Andijon davlat pedagogika instituti


Mavzu. YANGI MING YILLIKDA MARKAZIY OSIYODA XAVFSIZLIKNI TA`MINLASH VAZIFALARI



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə53/121
tarix07.06.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#126335
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   121
757575 МАЖМУА ГЕОСИЁСАТ 2022

15. Mavzu. YANGI MING YILLIKDA MARKAZIY OSIYODA XAVFSIZLIKNI TA`MINLASH VAZIFALARI.
Reja:

  1. Markaziy Osiyo davlatlariga xavf solayotgan asosiy tahdidlar.

  2. Markaziy Osiyo ekologik vaziyatning namoyon bo`lish xususiyatlari.

  3. O`zbekistonda milliy siyosatning asosiy tamoyillari.

Markaziy Osiyoning qaytadan vujudga kelishi insoniyat oxirgi o‘n-o‘n besh yil mobaynida boshdan kechirgan ko‘plab dramatik o‘zgarishlar va keskin burilishlar orasida, shubhasiz, eng muhimlari qatoriga kiradi. Mintaqa asriy siyosiy yo‘qlikdan qaytdi va yana bir bor xalqaro hayotning muhim tarkibiy qismi sifatida namoyon bo‘ldi. Boz ustiga, u bugungi kunda jahon hamjamiyatining diqqat markazida turibdi.


«Markaziy Osiyo» atamasi birinchi marta taniqli nemis olimi, geograf Aleksandr fon Gumboldt tomonidan 1843 yili Parijda nashr etilgan uch jildli «Markaziy Osiyo. Tog‘ tizmalarini tadqiq qilish va iqlimlarni taqqoslash» asarida qo‘llanilgan edi. Unda olim ichki sug‘orish sistemasini va tog‘ tizmalarini o‘rganib, Markaziy Osiyoni alohida, o‘ziga xos mintaqa sifatida ajratdi41.
SHundan so‘ng «Markaziy Osiyo» tushunchasi uzoq vaqt mobaynida, to so‘nggi davrgacha geosiyosiy tushuncha sifatida emas, balki asosan tarixiy yoki geografik atama sifatida qo‘llanilib kelindi. Boz ustiga, mintaqaning chegaralari ham, uning tarkibi ham aniq emas edi. Hatto uning nomi ham turli tarixiy davrlarda va xalqlarda har xil atalgan. Tarixan olganda, geografik omillar asosiy mezon bo‘lib xizmat qilgan. YUnonlar va rimliklar uni «Transaksoniya» – Oxus daryosi (Amudaryo) ortidagi er deb, xitoylar «G‘arbiy o‘lka» deb, arablar – «Movarounnahr» yoki ikki daryo oralig‘i deb ataganlar. Eron «Turon»dan ajratilgan. Ba’zan mintaqa etnolingvistik asosda «Turkiston» deb atalgan. Ba’zan esa, u «Ichki Osiyo» (Inner Asia) deb kengaytirilgan tarzda talqin qilingan va unga Mo‘g‘uliston, G‘arbiy Xitoy, SHimoliy Hindiston, Pokiston va Rossiya Sibirining janubiy qismi kiritilgan. Har qalay, YUNESKO tomonidan nashr etilgan «Markaziy Osiyo sivilizatsiyalari tarixi» kitobida mintaqa xuddi shunday ko‘rinishga ega.42 Ba’zan aksincha, sobiq SSRIda bo‘lganidek, mintaqa doirasi atigi to‘rt respublika – Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistonni o‘z ichiga olgan «O‘rta Osiyo» tushunchasiga qadar toraytirildi.
Ammo Markaziy Osiyo chegaralari har xil belgilanganligi va u har xil nomlar bilan atalganligiga qaramay, barcha tadqiqotchilar bir narsada yakdil edilar – mintaqa jahon taraqqiyotida tarixan juda muhim rol o‘ynab kelgan.
Arnold Toynbi o‘zining monumental «Tarixni anglash» asarida Oks – YAksart havzasi (ya’ni Amudaryo va Sirdaryo oralig‘i), YAqin SHarq kabi, er yuzidagi barcha muhim yo‘llar kesishadigan joy ekanligini, tabiiy shart-sharoitlar bu joylar xalqaro chorrahaga aylanishiga imkoniyat yaratganligini qayd etadi.43 SHuning uchun ham jahonning barcha asosiy dinlari yoki shu erda vujudga kelgan, yoki qudratli rivoj topgan, deb ta’kidlaydi Toynbi.
XXI asr bo‘sag‘asida yuz bergan geosiyosiy o‘zgarishlar kuchlarning xalqaro balansida va sivilizatsiyalar o‘rtasidagi aloqalarda Markaziy Osiyo muhim rol o‘ynashini yana bir karra tasdiqladi. O‘zbekiston Prezidenti I.A.Karimov, mintaqaning hozirgi zamon geosiyosiy sharoitdagi ahamiyati haqida gapirar ekan, ushbu ahamiyat shunchalik sezilarli va kattaki, “bu respublikalarda yuz berayotgan hodisalar jahondagi eng yirik davlatlar turli jo‘g‘rofiy-siyosiy tuzilmalarning manfatlariga bevosita daxldordir”,44 deb ta’kidlaydi. Mintaqada mutlaqo yangi geostrategik vaziyat yuzaga keldi. O‘tgan asr mezonlari, ta’riflari va siyosiy xaritalari bugungi Markaziy Osiyoni tushunish va uning muammolarini anglash uchun to‘g‘ri kelmay qoldi. Mintaqaga yangicha, yanada kengroq yondashuvsiz u duch kelgan jiddiy muammolarning to‘g‘ri echimini topish mumkin emas.
Mintaqani madaniy, etnolingvistik, geosiyosiy va geoiqtisodiy tendensiyalar, shuningdek xavfsizlik muammolari majmui nuqtai nazaridan anglash, muqarrar tarzda Markaziy Osiyo faqatgina sobiq SSRIning besh respublikasidan iborat emas, degan xulosaga olib keladi. Afg‘oniston hamda Xitoyning g‘arbiy hududlari ham uzviy ravishda mintaqaning tarkibiy qismlaridir.
Bugungi kunda mazkur mintaqani faqat geografiya, iqlim, umumiy tarixiy va sivilizatsion ildizlargina birlashtirmaydi. Mintaqa mamlakatlari qarshi turgan xavf-xatarlar va muammolar ham umumiydir. Ularning kelib chiqishi va xususiyati Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlari aynan shu kompozitsiyada birga ish olib borishini va hamkorlikni institutsiyaviylashtirishni taqozo etadi. Bundan mintaqadagi bir davlatning chetda turishi ham barcha harakatlarni yo‘qqa chiqarishi mumkin. Xuddi shuningdek, ko‘rsatilgan etti mamlakat yaqin, institutsiyaviylashtirilgan hamkorlik qilgan taqdirdagina mintaqaning strategik imtiyoz va afzalliklaridan to‘laqonli va keng qamrovli ravishda foydalanish uchun imkoniyat yaratishi mumkin.
Uinston CHerchill yosh siyosatchiga shunday maslahat bergan edi: «Tarixni o‘rganing. Unda Siz kelajakning barcha savollariga javob topasiz».
Darhaqiqat, Markaziy Osiyoning boy, ko‘p jihatdan o‘ziga xos tarixini o‘rganish mintaqada hozir ro‘y berayotgan murakkab jarayonlarni tushunib etishga va uning kelajagiga nazar tashlashga yordam beradi.
Markaziy Osiyo tarixan Evrosiyoning to‘rt yirik tuzilmasi bilan doim yaqin aloqada bo‘lib kelgan. Bu aloqa barcha zamonlarda strategik xususiyatga ega bo‘lgan. U shu darajada uzviy bo‘lganki, muayyan davrlarda Markaziy Osiyodagi voqealar mazkur mintaqalar tarixiy taraqqiyoti yo‘llarining mazmuni va xususiyatiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatgan, ularning tarixidagi keskin burilishlarni belgilab bergan. Bu ta’sir, shubhasiz, ikki tomonlama bo‘lgan. Ko‘pincha Markaziy Osiyoning rivojlanishi ham qo‘shni sivilizatsiyalarning ta’siri bilan belgilangan. «Oks – YAksart havzasi taxminan miloddan avvalgi VIII asrdan boshlab Eron, Evrosiyo-nomad, Qadimgi Suriya, Ind, ellinistik, Qadimgi Xitoy va rus sivilizatsiyalari o‘rtasidagi son-sanoqsiz to‘qnashuvlar maydoni bo‘lgan», deb ta’kidlaydi Toynbi.45
Bu erda quyidagi to‘rt tuzilma to‘g‘risida so‘z yuritilmoqda.

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin