Yevropa iqtisodiy hamjamiyati (YEIH) – «Umumiy bozor» - 1957 - yilda tashkil etilgan bo`lib, ishtirokchi mamlakatlar o`rtasida savdoda barcha
cheklanishlarni sekin - asta bartaraf etish va bojxona siyosatini olib borishni ko`zda
tutadi.
Rim protokollari imzolangan dastlabki yillar umidli natijalarni bera boshladi.
1968 - yilgakelib «Umumiy bozor» mamlakatlari o`rtasida barcha bojxona soliqlari
bartaraf etildi. Bu hol rejalashtirilgan muddatdan oldinroq ro`y berdi.
Yevropaning bundan keyingi birlashuvi Fransiya va Germaniya o`rtasidagi
ziddiyatlarga duch keldi. 1958 - yil 14 sentabrda Fransiya prezidenti de Goll va
kansler Adenauer muzokaralari natijasida mazkur mamlakatlar o`rtasidagi
kelishmovchiliklarning tugagani e‘lon qilingan qo`shma bayonotnoma qabul qilindi.
Bonn va Parij ittifoqi Yevropa integratsiyasiga siyosiy tus berdi va Yevropaning
bundan keyingi birlashishi yo`lidagi muhim to`siqlarni olib tashladi. YEIHga 1973 -
yil Buyuk Britaniya, Irlandiya va Daniya, 1981 - yilda Gretsiya, 1986 - yilda Ispaniya
va Portugaliya qabul qilindi.
1991 - yil dekabrda YEIH integratsiyani chuqurlashtirishga yana bir muhim
qadam qo`ydi. Hamjamiyatning 1 2 a‘zosi golland shahri Maastrixtda yagona
Yevropani yaratishni ko`zda tutuvchi Maastrixt bitimlari deb ataluvchi hujjatlarni
imzolashdi. Maastrixt bitimlarida uch guruh shartnomalar – yagona Yevropa
valyutasi tashkil etish, Yevropa siyosiy ittifoqini shakllantirish va Yevropa
komissiyasini tasdiqlash ko`zda tutildi.
YEIH o`z nomini Yevropa hamjamiyati (YEH) deb o`zgartirdi. YEH
mamlakatlari Yevropa siyosiy ittifoqi (Yevroittifoqi)ni yaratish yo`li bilan tashqi
siyosat va mudofaani muvofiqlashtirish hamda bu yo`nalishda yagona asoslarni
ishlab chiqishni mo`ljal qilishdi. Kelgusida yagona tashqi va umumiy harbiy siyosatni
shakllantirish ko`zda tutilgan Maastrixt bitimlarining uchinchi guruhi Yevropa
komissiyasini tuzishga tegishli. U Bryusselda ishlay boshlashi va YEH mamlakatlari
sog`liqni saqlash, xalq ta‘limi, qishloq xo`jaligi va ekologiya sohalari siyosatini
tartibga soluvchi muassasa bo`lishi lozim edi. Yevropa komissiyasi davlat ustidan
turuvchi hukumat boshqaruvi funksiyalariga ega bo`la bordi va YEH ning barcha
mamlakatlari unga o`z vakolatlarini berishi lozim edi. Bu milliy suveren huquqlarni
cheklash bo`lardi, biroq YEH mamlakatlari yo`lboshchilari bu yo`ldan yagona
Yevropani mustahkamlash uchun borishdi.
YEH bu orada yangi a`zolar – Finlyandiya, Shvetsiya va Norvegiya bilan to`ldi.
Endi uning tarkibida 15 davlat bor va bir necha davlat qabul qilinishini kutmoqda.
2002 - yil 1 -yanvardan e‘tiboran Maastrixt bitimlariga muvofiq Yevropa Ittifoqi
mamlakatlarida (Buyuk Britaniyadan tashqari) Yevropaning yangi pul birligi -
«yevro» muomalaga kiritildi. 15 mamlakat xalqlari hech bir afsus - nadomatsiz
o`zlarining eski valyutalari – gulden, frank, marka, taler, shillinglari bilan
xayrlashishdi va yangisini qabul qilishdi.
Shuningdek yangi davrning yana xususiyati shunday iborat bo`ldiki,
mustamlakachilik tizimiga chek qo`yildi. Bu Yevropaning ilg`or mamlakatlari
mavqeiga berilgan navbatdagi zarba bo`ldi.
Ikkinchi jahon urushidan so‘ng global iqtisodiy integratsiyaning kengayishi yuzaga kela boshladi. Xalqaro iqtisodiyotning chuqurlashuvi natijasida turli iqtisodiy tashkilotlarning yuzaga kelishi yuz berdi. Jumladan, Bretton-Vuds valyuta tizimining vujudga kelishi asnosida Xalqaro valyuta fondining tashkil topishi bunga misol bo‘ladi. Jahon savdo tashkiloti (JST) 1995 yilda tashkil etilgan bo‘lsa-da, uning tarixi bevosita 1947 yilda tuzilgan “Savdo va tariflar bo‘yicha umumiy kelishuv (General Agreement on Tariffs and Trade, GATT)”ning evolyusiyasi natijasida vujudga kelgan. Mazkur kelishuvning asosiy maqsadi xalqaro savdoda to‘siqlarni bartaraf etish bo‘lib, unga ko‘ra notarif to‘siqlarni kamaytirish, import kvotalarini shakllantirish va savdoni subsidiyalash kabilarni oldini olishdan iborat bo‘lgan. Hozirgi kunda ham JST 1986-1994 yillarda Urugvay raundida qabul qilingan qoidalar va GATT bo‘yicha me’yorlarga amal qilgan holda savdolarni tashkil etishni kuzatib keladi. Shu boisdan, mamlakatlar o‘rtasidagi umumiy savdo kelishuvi va proteksionizm bo‘yicha yagona yondoshuvga erishilmagan va bu bo‘yicha Doha raundida (Qatar) muzokaralar davom etmoqda. Ta’kidlash kerak, rivojlanayotgan mamlakatlarga savdo imtiyozlarini qo‘llash rivojlangan mamlakatlarga nisbatan ko‘proq amal qiladi. GATTning amal qilishi va JSTning tashkil topishi natijasida bojxona tariflari va notarif to‘siqlarning bir necha barobar pasayganligini qayd etish lozim. Bu esa, mamlakatlar o‘rtasida xalqaro savdoni tartibga solish va tomonlarning manfaatlarini himoya qilishga va rivojlantirishga qaratilgan jarayonlarni o‘zida aks ettiradi.
Hozirgi kunda keng jamoatchilik va ba’zi ekspertlar tomonidan O‘zbekistonni Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo bo‘lib kirishi ortidan JSTga a’zo bo‘la olmasligi yoxud jarayon qiyinlashishi mumkinligi haqida asossiz fikrlar berilmoqda. Bu borada, o‘zbek-amerika biznes forumida ham to‘xtalib o‘tildi. Ya’ni, O‘zbekistonni YeOIIga a’zo bo‘lishi JSTga qo‘shilish jarayonini murakkablashtirishi va ma’lum bir darajada Rossiya tomonidan mamlakatimizga siyosiy bosimlar paydo bo‘lishi mumkinligi haqida asossiz ravishda fikrlar bildirildi.
Jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvning tarkibiy qismi davlatlarning turli
mintaqaviy birlashmalari bilan aloqalarni rivojlantirishdan iborat. O`zbekiston
mintaqaviy xalqaro tashkilotlar, chunonchi, Yevropa Ittifoqi, YEXHT, NATO, EKO,
OIK, Qo`shilmaslik harakati va boshqalar bilan ham samarali hamkorlik qilmoqda.
Bular orasida Yevropa Ittifoqi alohida o`rin tutadi. 1996 yilda Yevropa Ittifoqi
bilan O`zbekiston o`rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishda bir qancha muhim
ishlar amalga oshirildi.
O`zbekiston tashqi siyosatining Yevropa yo`nalishi ancha kengaydi - ushbu
yo`nalish Yevropadagi ayrim mamlakatlar bilan hamkorlik qilishni ham, shuningdek,
butun Yevropa qit‘asini ham o`z ichiga oladi. Bu qit‘aning o`z, mintaqaviy,
Yevropaga xos integratsiyasi muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.
1996 yil dekabrida Lissabon sammitida ishtirok etganimiz O`zbekistonning
YEXHT bilan munosabatlarini rivojlantirishda salmoqli voqea bo`lib qoldi. Mazkur
anjuman doirasida O`zbekiston xavfsizlik muammosiga doir o`z qarashlarini bayon
etish huquqiga va imkoniyatiga ega bo`ldi. Bizning YEXHTning Markaziy
Osiyodagi faoliyatini kuchaytirishga oid da‘vatimiz tushunib qabul qilindi va u
Lissabon deklaratsiyasida hujjatlashtirildi. Bu aslida YEXHT o`z hujjatlarida mazkur
mintaqada barqarorlikni qo`llab - quvvatlash va mojarolarning oldini olish niyatini
bayon etgan birinchi hodisa bo`ldi. Xavfsizlik, shu jumladan Yevropadagi xavfsizlik
ham chegara bilmasligi bugun hech kimda shubha tug`dirmaydi.
Lissabonda XXI asr arafasida yalpi xavfsizlikning modeli xususida olib borilgan
munozaralar jarayonida biz xavfsizlikning bo`linmasligi haqidagi asosiy qoidani to`la
- to`kis qo`llab-quvvatlashimizni bildirdik. Shuni mamnuniyat bilan qayd etamizki,
mojarolar yuz berib turgan hududlarga yashirincha qurol-yarog` yetkazib berishni
to`xtatish haqidagi taklifimiz Lissabon uchrashuvining yakunlovchi hujjatida o`z
ifodasini topdi. Umid qilamizki, bu oxir-oqibatda XXI asr uchun umumiy va keng
qamrovli xavfsizlik modelining tarkibiy qismi bo`lib qoladi.
Shu bilan bir qatorda so`nggi vaqtlarda Toshkentda O`zbekiston tashabbusi
bilan YEXHT ning bir qator yirik anjumanlari o`tkazildi. YEXHT Demokratik
institutlar va inson huquqlari bo`yicha Byurosining «Inson huquqlari bo`yicha milliy
institutlar» mavzusidagi xalqaro seminar - kengashi Markaziy Osiyo, Yevropa,
Amerikadagi 21 mamlakat ekspertlarining, shuningdek, 29 ta xalqaro va nohukumat
tashkilotlari vakillarining ishtirokida keng muloqot o`tkazish imkoniyatini berdi. Ular
Markaziy va Sharqiy Yevropada ombudsmen instituti, inson huquqlari bo`yicha
milliy institutlar faoliyatini rivojlantirish, qonunchilik tizimlarini takomillashtirish
hamda xalq ta‘limi va ommaviy axborot vositalarining inson huquqlari sohasidagi
roli masalalarini ko`rib chiqdilar.
YEXHTning tashabbusi bilan «Ommaviy axborot vositalari demokratlashtirish
sharoitida» mavzusida seminar ham o`tkazildi. YEXHT kelishtiruv va hakamlik sudi
tomonidan tashkil etilgan YEXHT xalqaro seminari ham bo`lib o`tdi. Bularning
barchasi tinchlik o`rnatuvchi va huquqni himoya qiluvchi ushbu nufuzli tashkilot
bilan yaqin va samarali munosabatlar o`rnatilganligidan dalolat beradi.
Hozir bizning mamlakatimiz bilan NATOdek xalqaro tashkilot o`rtasida o`zaro
tushunish va hamkorlik mavjud deb aytish mumkin.
O`zbekistonning jahon hamjamiyati bilan hamkorlik qilishida Yevropaning
imkoniyatlari milliy manfaatlarimiz nuqtai nazaridan hayotiy muhimdir. Yevropa va
butun g`arb - yuksak texnologiyalar va investitsiyalar manbaidir, hozirgi zamon
demokratiyasi va inson huquqlarining ramzidir. Bularning barchasi XXI asrga
xavfsizligi ta‘minlangan va barqaror rivojlanayotgan, yuksak darajada taraqqiy etgan
va zamonaviy demokratik davlat bo`lib kirish maqsadida yangilanish va taraqqiyotni
o`zining strategik vazifasi qilib olgan yosh O`zbekiston davlati uchun hayotiy
zaruratdir.
Biz bunda xavfsizlik va taraqqiyot bir-birini taqozo etishi tamoyiliga amal
qilamiz. Bu esa, bir tomondan, iqtisodiyotga investitsiyalar olib kelish uchun barqaror
va xavfsiz muhit yaratishni, ikkinchi tomondan, hayotning hamma sohalarida keng
ko`lamdagi islohotlarni amalga oshiradigan mamlakatgina bunday xavfsiz muhitni
ta‘minlashga qodir bo`lishini nazarda tutadi.
Jamiyatimizning demokratik o`zgarishlarni chuqurlashtirish yo`lidan sobitqadam
rivojlana borishiga boshqa xalqaro tashkilotlar bilan va eng avvalo Osiyo
mintaqasidagi tashkilotlar bilan yaqindan hamkorlik qilish ham yordam beradi.
Turkiy tilli davlatlar o`rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish va chuqurlashtirishni
alohida ta‘kidlab o`tmoqchiman. Bu mamlakatlarning an‘anaviy bo`lib qolgan
sammitlari doirasida dastlabki bosqichda uchrashuvlarga siyosiy ruh baxsh etish
jarayoni ortda qolganligi mamnuniyat hissini uyg`otadi. Hozir uning qatnashchilari
asosiy e‘tiborlarini tobora ko`proq o`z xalqlari ravnaq topishi uchun iqtisodiy va
gumanitar sohalardagi muhim muammolarni hal qilishga qaratmoqdalar.
Turkiy tilli davlatlar boshliqlarining 1996 yil oktabr oyida Toshkentda
o`tkazilgan IV uchrashuvi buning dalili bo`ldi. Mazkur uchrashuv turkiy tilli davlatlar
munosabatlarining asosi, ya‘ni ular xalqlarining tarixiy, etnik-madaniy va ma‘naviy
yaqinligidan iborat ekanligini yana bir bor tasdiqladi. Bu hol ushbu murakkab
mintaqada tinchlik va xavfsizlikning kuchli kafolatini yaratadi.
Uchrashuv chog`ida fan, madaniyat, ta‘lim, iqtisodiyot, transport
kommunikatsiyalari sohasida ikki tomonlama va ko`p tomonlama hamkorlikni
yanada rivojlantirishga alohida e‘tibor berildi. «Buyuk Ipak yo`lini tiklash: ma‘rifiy turizmni rivojlantirish, turkiy tilli davlatlarning madaniy merosini qayta tiklash,
asrash va barqaror rivojlantirish» dasturini birgalikda ishlab chiqish nazarda
tutilmoqda. Bu dasturning maqsadi sayohat yo`nalishlari tarmog`ini kengaytirishdan
va sayyohlikning tegishli infrastrukturasini kengaytirishdan iborat.
Yuqorida aytib o`tilganidek, O`zbekiston o`zining tashqi aloqalarini ham ko`p
tomonlama, ham ikki tomonlama asosda tashkil etish tarafdoridir. Ikki tomonlama
aloqalarni kengaytirish har qaysi tomonning manfaatlarini yanada aniqroq hisobga
olish, bir-birimizni yaqindan tanish, uzoq muddatli o`zaro manfaatli hamkorlikka
mustahkam zamin hozirlash, shu tariqa barqarorlik va xavfsizlik uchun mustahkam
negiz yaratish imkonini beradi. O`zbekiston yer yuzining turli chekkalarida ishonchli
va manfaatdor sheriklarga ega ekanligi meni ayniqsa quvontiradi. Ularning doirasi
muntazam kengayib bormoqda.
Bizning Amerika Qo`shma Shtatlari bilan ikki tomonlama munosabatlarimiz
davlatlararo aloqalarning g`oyat muhim yo`nalishlari bo`yicha izchil va
sobitqadamlik bilan rivojlanib bormoqda. Bunga O`zbekiston rasmiy
delegatsiyasining 1996 yil yozida AQSH ga tashrifi yordam berdi. Mazkur tashrif
chog`ida AQSH Prezidenti B. Klinton va boshqa yuksak martabali shaxslar bilan
uchrashuvlar bo`lib o`tdi. Shuningdek, o`zbek - amerika siyosiy maslahatlashuvlari
ham o`tkazib kelinmoqda.
Dunyoning yetakchi davlati bo`lgan, juda katta siyosiy, iqtisodiy, harbiy texnikaviy, intellektual salohiyatga ega bo`lgan AQSH bilan ko`p tomonlama
munosabatlarni rivojlantirish va chuqurlashtirish hozir biz uchun ustuvor ahamiyat
kasb etmoqda. Qo`shma Shtatlar jamiyatimizni yangilash, isloh qilish va
demokratlashtirish, respublikamizning davlat mustaqilligi va suverenitetini
mustahkamlash jarayoniga salmoqli hissa qo`shmoqda. Biz Amerika kompaniyalari
va firmalari bilan qo`shma investitsiya loyihalarini amalga oshirishga, ular bilan uzoq
muddatli, o`zaro foydali sherikchilik munosabatlarini o`rnatishga, Amerika
kapitalining bizning bozorimizdagi ishtiroki kengayishiga katta ahamiyat beramiz.
So`nggi yillarda Yevropadagi ko`pgina mamlakatlar - Germaniya, Buyuk
Britaniya, Fransiya, Belgiya, Portugaliya, Gretsiya, Chexiya, Slovakiya, Ruminiya va
bir qator boshqa mamlakatlar bilan bevosita, ikki tomonlama munosabatlarimiz ancha
kengaydi va mustahkamlandi.
Bizning shu mamlakatlar davlat va hukumat boshliqlari bilan uchrashuvlarimiz
va oshkora suhbatlarimiz eng muhim siyosiy muammolar bo`yicha qarashlarimizning
o`zaro mosligini yana bir bor tasdiqladi. Bu esa mazkur mamlakatlar bilan yaqindan,
uzoq muddat hamkorlik qilishimiz, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, har ikki
tomonning mavjud imkoniyatlaridan faol foydalanish uchun katta istiqbollar ochib
berayotganligini mamnuniyat bilan qayd etishim mumkin. 128
Sharqiy va Janubi - Sharqiy Osiyo mamlakatlari - Yaponiya, Janubiy Koreya,
Xitoy, Vetnam, Malayziya, Hindiston, Indoneziya va boshqa mamlakatlar bilan
aloqalarimiz mustahkamlanib borayotganligini alohida mamnuniyat bilan ta‘kidlab
o`tmoqchiman.
Keyingi vaqtlarda Yaponiya mintaqamizning murakkab muammolarini - xavfsiz
va barqaror tinchlikka erishish, atrof muhit muhofazasi masalalarini hal qilishda faol
va manfaatdorlik bilan ishtirok etmoqda.
Mintaqaviy barqarorlik, mintaqa ko`lamida integratsiya jarayonlarini
rivojlantirish masalalarini hal qilishda ilgari Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan
mamlakatlar o`rtasida vujudga kelayotgan munosabatlar alohida o`rin tutadi. 1991 yil
dekabrida Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi tashkil etilgan edi.
Bu yillar MDH mamlakatlari ikki tomonlama va ko`p tomonlama shartnoma
munosabatlari doirasida teng huquqli sherikchilik asosida o`zaro foydali hamkorlik
qilishlari uchun keng imkoniyatlar mavjudligini tasdiqladi. Bunday hamkorlikka
hamdo`stlik mamlakatlarining hududiy yaqinligi va iqtisodiy jihatdan
bog`langanligigina emas, balki chuqur tarixiy ildizlar, madaniy va ma‘naviy aloqalar,
katta tarixiy davr mobaynida xalqlarimizning taqdiri mushtarakligi ham asos
bo`lmoqda.
Mamlakatlarimiz xalqlarining yaqinlashuvi - tabiiy kechayotgan jarayon. Bu
yaqinlik, Sovet Ittifoqi mavjud bo`lganligidan qat‘iy nazar, hamma vaqt bo`lib
kelgan. Bu xalq integratsiyasi bo`lib, sun‘iy ravishda joriy etiladigan siyosiy
integratsiyadan farqli o`laroq, haqiqiy integratsiyadir. Shuni ta‘kidlash kerakki,
sovetlardan keyingi davlatlarning birontasi ham integratsiyaga qarshi chiqayotgani
yo`q. Ayni chog`da ularning birontasi ham o`z mustaqilligidan voz kechmoqchi
emas. Biz uchun masalaning mohiyati mustaqillik yoki integratsiyani tanlash emas,
balki bu ikki yo`nalishni uyg`unlashtirishdan iboratdir. Biz MDH ni haqiqiy mustaqil,
suveren davlatlar integratsiyasi sifatida ko`rishni istar edik.
Masalaga bunday yondashishning «MDH mamlakatlarining chuqur
integratsiyasi» deb atalgan ba‘zi siyosiy g`oyalarga hech bir aloqasi yo`q. To`rtlar
shartnomasi (Rossiya, Qozog`iston, Qirg`iziston, Belarus) va Ikkilar shartnomasi
(Rossiya va Belarus) imzolanganidan beri ancha vaqt o`tdi. Avvalo shuni ta‘kidlashni
istardim: bu shartnomalarni imzolash va ularni amalga oshirish - bu davlatlarning
ichki ishi. Har bir davlat birinchi galda o`z manfaatlarini nazarda tutib, o`z taqdirini
va istiqbolini o`zi hal qiladi, har qanday hujjatlarni hamda davlatlararo
shartnomalarni qabul qilish va imzolash huquqiga ega bo`ladi. Binobarin, bu ixtiyoriy
ish ekanligini nazarda tutib, bu jarayonga hech kim aralashishga haqli emas.
Mazkur vaziyatda masala quyidagicha qo`yilmoqda: ushbu hujjatlar va
shartnomalar O`zbekiston uchun maqbulmi, O`zbekiston shu shartnomalarga qo`shila
oladimi yoki yo`qmi? Buning ustiga, bizni integratsiyalashgan davlatlar hamjamiyati
yoki ittifoqini tashkil etish bo`yicha ana shu hujjatlarni imzolashga zo`r berib taklif
qilishmoqda, ba‘zan bu O`zbekiston uchun foydali, yoki foydasiz ekanligini bizning
o`rnimizga hal etmoqchi bo`lishmoqda.
Xuddi shuning uchun hamda integratsiya va hamkorlik jarayonlari haqidagi o`z
tushunchamizni, har qanday davlatlararo bloklarga asoslangan yondashuvlar,
shuningdek, barcha yaxshi niyatli manfaatdor davlatlar bilan erkin hamkorlik qilish
yo`lidagi cheklashlar biz uchun nomaqbul ekanligini hisobga olganda, O`zbekiston
bunday Ittifoqlar yoki hamjamiyatlarga qat‘iyan qarshidir.
Mustaqil O`zbekistonni tashvishga solayotgan asosiy strategik masala - eski
imperiyani qayta tiklashga yo`l qo`ymaslik masalasidir. Afsuski, biz tashvishlanish
uchun jiddiy asoslarga egamiz. Bu tashvish ana shunday yig`inlarda qabul qilingan
hujjatlarning qoidalari, ularda ro`kach qilib keltirilayotgan dalillar va da‘volar tufayli
tug`ilmoqda. Xo`sh, ular nimalardan iborat?
Birinchi. MDH o`zining bugungi holati bilan uni tashkil etish chog`ida nazarda
tutilgan g`oyalarga mos kelmayotganligini, bu mo`rt tuzilma hech narsani hal
qilmayotganligi va u qabul qilgan qarorlar amalda bajarilmayotganligini aytmoqdalar.
Lekin qabul qilingan qarorlarning MDH doirasida bajarilishini ta‘minlaydigan
mexanizmlarni chinakamiga, amalda izlash o`rniga davlatlar o`rtasida ikki
tomonlama munosabatlarni rivojlantirish, ularni muayyan mazmun bilan boyitish
o`rniga, ko`proq eski davrlarni qo`msash hissi paydo bo`lmoqda. Davlatlardan yuqori
turuvchi tuzilmalarni - parlament, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi idoralar Muvofiqlashtiruvchi yoki Yuqori Kengash, ko`plab amaldorlar ishlaydigan Ijroiya
yoki Ma‘muriy qo`mita, birlashgan harbiy-siyosiy tuzilmalar va shu kabilarni tashkil
etishga harakat qilinmoqda. Sobiq Ittifoqning ulkan makonidagi barcha masalalarni
yagona Markazdan turib hal qilish mumkin bo`lgan davrlardagi tartib odamlar ongiga
nihoyatda chuqur singib ketganligi sezilmoqda.
Agar biron - bir davlatlararo uyushma tashkil etilgandek bo`lsa, nima uchundir,
albatta, uning tegishli hokimiyat va boshqaruv organlari ham bo`lishi kerak, deb
hisoblashadi. Agar MDH davlat boshliqlari, hukumat boshliqlari va boshqa
tuzilmalarining oxirgi majlislari kun tartibi kuzatiladigan bo`lsa, yagona yo`nalish iqtisodiy va gumanitar integratsiyaning pishib yetilgan muammolari o`rniga, davlatlar
va xalqlar o`rtasidagi aloqalarni yaxshilash o`rniga, nuqul harbiy - siyosiy
masalalarni, birlashgan qo`mondonlikni tuzish, chegaralarni birgalashib qo`riqlash va
shu kabilar qo`yilayotganligi tasodifiy emas.
Biroq hamma shu narsani yaqqol anglab olishi kerakki, tashkil etilayotgan
Ittifoqlarda davlatlardan yuqori turadigan tuzilmalar barpo etilsa va Shartnoma
qatnashchisi bo`lgan har bir alohida mamlakatning tegishli qonuniy organlari bir
yoqda qolib, bevosita amal qiladigan, ya‘ni barcha organlar va tashkilotlar bajarishi
shart bo`lgan qarorlarni mazkur tuzilmalarning o`zi qabul qilish huquqiga ega bo`lsa,
u holda mazkur davlatlarni suveren va mustaqil deb hisoblash qiyin bo`ladi.
Vakolatli va qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, harbiy-siyosiy va sud organlariga
ega bo`lgan har bir alohida davlatning yangi tashkil etilayotgan davlatlardan yuqori
turuvchi tuzilmalar bilan aloqasini, ifodali qilib aytganda, tutash tomirlar deb
tasavvur qilish mumkin. Hamjamiyatning davlatlardan yuqori turuvchi tegishli
tuzilmasi o`ziga qanchalik vakolat talab qilsa, hozirgi alohida suveren davlatning har
biri xuddi shunchalik vakolat va huquqlarini yo`qotadi. Bu - inkor etib bo`lmaydigan
haqiqat.
Binobarin, hamjamiyat yoki Ittifoq va uning davlatdan yuqori turuvchi
tuzilmalari tashkil topgani bilan har bir alohida ishtirokchi mamlakat o`z suvereniteti
yoki mustaqilligini to`la saqlab qoladi deb ishontirmoqchi bo`lsalar yoki va‘da
bersalar - buni jiddiy qabul qilib bo`lmaydi.
Shuningdek tashkilot faoliyatining samaralik bo`lishi yana bir fikr ilgari surildi:
tasdiqlangan MDH Nizomi doirasida iqtisodiy va moliyaviy integratsiyani
chuqurlashtirishni, sivilizatsiyali to`lovlar masalasini hal qilishni, iqtisodiy va
gumanitar integratsiya yo`lidagi g`ovlarni olib tashlashni hozir bizga hech kim
taqiqlamaydi. Buning uchun birinchi navbatda jo`g`rofiy-siyosiy ruhda bo`lgan
shartnomalarni imzolash va turli xil Ittifoqlarga kirish aslo shart emas.
Ikkinchi. Vujudga kelgan tanglik vaziyatining, odamlar mushkul ahvolga tushib
qolganligining asosiy sababi, eng katta balo - avvalo respublikalar o`rtasidagi
iqtisodiy va xo`jalik aloqalari uzilib qolganligida deya hammani ishontirishga harakat
qilinmoqda.
Bu sovetlardan keyingi butun makonni karaxt qilib qo`ygan tanglikning haqiqiy
sabablaridan odamlarning e‘tiborini chalg`itishga ochiqdan-ochiq urinishdir.
Sovetlardan keyingi makonda davlatlar iqtisodiyotidagi tang holatning asosiy
sababi, eng avvalo, o`z umrini yashab bo`lgan totalitar, ma‘muriy-buyruqbozlik,
markazdan taqsimlash tizimi mafkurasining parchalab tashlanganligidan, bugungi
kunda butun dunyo yashab kelayotgan bozor munosabatlariga, erkin iqtisodiyotga
o`tishdan iborat ekanligi mutlaqo ayon bo`lib qoldi.
Sobiq Ittifoq tarkibida bo`lgan ko`p mamlakatlarning qanchadan-qancha
korxonalari hozirgi paytda og`ir ahvolga tushib qolganligini, amalda
ishlamayotganligini faqat shu bilan izohlash mumkin. Ularning ko`plari ishlamay
turganligiga sabab boshqa suveren davlatlarning korxonalari bilan aloqalari uzilib
qolganligi yoki amal qilmayotganligi emas. Bu mamlakatlardan tashqaridagi
kooperatsiyalashgan aloqalarga mutlaqo bog`liq bo`lmagan yuzlab korxonalar
ishlamay turibdi.
Buning butunlay boshqa sabablari bor. Ular hozircha yangi sharoitlarga
moslasha olmayotir, o`z mahsulotlarini sota olmayotir, ularda ishlab chiqarishni
saqlab turish va rivojlantirish uchun mablag` yo`q.
Ko`rinib turibdiki, gap bu aloqalar uzilib qolganligida emas. Iqtisodiyotni tezroq
isloh qilish, hisob-kitob mexanizmlarini takomillashtirish, har bir korxonada zarur
ma‘rifiy tartib-intizom o`rnatish lozim.
Uchinchi. «Chuqur integratsiya» mualliflari bir dalilga ayniqsa ko`proq murojaat
etadilar - butun dunyoda integratsiya yer yuzining ko`pgina mintaqalari uchun xos
bo`lgan jarayon deb tushunilar emish. Bunda ko`proq Yevropa Ittifoqini tashkil etish
tajribasini dalil qilib keltiradilar.
Ha, tarixiy taraqqiyotning hozirgi boqichida barcha davlatlar bir - birlariga
bog`liq va o`zaro aloqada yashaydi. Dunyo xaritasidan hozirgi kunda boshqalardan,
birinchi navbatda, o`zini o`rab turgan mamlakatlardan mutlaqo ajralib qolgan
davlatni topib bo`lmasa kerak.
Ha, Yevropa Ittifoqida integratsiya va hamkorlik asosiy tamoyillar hisoblanadi.
Biroq Yevropa Ittifoqida integratsiya jarayonlariga yondashuvlar
integratsiyalashayotgan davlatning batamom suverenligi, ixtiyoriylik va ularning
huquqlarini hurmat qilish tamoyillariga asoslanadi.
Yevropa Ittifoqini tashkil etishga asos bo`lgan tamoyillar MDH mamlakatlari
uchun jozibali bo`lishi mumkin. Buni hech kim inkor etmaydi. Lekin bir qator
holatlar borki, ular Yevropa Ittifoqini sovetlardan keyingi makondagi vaziyatdan
keskin ajratib turadi.
Birinchidan, eng muhimi shundaki, Yevropa Ittifoqini shakllantirish bir necha
o`n yilliklarni o`z ichiga oladigan uzoq tarixga ega, Maastrixt bitimlari esa davlatlar, ularning rahbarlari bosib o`tgan katta yo`lning natijasidir.
Ikkinchidan, Yevropa Ittifoqiga barqaror, mustahkam demokratik ijtimoiy davlat
tuzilmalariga ega bo`lgan, puxta bozor va huquqiy qonunchilik normalarini, ularni
ro`yobga chiqarish mexanizmlari va infrastrukturasini shakllantirgan mamlakatlar
birlashgan.
Uchinchidan, demokratik tartiblar va qadriyatlar bu mamlakatlar aholisi mutlaq
ko`pchiligining ijtimoiy ongida mustahkam o`rnashib qolgan.
To`rtinchidan, Yevropa Ittifoqidagi mamlakatlarning ko`pchiligi taxminan teng,
ancha yuqori iqtisodiy imkoniyatlarga ega. O`zining rivojlanishi jihatidan yaqqol
afzalliklarga ega davlatlar yo`q.
Beshinchidan, agar bizning texnikaviy va iqtisodiy qoloqligimizni, g`oyat
eskirgan, raqobatga dosh berolmaydigan texnologiya va asosiy fondlarimizni hisobga
olsak, sobiq SSSR chegaralarida allaqanday Ittifoqlarga biqinib olish - bunday siyosat
o`tmishning turli mafkuraviy andozalarini o`ylab, o`zimizni jahon iqtisodiyoti
nazaridan chetda qashshoq hayot kechirishga mahkum etishdan boshqa narsa emas. Ayni chog`da shuni ham ta‘kidlab o`tish joizki, barcha ishtirokchi mamlakatlar
tomonidan tanlangan va vujudga keltirilgan umumiy boshqaruvchi tuzilmalari
faoliyat olib borayotgan Yevropa Ittifoqi bilan bir qatorda, Janubi-Sharqiy Osiyo
(ASEAN) va Osiyo-Tinch okeani mintaqasi (ATES) mamlakatlari tajribasi ham
mavjud. Biroq ularda milliy davlatlardan yuqori turuvchi parlamentlar, Vazirlar
Kengashlari va boshqa birlashtiruvchi tuzilmalar yo`q.
Markaziy Osiyo mamlakatlari darajasidagi integratsiyaga kelsak, u o`zining
alohida xususiyatlari bilan ajralib turadi. Bu integratsiya o`z mohiyatiga ko`ra
hamisha xalq integratsiyasi bo`lib kelgan va shunday bo`lib qolmoqda. Butun tarix
davomida bu mintaqa xalqlari ajnabiy bosqinchilar hukmronligiga qarshi yelkamayelka turib kurashib kelganlar. Bu xalqlarning vakillarini mustaqillikni qo`lga kiritish va mustaqil davlatlar tuzish g`oyalari birlashtirgan. Bu xalqlar Turkiston deb nom olgan ulkan hududda asrlar davomida yashab kelganlar.
Avvalo shuni ta‘kidlamoqchimizki, Markaziy Osiyo xalqlarining integratsiyasi
orzu yoki kelajakka mo`ljallangan loyiha emas, bu - bor narsa, bu - mavjud voqelik
bo`lib, faqat tashkiliy, huquqiy va siyosiy shakllarga muhtojdir.
Markaziy Osiyodagi integratsiyani biz hududiy birlik, kommunikatsiyalar,
iqtisodiyotning asosiy va yetakchi tarmoqlari mushtarakligi, suv xo`jaligi va
energetika ob‘yektlarini birgalashib ishlatish, energiya zaxiralari bilan ta‘minlash
ehtiyoji taqozo etgan ob‘yektiv zaruriyat deb hisoblaymiz. Bir-biriga chirmashib
ketgan umumiy teran tomirlarga ega bo`lgan xalqlarimizning madaniy, til va
ma‘naviy birligi haqida-ku, gapirmasa ham bo`ladi.
Bu mintaqa muayyan bir shaklda hamma vaqt integratsiya bo`lib kelgan.
Markaziy Osiyo xalqlari mustaqillikka erishganlaridan keyin birgalikda kuch-g`ayrat
sarflab o`z kelajaklarini qurishlari zarurligini yana qayta his etdilar. Toshkentda
Qozog`iston, Qirg`iziston va O`zbekiston prezidentlari tomonidan Markaziy Osiyo
mintaqasining bu suveren mamlakatlari o`rtasida yagona iqtisodiy makonni tashkil
etish haqidagi Shartnomaning imzolanishi shu yo`ldagi amaliy qadam bo`ldi.
Markaziy Osiyo respublikalarining integratsiyalashuvi uchun haqiqatan ham bir
qator dastlabki shart-sharoit va sabablar mavjud. Bular jumlasiga iqtisodiy
rivojlanishning boshlang`ich darajasi baravarligi, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning
bir xilligi ham, yagona transport - energetika kommunikatsiyalari, suv zaxiralari ham
kiradi. Bundan tashqari, ushbu mintaqada yashayotgan barcha xalqlarning xavfsizligi
uchun mushtarak bo`lgan tahdidlar ham mavjud. Bular - Orolning qurib
borayotganligi, narkotik moddalar, qurol-yarog`, terrorizm, diniy
fundamentalizmning kirib kelishi, Afg`oniston tomonidan keskinlik va
beqarorlikning yoyilish xavfi hamda bir qator boshqa omillardir. Bu tahdidlar, garchi
tarqoq tuyulsa-da, birlashtiruvchi omillardir, chunki ularning birontasini ham alohida,
o`z kuchiga ishongan holda yengib bo`lmaydi. Ayni shu holatlar Markaziy Osiyo mintaqasining gullab-yashnashi to`g`risida qayg`uradigan barcha siyosatchilar uchun amaliy qo`llanma bo`lib qolishi darkor.
Markaziy Osiyo hamdo`stligining kelajagiga ishonch bilan qarash uchun hamma
asoslar mavjud. Zarur huquqiy va tashkiliy shart-sharoitlar yaratilgan, Davlatlararo
kengash tuzilgan, hamdo`stlik dasturlarini ro`yobga chiqarish bo`yicha ijroiya
qo`mita, Markaziy Osiyo hamkorlik va taraqqiyot banki tashkil etilgan. Qatnashuvchi
davlatlar iqtisodiy integratsiyasining 2000 yilgacha mo`ljallangan, 53 ta muayyan
loyihani o`z ichiga oladigan dasturi ishlab chiqildi, yagona iqtisodiy makonni
vujudga keltirish uchun asos solinmoqda.
Biz o`zimizning tashqi mudofaa siyosatlarimizni uyg`unlashtirishga ham
bevosita yaqinlashdik - yagona iqtisodiy makon tashkil etish to`g`risidagi
shartnomada qatnashuvchi mamlakatlar mudofaa vazirlari Kengashining nizomi
tasdiqlandi.
Markaziy Osiyo davlatlari hamdo`stligining tashkil etilishi aslo ular boshqa
davlatlardan yakkalanib qolishini bildirmaydi. Biz uni MDH doirasidagi integratsiya
jarayonlariga ham qarshi qo`ymaymiz. Bu hamdo`stlik davlatchilikni qaror toptirish
va bozor munosabatlariga o`tishning murakkab davrida mintaqadagi mamlakatlarning
kuch - g`ayratlari va say - harakatlarini jipslashtirishga qaratilgandir.
Markaziy Osiyo hamdo`stligi biz uchun shunchaki integratsiya udumiga
ergashish emas, ustun bo`lib olish yoki o`z ta‘sir doiramizni kengaytirishga intilish
ham emas. Bu XXI asrda bizning mustaqillik va taraqqiyot yo`limizdir. Ishonchim
komilki, bu birlikni amalga oshirish, hech shubhasiz, xalqlarimizning manfaatlariga
to`la mos keladi, mintaqamizda barqarorlik va tinchlikni mustahkamlashga yordam
beradi. Markaziy Osiyo davlatlari, garchi ijtimoiy-siyosiy, etnik va madaniy jihatdan
xilma - xil bo`lsa-da, birgalikda kuch - g`ayrat sarflab, xavfsizlikka tashqaridan
tug`ilayotgan tahdidlarga qarshi turish uchun, butun mintaqani barqaror rivojlantirish
uchun qulay muhitni yaratadi, amalda bu mintaqani xavfsizlik va barqarorlik
mintaqasi sifatida shakllantiradi. Shu tariqa bu mintaqa davlatlari butun dunyo
ko`lamida tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga munosib hissa qo`shadi.
Aytish mumkinki, tarixni mojarolar va adovat emas, balki xalqlar o`rtasidagi
hamkorlik va ishonch olg`a harakatlantiradi degan genial fikr ilgari suriladi.
Xulosa tariqasida quyidagi fikrlarni ilgari surish mumkin:
Birinchidan, I.Karimovning ―O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka
tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari asari‖ da esa yangi ming
arafasida insoniyatni kutayotgan keng qamrovli global muammolarni ilgari surilishi,
tahlil etilishi, ularni oldini olish mexanizmlarini ishlab chiqish, ularni bartaraf etish
borasidagi vazifalarning yoritilishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi. Klassik
geosiyosatning vakillari asarlarida esa muayyan mintaqaning manfaatlari oldingi
o`ringa surilgan.
Ikkinchidan, biz yashayotgan mintaqaning geostrategik, geosiyosiy manfaatlari
nuqtai nazaridan har bir masalaning yechimiga e‘tibor qaratiladi.
Uchinchidan, tarixni mojarolar va adovat emas, balki xalqlar o`rtasidagi
hamkorlik va ishonch olg`a harakatlantirishiga alohida urg`u berilgan, va bu
hamkorlikni ta‘minlashdagi vazifalar, uning istiqbollari keng yoritilgan.
To`rtinchidan, hozirgi dunyoda xavfsizlik va barqarorlik faqat harbiy-siyosiy
jihatlarnigina nazarda tutib qolmaydi. Iqtisodiy, ekologik, madaniy, ma‘naviy,
axborot havfsizligi jabhalari ham juda muhim bo`lib, xoh mintaqa bo`lsin, xoh butun
sayyoramiz bo`lsin bizning tinch, gullab-yashnayotgan umumiy uyimiz ana shulardan
tashkil topadi.