Birinchidan – bu Er kurrasi quruqligining muhim makonlari, ayniqsa, xom ashyo manbalari, hozirgi davrdagi yonilg‘i-energetika zahiralari, geosiyosiy strategik yo‘llar (daryodan dengizga o‘tish kechuvlari, qit’alar va materiklarni birlashtiruvchi kechuvlar, naqliyot-kommunikatsiya yo‘laklari, savdo yo‘llari va h.k.), tashqi
dunyo bilan bevosita aloqa imkonini ochib beradigan chegaralar ustidan nazorat qilish vazifasidir. Geosiyosatning bu kategoriyalari bugungi kunda ham jahon kuchlari manfaatlari va kurashining maqsadini tashkil etadi. Masalan, Buyuk Britaniya va
Rossiya kabi davlatlar jahon geosiyosiy makonida dengiz va quruqlikda ustun strategik vositalarga ega bo‘lgani tufayli taraqqiy etdi va jahon siyosatida hal qiluvchi mavqeni egalladi. Endilikda tinchlik vaqtlarida barcha davlatlar jahon dengiz
va savdo kommunikatsiyalaridan birday foydalanadilar. Biroq strategik tashuv nuqtalari va bir makondan ikkinchisiga kechuv yo‘llari va boshqalar xuddi oldingi zamonlarda bo‘lgani singari, hozirda ham AQSH, Buyuk Britaniya, Rossiya, qisman Turkiya va boshqa buyuk davlatlarning qo‘lidadir. Holbuki, ular bir vaqtlar
Buyuk Britaniya, Gollandiya, Portugaliya, Ispaniya va qisman Usmoniylar Turkiyasi va Rossiyaga qarashli edi. Bugungi dunyoning uchdan ikki qismini Evroosiyo va Afrika qit’alari tashkil etadi. Bu hududlarda taxminan besh milliard kishi yashaydi. SHuning uchun bu mintaqalarning o‘z vaqtida geosiyosat klassiklarining “jahon oroli” deya tavsiflagan geosiyosiy ahamiyati bugungi kunda ham o‘z makon ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q.
To‘g‘ri, bugungi kunda quruqlik makonlari ustidan nazorat klassik geosiyosatda bo‘lgani singari, katta jiddiy geosiyosiy ahamiyatga molik emas. Biroq bu makonlardagi tabiiy resurslarni o‘zlashtirishi, mehnat zahiralariga ega bo‘lishi va geoiqtisodiy boyishning boshqa vositalaridan foydalanishiga qarab, jahon
davlatlarining iqtisodiy va siyosiy roli tegishli ravishda aniqlanadi.
Hozirgi zamonda jahon makoni ustidan nazorat ko‘p jihatdan davlatlarning o‘z hududi va chegaralari doirasida aholiga virtual ta’siri, xalqlarning ijtimoiy tuzilmasi, xulq-atvor madaniyati va dunyoqarashiga ta’sir o‘tkazish imkoniyatlari bilan aniqlanadi.
Hozirgi sharoitda geosiyosiy makonlar ustidan nazorat brogan sari ular ustidan axborot nazorati o‘rnatishga almashmoqda. Agar jahon makonining dengiz qismi haqida so‘zlaydigan bo‘lsak, shuni qayd qilish kerakki, bugun dengiz uning vositasida
jahon dengiz tashuvlari, transmilliy qit’alararo savdoning, yoqilg‘i tashuvining katta qismi va boshqa davlatlaro iqtisodiy aloqalar amalga oshiriladigan makon va naqliyot yo‘li hisoblanadi. Jahon savdosining ko‘pi G‘arbiy Evropa, Osiyo (YAponiya hisobiga), SHimoliy Amerika va qisman Latin Amerikasi mamlakatlarida amalga oshirilayotir. Agar hozirda xom ashyo, yoqilg‘i-energetika soha mahsulotlari asosan sanoat jihatidan rivojlangan davlatlarga tashilishi hisobga olinsa, unda jahon
okeanlari va dengizlarining geosiyosiy roli yanada yaqqolroq namoyon bo‘ladi.