Markaziy (o‘rta) Evropa - Rossiya bilan Evropaning Atlantika qirg‘oqlari o‘rtasida hududiy makon. Odatda ko‘pincha Germaniyaning ta’siri ostidagi zona deb qaraladi.
Meridianal bosqinilik (SHimol-janub o‘qi bo‘ylab bosqinchilik) – meridian bo‘ylab (harbiy, strategik, madaniy va iqtisodiy) ta’sir doirasini kengaytirish va kenglik bo‘ylab bosqinchilikni amalga oshirish; davlat strategik va hududiy barqarorligining ifodasi.
Meridianal integratsiya (shimol-janub o‘qi bo‘ylab integratsiya) – alohida hududiy bo‘laklarning meridian bo‘ylab yagona butunlikka birlashishi. SHimoliy va markaziy hududlarni nazorat ostida saqlangan taqdirda ijobiy xarakterda bo‘lishi mumkin. Agar strategik poytaxtga nisbatan moyillik zaif yoki umuman shubhali bo‘lsa salbiy xarakterga ega.
Milliy-davlat – yaqqol markazchilikka asoslangan sovet davlati. Davlat shakllari etnos va uning madaniyatini yuzaga keltiruvchi siyosiy tuzilma. Etnik tuzilma va Imperiyadan farq qiladi.
Minimal(kichik) geosiyosat – haqiqiy geosiyosatdan asosiy geosiyosiy dualizmni ifoda etgan qoidadan tashqari ba’zi atama va uslublarni o‘zlashtiruvchi amaliy geosiyosiy fanlardan biri.
Mondializm— fransuz tilidagi monde, ya’ni «dunyo» (ya’ni «peace» emas, balki «world» ma’nosida,) so‘zidan olingan. Barcha davlatlar va xalqlar diniy, irqiy, etnik, milliy va madaniy xususiyatlarini yo‘q qilgan holda YAgona dunyo hukumati ostida sayyora miqyosida qo‘shilib ketishini nazarda tutuvchi o‘ziga xos mafkura. Mondializmning “o‘ng» va “so‘l” yo‘nalishlari mavjud. «o‘ng» mondializm atlantizmning globallashuvini, “so‘l” mondializm esa Evroosiyoni ham (u yoki bu asosga binoan) YAgona davlatga qo‘shish zarurligini ilgari surishadi.
Moskva - Evroosiyoning tabiiy strategik poytaxti bo‘lib, u har qanday qit’aviyintegratsiyalar o‘qining poydevori hisoblanadi. Evroosiyo atamasiga qarang.
Neoatlantizm -atlantizmning zamonaviy talqini bo‘lib, mondializmni (hatto o‘ng talqinini ham) rad qilgan holda, mondializm loyihasi zamonaviy sharoitda barvaqt va bajarilmaydigan g‘oya ekanligini ilgari suradi. Er yuzida YAgona dunyo o‘rnatilishini inkor etgan holda tamaddunlarning to‘qnashuvi ro‘y berishini ta’kidlashadi.
Nomos— Karl SHmit tomonidan olg‘a surilgan atama bo‘lib, u ixtiyoriy muhitni (geografik, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, madaniy va boshqalar) tashkil etishning asosiy tamoyilini anglatadi. “Tartib-intizom”, “qonun”, “tartib» yoki «unsur» tushunchalariga sinonim. Quruqlik Nomositellurokratiya. Suv (yoki Dengiz) Nomosi talassokratiya.