Yog’li infilg’tratsiya va distrofiya. Organizmda to’qimaga tushgan yog’lar oksidlanadi yoki depolanadi. Agar, yog’ni to’planishi hujayra tashqarisida ro’y bersa, buni yog’li infilg’tratsiya deyiladi. Infig’tratsiya hamda yog’ hujayralarini protoplazmasida buzilish bilan birga ketsa, yog’li distrofiya bo’ladi. Hujayrada yog’-oqsil almashinuvi buzilishini yog’li dekompozitsiyasi deyiladi.
Yog’li infilg’tratsiyani kelib chiqishida gidrolitik va oksidlovchi fermentlar aktivligini pasayishi yotadi. Fosfor, mishg’yak, xloroform tahsirida, virusli infektsiyada, avitaminozlarda ham yog’li infilg’tratsiyani kuzatish mumkin.
Yog’li infilg’tratsiya ko’proq jigarda, ovqat tarkibida yog’ni ko’p kirishi yoki depodan mobilizatsiyani kuchayishi hisobiga kelib chiqadi. Turg’un yog’li infilg’tratsiya qachonki, lipoliz, yuqori yog’ kislotalarini oksidlanishi, jigardan yog’ni chiqib ketishi buzilganda yuzaga chiqadi.
Yog’li infilg’tratsiya patogenezida fosfolipidlarni hosil bo’lishini buzilishi muhim rolg’ o’ynaydi.
Fosfolipidlar ß-lipoproteidlar tarkibiga kirib, yog’larni jigar hujayralaridan chiqishini yengillashtiradi. Bir qism yog’ kislotalari fosfolipidlar tarkibiga kiradi va jigardan chiqib ketadi. Bundan tashqari, fosfolipidlar molekulasida yog’ kislotalari yaxshi oksidlanadi.
Oraliq yog’lar almashinuvini buzilishi Yog’ almashinuvini birinchi etapida lipoliz ro’y beradi, bunda hosil bo’lgan yog’ kislotlari ß-oksidlanishga uchraydi, natijada atsetil KoA hosil bo’ladi. Ikkita molekula atsetil KoAdan, atsetoatsetil KoA hosil bo’ladi, so’ngra bundan Koenzim A ajraladi, buning natijasida atsetouksus kislotasi hosil bo’ladi. Atsetouksus kislotani bir qismi dekorboksillashadi va atseton hosil bo’ladi yoki ß-gidromoy kislotaga qaytalanadi. Bu uchchala moddalar atsetouksus, ß-gidromoy va atseton, keton tanalari degan nom olishgan.
Jigarda keton tanalarini hosil bo’lishi, ularning oksidlanishidan ustun bo’lsa, ketozlarga olib keladi.
Jigar zararlanganda, ayniqsa toksikoinfektsiyalarda glikogen hosil bo’lishi buziladi, jigarga yog’ kislotalarni kirishi esa ortadi. Bu holat ketoz, jigarni yog’li infilg’tratsiyasiga olib keladi.
Ketoz kelib chiqish sababining asosida, uglevodlar kamomadi yotadi, bu Krebs zanjirini susayishiga olib keladi. Ochlikda, og’ir jismoniy ish bajarganda, emotsional zo’riqishda, qandli diabetni og’ir formalari ketozlarga olib kelishi mumkin.