musiqa nazariyasida (musiqiy risolalarda) interval, tetra-pentaxordlar, tovushkatorlar belgilash uchun hamda yakkaxon va ansambl ijrochiligida ko‘llanilgan.
Mukammal maqom tizimi va maqom ijrochiligi tanbur asbobi bilan uzviy birlikda idrok etiladi. Maqomlarning cholg‘u bo‘limlarini yakkanavoz ijrosida ham, ashula bo‘lymlarining doira bilan ijro etilishida ham tanbur yetakchilik qiladi.
Musiqiy amaliyot butun ijodiy jarayonning shiddat bilan rivojlanishi, avloddan avlodga o‘tib sayqallana borgan musiqa ilmining ravnaqi uchun alohida va barchasi uchun birday allomalarning maydonga kelishiga zamin hozirlaydi.
Ma'lumki, Sohibqiron Amir Temurning vafotidan keyin (1405yil) u barpo etgan markazlashgan davlat bir necha feodal xokimiyatlarga bo‘linib ketadi. Temur avlodlari – Temuriylar uzoq vaqtlar davomida o‘zaro urushlar olib bordilaBu davr feodal tarqoqlikning kuchayishi, davlat tuzimining kuchsizlanishi bilan tavsiflanadi. Natijada mamlakat bir necha qismlarga bo‘linib ketadi. Bu vaqtda Samarqand va Hirot asosiy madaniy markazlardan biri edi.