4. Rus, XVII asrdan – Rossiya. Rossiya bilan Markaziy Osiyo o‘rtasidagi munosabatlar, tabiiyki, general CHernyaevning yurishlaridan boshlanmagan. Ular o‘rtasida joylashgan Buyuk CHo‘l ajratuvchi zona emas, balki juda qizg‘in, mushtarak siyosiy, harbiy, migratsion va boshqa jarayonlar ro‘y bergan hudud bo‘lgan. Ikkala taraf davlatchiligining xususiyati kuchli o‘zaro ta’sir ostida shakllangan.
Mintaqani jahon bozorlari bilan bog‘lovchi bosh temir yo‘l magistrali aynan shu shimoli-g‘arbiy yo‘nalishda joylashganligi Markaziy Osiyoning rivojlanishiga strategik ta’sir ko‘rsatgan va ko‘rsatishda davom etmoqda.
Tarix Markaziy Osiyo ravnaq topgan va gullab-yashnagan davr u boshqa mintaqalar bilan qizg‘in aloqalar qilgan yillarga to‘g‘ri kelishidan dalolat beradi. O‘zaro aloqalar muayyan sabablarga ko‘ra susaygan davrlarda esa, aksincha, mintaqa rivojlanishda orqada qolgan, bu erda jaholat, o‘zaro urushlar va, buning natijasi o‘laroq, qashshoqlik va qoloqlik hukm surgan. Faol tovar ayirboshlash, tajriba, g‘oyalar, fan va texnika yutuqlarini almashishga intilishgina Markaziy Osiyo xalqlarining jadal rivojlanishini ta’minlagan. Mashhur olim, akademik V.Bartold o‘zining «Turkiston tarixi» asarida ta’kidlab o‘tganidek, mintaqa kelajagi «jahon savdosida u qanday mavqega ega bo‘lishi bilan belgilanadi», bu esa, o‘z navbatida, to‘liq transport kommunikatsiyalari tarmog‘ining rivojlanishiga bog‘liq.46 Markaziy Osiyo mintaqasiga nisbatan eng keskin tahdidlar sifatida quyidagilar e`tirof etilishi mumkin:
Mintaqaviy mojarolar, ularning asosiy mazmuni etnik millatchilik, harbiy va diniy ayirmachilik. Ushbu mojarolar ayrim davlatlar qo’lida o’z manfaatlarini himoyalash va ta`sir ko’rsatish hamda mintaqalarni qo’ldan chiqarmaslik yoki strategik kuchlarni o’z foydasi uchun qaratish kuchli quroliga aylandi.
O’zbekistonning geosiyosiy jihatdan Evroosiyo qit`asidagi qudratli davlatlar o’rtasida joylashganligi.
Terrorizm, narkobiznes va noqonuniy qurollar savdosi.
YAdro quroli muammosi, ushbu qurolga Hindiston va Pokiston ega, ammo ular o’rtasida juda ham keskin vaziyat saqlanmoqda, ushbu vaziyat davlatlar o’rtasida urushga aylanishi mumkin;
Ekologik havfsizlik.
Markaziy Osiyo mintaqasida mustahkam tinchlikni o’rnatish, xavfsizlik va barqarorlikni ta`minlash strategiyasi, dastavval, mintaqada barqarorlikni ta`minlash, hamda O’zbekiston va butun mintaqa havfsizlikni yangi modellarni ishlab chiqish maqsadlar va vazifalar bilan aniqlanadi.