Oqsillar so’rilishi va sintezini buzilishi Organizmda oqsil deposi bo’lmaydi, oqsil sintezi uchun aminokislotalar, ovqat tarkibida chetdan organizmga tushadi. Luqmani hazm traktida o’zlashtirish va so’rilishi buzilsa, alimentar harakterdagi oqsil yetishmovchiligi kelib chiqadi. Bunday holat ichakni turli qismlarida yallig’lanish va distrofik o’zgarishlar bo’lganda kuzatiladi. Bu o’z navbatida, ichakning sekretor va motor faoliyatiga putur yetkazadi. Bundan tashqari, ochlik va noratsional ovqatlanishda ham oqsil yetishmovchiligi kuzatiladi. Ammo, organizmda oqsillarni yetarli sintezi uchun aminokislotalarni kerakli miqdorini bo’lishi kifoya emas, boshqa gormonal, nerv va immun tizimlarni boshqaruv faoliyati ham ahamiyatlidir. Bundan tashqari, proteosintezning buzilishiga hujayradagi turli patologik o’zgarishlar, xromatin kondensatsiyasi tufayli matrichnqy RNK faoliyatini buzilishi ham olib keladi, shuningdek genetik defektlarda ham oqsillar sintezi buziladi.
Aminokislotalar almashinuvini buzilishi Transaminlash va dezaminlashni buzilishi. Bu jarayonlar tirik organizm uchun muhim ahamiyatga egadir, transaminlash aminokislotalarni hosil bo’lishiga tahminlasa, dezaminlash esa ularni parchalanishiga olib keladi.
Transaminlash reaktsiyasi mohiyatida, aminokislotalardan aminogruppalarni qaytar tarzda £-ketokislotaga, oraliq mahsulot, ammiak hosil qilmay, o’tkazilishi tushiniladi, reaktsiya spetsifik fermentlar tomonidan katalizlanadi. Ushbu reaktsiyani buzilishiga bir necha sabablar bo’lishi mumkin.
Piridoksin yetishmovchiligi (homiladorlik, ichak floralarini sulg’fanilamid preparatlari bilan o’ldirish, ftivazid bilan davolashda, piridoksalfosfat sintezini tormozlash).
Transaminaza aktivligini pasayishi (ochlik va jigarning og’ir hastaliklarida).
Ayrim organlar nekrozga uchraganda, m: miokard yoki o’pka infarkti, pankreatit, gepatit va boshqalarda, to’qima parchalanishidan, transaminazalar qonga ko’p miqdorda tushadi va ularning aktivligi keskin ortib ketadi, ushbu xolatni katta diagnostik ahamiyati bor.
Dezaminlashni pasayishi hisobiga qonda ishlatilmagan aminokislotalar to’planadi va giperaminoatsedemiyaga, bu o’z navbatida siydikda ko’plab, aminokislotalarni bo’lishi, aminoatsiouriyaga olib keladi.
Dezaminlashni buzilishi, bevosita yoki bilvosita tahsir etuvchi omillar, yahni piridoksin, riboflavin, nikotin kislotasi yetishmovchiligi, gipoksiya, ochlikdagi oqsil yetishmovchiligida yuzaga keladi.