Andijon 2013 ma’ruza №1 patofiziologiya faniga kirish, uning maqsadi va vazifalari. Etiologiya va patogenez, sanogenez reja


Yog’ to’qimasida yog’ almashinuvini buzilishi



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə113/207
tarix12.10.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#154299
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   207
pat fiz lek Sharif Xoshimovich

Yog’ to’qimasida yog’ almashinuvini buzilishi
Yog’ to’qimasi, yog’lar uchun inert depo bo’la olmaydi, chunki u yerda intensiv tarzda moddalar almashinuvi ketadi. Yog’ni to’planishi, uglevodga boy ovqatlar ko’p istehmol qilinganda ro’y beradi. Insulin va prolaktin almashinuvini aktivlashganda pentoz va glikotik yo’l bilan glyukozadan yog’ hosil bo’lishi kuchayib ketadi.
Triglitseridlar sintezi va parchalanishi qondagi glyukoza miqdoriga qarab idora etiladi.
Yog’ almashinuvini boshqarilishida, nerv tizimini roli katta m: ruhiy zo’riqishlarda inson ozib ketadi. Simpatik nerv tolalarni qitiqlaganda ham shunday xolat kuzatiladi. Parasimpatik tolalar qitiqlanganda esa aksincha organizm semirib ketadi.
Somatotrop, tireotrop va tiroksin gormonlari simpatik nervlarga o’xshab tahsir ko’rsatadi, shuning uchun organizm bo’y cho’zganda insonlar ozib ketadi.
Glikokortikoidlar depodan yog’ chiqishini tezlashtiradi, shu bilan birga lipogenezni tormozlaydi. Insulin depodan yog’ni chiqishini va uglevodlarni yog’ga o’tishini tormozlaydi, glikogenni jigarda to’planishini kuchaytiradi, natijada qonda glyukoza miqdori kamayadi, appetit ortadi.
Bunday murakkab neyrogumoral idora etishni buzilishi yog’ to’qimasida yog’ni to’planishi yahni semirishga olib keladi.
Semirishni etiologiyasi bo’yicha uch xili tafovutlanadi:

  1. TSerebral (16-20%)

  2. Alimentar (55-66%)

  3. Gormonal (20% atrofida)

Irsiy omillar semirishda ayniqsa muhim rolg’ o’ynaydi.
Leytes bo’yicha 3 ta asosiy patogenetik omillar semirishga olib keladi.

  1. Energetik ehtiyojlardan ortiqcha, ko’p ovqat yeyish.

  2. Depodan yog’ni yetarlicha mobilizatsiyasini bo’lmasligi

  3. Uglevodlardan yog’ni hosil bo’lishini kuchayishi.

Bundan tashqari, semirish patogenezida yog’ to’qimasini o’ziga xos xususiyatlari, lipotsitlarni soni va ularni kattaligini ham ahamiyati bor.
Yosh bolani haddan ko’p ovqatlantirganda giperplastik semirish kelib chiqadi (ko’p hujayrali), o’zining stabilligi bilan ajralib turadi.
Sal kattaroq bolalarda gipertrofik semirish, bunda yog’ hujayralarini hajmi kattalashadi.
Ishtaha ochilishi tufayli, ko’p ovqat yeyish gipotalamusni oldingi, yonbosh sohasida joylashgan, ovqatlanish markazini qo’zg’atadi va inson kelgusida semirib ketadi.
Hayvonlarda elektrolitlar yordamida ventromedial yadrolari zararlanganda, to’yish markazi tormozlangan, aksincha ochlik markazi qo’zg’algan, natijada kalamush, mushuk va maymunlarda gipotalamik semirish kuzatiladi.
Bundan tashqari, odamlarda dientsefal semirish ham kuzatiladi, entsefalit, meningit, bosh miya travmasida shunday holat kuzatiladi.
Organizmga ko’p ovqat kirishi, bu uzoq vaqt ovqatlanish markazini qo’zg’alishini, bu esa alimentar semirishga olib keladi.
Qonda glyukoza miqdorini kamayishi, pankreas faoliyatini ortishiga, bu esa ochlik hissini kuchayishiga, ovqatni ko’p yeb qo’yishga olib keladi.
Ovqatlanish markazi faoliyatida oshqozon ichak traktidan borgan signallarni muhim roli bor. Agar, oshqozon cho’zilsa, markaz faoliyati tormozlanadi, agar juda kuchli cho’zilsa, ko’p ovqatlanish va semirishga olib keladi.
O’tirib ishlashga o’tish ham semirishda muhim rolg’ o’ynaydi.
Barrakera – Simmondsa kasalligidagi kuchayuvchi lipodistrofiya, simpatik stvol, orqa miya, oraliq miya jarohatida yuzaga chiqadi, bosh va ko’krak qismidan yog’ chiqib ketsa, tanani pastki qismida aksincha yog’ to’planadi.
Hayvon va insonlarda giperinsulinizm, giperglikemiya kuzatilsa semizlik kelib chiqadi.
Agar, semizlik insonlarni yoshlik paytida kelib chiqsa, yomon oqibatlarga olib kelmasligi mumkin, chunki uning adaptatsion imkoniyatlar kengroq, yosh o’tgan sari esa, bu imkoniyatlar cheklanib boraveradi.
Yog’ bosgan organlarda metobolizm buziladi, eng avvalo yog’ almashinuvi buzilishi, triglitseridlar va lipoproteidlar sintezini ortishiga, yog’ rezervlari mobilizatsiyasini buzilishiga, giperglikemiya, erkin yog’ kislotalarini miqdorini ortishi, giperxolesterinemiya, giper ß-liporoteidemiya, giperfosfatemiya, gipertriglitseridemiyalarga olib keladi.
Agar, yog’ miokardda to’plansa, uning qisqartiruvchi funktsiya buziladi, bu aterosklerozga, arterial bosimni ortishiga, qon ivishini buzilishiga va trombozga olib kelishi mumkin. Bu xolatda o’pka ventilyatsiyasi yomonlashadi, O’TS pasayadi, qon dimlanishiga, nafas yo’llarida surunkali yallig’lanishga olib keladi. Ozgina jismoniy yuklama berilsa halloslash, tsirkulyator va nafas gipoksiyasi kuzatiladi.
Agar, semirish va qandli diabet birga kelsa, yog’ hujayralari yuzasida insulinni sezuvchi retseptorlar ozayadi, bunda pankreas orolchasini gipertrofiyasi va giperplaziyasi, vaqtinchalik insulin sekretsiyasini ortishiga olib keladi.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin