Andijon davlat pedagogika instituti


Iqtisodiy-geografik tafovutlari



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə52/121
tarix07.06.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#126335
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   121
757575 МАЖМУА ГЕОСИЁСАТ 2022

Iqtisodiy-geografik tafovutlari. Aholisining zichligi va xo'jaligining rivojlanish darajasi jihatidan Yaponiyaning boshqa qismlari orasida Xonsyu orolining markaziy qismi alohida ajralib turadi. Yaponiyadagi eng baland (shu jumladan, yaponlar iftixori - balandligi 3776 m bo'lgan Fudziyama vulkani) va mamlakatdagi eng yirik pasttekisliklar ham shu yerdadir. Xonsyu sohilidagi pasttekisliklar bir zamonlarda Yaponiya dehqonchilik madaniyatining qadimgi markazi bo'lgan, keyinchalik bu yerda dastlabki shaharlar paydo bo'lgan. Urbanizasiyalashgan sohil bo'ylari (Yaponiya megalapolisi) Yaponiyaning sanoati eng rivojlangan qismidir. Shu bilan birga Markaziy Xonsyuda intensiv va xilma-xil qishloq xo'jaligi keng rivojlangan. Bu yerda sholi, tog' yon bag'irlarida choy, tamaki yetishtiriladi. Shahar atrofi xo'jaligi yaxshi rivojlangan. Qoramollar va cho'chqalarning ko'pchiligi ham shu yerda to'plangan.
Yaponiya poytaxti - Tokio dunyodagi eng yirik shaharlardan biri, eng muhim sanoat, transport, savdo va madaniyat markazidir. Uning sanoat korxonalari orasida har xil mashinasozlik zavodlari (ayniqsa, avtomobillar, sanoat asbob-uskunalari, elektron mashinalar va apparatlar ishlab chiqaradigan zavodlar), neft kimyosi kombinatlari, shuningdek, poligrafiya, to'qimachilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari ko'p. Tokioda ko'pgina yirik ilmiy-tadqiqot institutlari, oliy o'quv yurtlari, muzeylar va teatrlar bor. Shaharning tashqi qiyofasida Yevropa va Yaponiya arxitekturasining qo'shilib ketgan shakli aks etadi. Markaziy rayonlari Yevropadagi yirik markazlarni eslatadi, ishchi kvartallari qishloqlarga o'xshaydi. Tokiodan Tokio qo'ltig'i sohili bo'ylab shaharlar bir-biriga tutashib ketgan. Ularda metallurgiya, mashinasozlik va neft kimyosi korxonalari bor. Qo'ltiqdan chikaverishda bu sanoatlashgan hududning ikkinchi eng yirik markazi millioner shahar Tokioning avanporti - Iokogama joylashgan bo'lib, u dengiz kanali orqali poytaxt bilan ko'shilgan. Bu shaharda mamlakatning eng yirik kemasozlik korxonalaridan biri, ko'plab po'lat eritadigan va neft kimyosi kombinatlari, ko'p metall ishlatadigan mashinasozlik zavodlari bor. Urush yillarida shahar Amerika aviasiyasining hujumidan katta zarar ko'rdi, keyinchalik butun-butun kvartallar yangidan qurildi va yevropacha tus oldi.
Tokio aglomerasiyasidan g'arbda Ise ko'ltig'i sohilida ko'pdan-ko'p yo'ldosh shaharlar va keng shahar atrofi bilan birga Nagoya shahri joylashgan. Bu yirik metallurgiya-mashinasozlik va kimyo kompleksida har qaysi yo'ldosh shahar o'zining tor ixtisosiga ega: ba'zilari avtomobillar, boshqalari kimyoviy tolalar, ayrimilari murakkab stanoklar ishlab chiqaradi va xokazo. Aglomerasiyaning markazi - Nagoyada turli-tuman sanoat tarmoqlariga qarashli korxonalar bor.
Yaponiya megalopolisining janubiy-g'arbiy chekkasida uchta markaz: Osaka, Kobe va Yaponiyaning ilgarigi poytaxti Kioto atrofida tarkib topgan polisentrik shahar aglomerasiyasi joylashgan. Osaka mamlakatning eng katta shaharlaridan biri bo'lib, o'zining ip-gazlamalar va to'qimachilik mashinalari ishlab chiqarishdan iborat eski ixtisosini qisman saqlab qolmoqda. Biroq bu shaharda turli xil mashinasozlikning eng yangi tarmoqlari, xususan elektron va yirik kimyo korxonalari katta ahamiyat kasb etadi. Kobe - qora metallurgiya va kemasozlik shahri. Uning mashinasozlik zavodlari kemalar uchun zarur bo'lgan hamma jihozlarni ishlab chiqaradi. Kiotoda mashinasozlik bilan bir qatorda milliy yarim kustar korxonalari - chinni idishlar, uyinchoqlar va yog'och buyumlar yasaydigan korxonalar saqlanib qolgan. Janubiy Xonsyu bilan Shimoliy Kyusyu xo'jaligining tipi va sanoatning joylashuvi jihatidan Markaziy Xonsyuga o'xshaydi, biroq iqtisodiy taraqqiyoti darajasi pastroq. Rayondagi eng yirik shahar aglomerasiyasi Kyusyu orolining shimolida millioner shahar Kitakyusyu (Shimoliy Kyusyu) atrofida joylashgan. Bu sanoat uzelidagi qora metallurgiya va ko'p metall ishlatadigan og'ir mashinasozlik yetakchi o'rin tutadi. Janubiy Kyusyu va Sikoku orollari Shimoliy Xonsyu bilan Xokkaydo kabi kam rivojlangan hududlardir. Ularda qishloq xo'jaligi ustun turadi, sanoat korxonalari ayrim shaharlardagina bor. Ishlab chiqilgan loyihaga ko'ra, Xokkaydo orolida mahalliy ko'mir va ruda resurslari hamda chetdan keltiriladigan xom ashyo asosida yangi sanoat rayoni barpo etiladi. Xokkadote(Xokkaydo oroli) va Nagasaki (Kyusyu oroli) mamlakatning eng yirik baliq sanoati markazlaridir.
Munosabatlar uzoq yillik tarixiy ildizlarga ega. Ular eng asosiy karvon yo'li Markaziy Osiyo davlatlari orqali uzoq Sharqdan Yevropaga o'tgan «Buyuk ipak yo'li» davriga borib taqaladi. Bugungi kunda Yaponiya iqtisodiy taraqqiyoti jihatidan jahonda ikkinchi o'rinda turadigan mamlakatdir. Jahon yalpi milliy mahsulotining 14%i uning hissasiga to'g'ri keladi. O'tgan asrning 80-yillar o'rtalaridan boshlab bu mamlakat jahonda qarz beradigan eng yirik davlatga aylandi. Islom Karimovning 1994 yil may oyida Yaponiyaga tashrifi amaliy hamkorlik aloqalari taraqqiyotiga yangi turtki bo'ldi. O'tgan bir yil ichida mamlakatlarimiz o'rtasida tovar ayriboshlash hajmi sezilarli darajada o'sib, qiymati qariyib 29 million AQSH dollarini tashkil etdi. Shunisi diqqatga sazovorki O'zbekiston Yaponiyaga eksport qilayotgan mahsulotlar hajmi 1994 yildagiga qaraganda 2 barobar o'sdi. Ayni paytda ikki mamlakat mutaxassislari savdo-iqtisodiy hamkorlik to'g'risidagi, sarmoyalarni o'zaro rag'batlantirish va himoyalash to'g'risidagi, shuningdek, ikki yoqlama soliq olmaslik to'g'risidagi bitimlarning loyihalarini tayyorlamoqdalar. Bu hujjatlar O'zbekiston bilan Yaponiya o'rtasidagi hamkorlik aloqalarining rivojlanishi uchun keng istiqbollar ochadi. Respublikamiz mustaqil bo'lgach, O'zbekistonga Yaponiya hukumati va ishbilarmon doiralari vakillaridan iborat ko'plab delegasiyalar tashrif buyurdi. Ularning asosiy maqsadi mamlakatimizdagi sarmoyaviy iqlim va yurtimizning iqtisodiy imkoniyatlari bilan tanishishdan iborat edi. O'zbekiston - Yaponiya iqtisodiy hamkorlik qo'mitasi va Yaponiya - O'zbekiston iqtisodiy qo'mitasi o'zaro hamkorlik taraqqiyotiga munosib hissa qo'shmoqda. Yaponiya - O'zbekiston iqtisodiy qo'mitasiga -Misui va Ko LTD- kompaniyasi prezidenti janob N. Kumagai rahbarlik qilmoqda. Ikki tomonlama iqtisodiy aloqalar taraqqiyotini muvofiqlashtirishga u katta ahamiyat berayotir.
Yaponiya hukumati mamlakat eksport-banki orqali Ko'kdumalok neft-gaz kondensati konini o'zlashtirish uchun 10,5 milliard iyen (qariyib 85 million dollar) hajmda mablag' ajratishga qaror qildi. Bu loyiha Yaponiyaning «M. YU. Kellog» firmasi tomonidan amalga oshiriladi. Bundan tashqari Yaponiya bilan Buxorodagi neftni qayta ishlash zavodi qurilishi va Farg'ona neftni qayta ishlash zavodini ta'mirlash borasida hamkorlik qilish yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda. O'zaro hamkorlik sohasida Yaponiyaning - Taraqqiyotiga rasmiy yordam- (TRYO) dasturi muhim o'rin tutadi. Ana shu dastur asosida Yaponiya va O'zbekiston mutaxassislari Orol hududidagi shaharlarni ichimlik suvi bilan ta'minlash va Sharqiy Bukantov (Qizilqum) volfram konini qazish loyihalari uchun texnik-iqtisodiy asoslarni tayyorlash ustida ishlamoqdalar. Ayni paytda Yaponiya hukumati tomonidan telealoqa tarmoqlarini ta'mirlash loyihasini amalga oshirish uchun 12,7 milliard iyen (140 million dollardan ziyod) hajmda imtiyozli kredit ajratish masalasi ko'rib chiqilmoqda. Bundan tashqari Toshkentda vagonlarni ta'mirlaydigan zavod kurilishi uchun imtiyozli kredit ajratish uchun tadqiqotlar o'tkazilmoqda. Yaponiya O'zbekistonga beg'araz yordam sifatida Toshkent tibbiyot-pediatriya instituti va Toshkent ilmiy-tadqiqot pediatriya instituti klinikalarini tibbiy uskunalar bilan jihozlash maqsadlari uchun 650 million iyen, shiningdek, xorijdan keltirilayotgan mahsulotlarni sotib olish uchun 900 million iyen miqdorda mablag' ajratdi.
1994 yilning dekabr oyida O'zbekiston Respublikasi madaniyat ishlari vazirligi bilan mamlakatimizdagi Yaponiya elchixonasi o'rtasidagi Alisher Navoiy nomidagi teatrni zarur uskunalar bilan jihozlash uchun 500 ming AQSH dollari miqdorida beg'araz yordam ajratish xususida almashuv hujjatlarini imzolash marosimi bo'lub o'tdi. O'zbekiston iqtisodiyotining turli sohalari uchun kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashga ham katta e'tibor berilmoqda. O'tgan muddat ichida reyespublikamizning 40 nafardan ziyod vakili Yaponiyada malaka oshirib va yapon mutaxassislarining eng so'nggi yutuqlari bilan tanishib qaytdi.
«Taraqqiyotga rasmiy yordam» dasturidan tashqari Yaponiya hukumati O'zbekistonga 5 million AQSH dollari miqdorida insonparvarlik yordami ko'rsatishga qaror qildi. Yaponiyaning yirik kompaniyalari bilan hamkorlikda to'qimachilik, tog'-kon sanoati va boshqa sohalar bo'yicha qo'shma loyihalar ishlab chiqilmoqda. Respublikamizda dunyoning yirik firmalariga aylangan «Misui va Ko LTD», «Misubisi korporeyshn», «Marubeni korporeyshn», «Summimoto korporeyshn», «Tomen korporeyshn», «Toyota sui korporeyshn», «Chori» va «Ay-ti es japan LTD» kabi kompaniyalarning doimiy vakolatxonalari faoliyat ko'rsatmoqda. O'zbekiston tashqi aloqalar vazirligi bilan «Misui va ko LTD», «Misubisi Korporeyshn», «Marubeni Korporeyshn», «Nisse Ivai Korporeyshn» va «Summimoto Korporeyshn» kompaniyalari o'rtasida o'zaro hamkorlik to'g'risidagi shartnomalar imzolangan. O'zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki jahonga mashxur «Bank of Tokio» va «Sakura Bank» bilan samarali hamkorlik qilmoqda. O'zbekistonning talay shaharlarida "Soni" "Xitachi", "Panosonik" va boshqa yapon firmalarini savdo do'konlari ochilgan. "Misubisi Korporeyshn" kompaniyasi direktorlari kengashining raisi S.Moroxasining, Tashqi iqtisodiy hamkorlik jamg'armasi (hukumat agentligi) Prezidenti A. Nishigakining "Misui va ko LTD" kompaniyasi prezidenti Naoxiko Kumagai boshchiligidagi Yaponiya-O'zbekiston iqtisodiy hamkorlik qo'mitasi delegasiyasining O'zbekistonga bo'lajak tashriflari Yaponiyaning O'zbekiston bilan uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini o'rnatishga intilayotganidan dalolat beradi. Yaponiya ham, O'zbekiston ham Sharq mamlakatlaridir: O'zbekistonning Yaponiya va boshqa Osiyo mamlakatlari qatoridan munosib o'rin olishiga shubha yuk. Sharq daraxtining bir shoxi bo'lgan O'zbekiston tanasida yangi, jo'shqin, kelajakka ishonch uyg'otuvchi hayotbaxsh sharbat oqmoqda.
2002 yili O’zbekiston prezidenti I.A.Karimovning YAponiyaga ikkinchi tashrifi davomida ikki tomonlama strategik sheriklik va hamkorlik, do’stlik to’g’risidagi Qo’shma bayonot imzolandi. 2003 yilda O’zbekiston va YAponiya o’rtasida sobiq SHo’rolar Ittifoqi hududida dastlabki havoaxboroti to’g’risidagi hukumatlararo bitim imzolandi. 2004 yilning avgustida mamlakatimizga YAponiya Tashqi ishlar vaziri Y.Kavaguchi tashrif buyurdi va I.A.Karimov qabulida bo’ldi. Tokio O’zbekistondagi demokratik va iqtisodiy islohotlarni ijobiy baholash va qo’llab quvvatlash bilan birga ularning amalgaoshirilishi uchun moliyaviy yordam ham ko’rsatmoqda.
YAponiya Markaziy Osiyo davlatlarining mustaqil rivojlanishi va ijtimoiy-siyosiy barqarorligidan manfaatdor. SHu maqsadda YAponiya 2004 yil 28 avgustda Tashqi ishlar vazirliklari darajasidagi ilk muloqot - “MO + YAponiya” tashabbusi bilan chiqdi.
O’zbekiston va YAponiya BMT va boshqaxalqaro Tashkilotlar doirasida faol hamkorlik qilmoqda. O’zbekiston YAponiyaning BMT Xavfsizlik Kengashiga doimiy a`zo bo’lish yo’lidagi harakatlarini qo’llab quvvatlamoqda.
Savdo-iqtisodiy va moliyaviy-investitsion hamkorlik. 2004 yili ikki davlat o’rtasidagi tashqi savdoaylanmasi 101,8 mln. AQSH dollari miqdorida bo’lib, uning 21,8 mln.i YAponiyaga eksport va 80 mln.i YAponiyadan importni Tashkil etdi. O’zbekistonga YAponiya tomonidan taqdim qilingan moliyaviy ko’makning umumiy hajmi 1,885 mlrd. AQSH dollariga teng bo’ldi. Ulardan Rivojlanishga Rasmiy YOrdam dasturi bo’yicha 871 mln. AQSH dollari, gumanitar va beg’araz yordam 147 mln. AQSH dollarini, texnik yordam 47 mln. AQSH dollarini Tashkil etdi. Xalqaro hamkorlik bo’yicha YAponiya bankining (DJEYBIK) savdo kreditlari 820 mln. AQSH dollarigaetdi. Rivojlanishga Rasmiy YOrdam doirasida YAponiya hukumati tomonidan Toshguzar-Boysun-Qumqo’rg’on loyihasi uchun 150 mln. AQSH dollari atrofida imtiyozli kredit ajratildi. O’zbekistonda 22 ta YAponiya kompaniyasining vakolatxonalari faoliyat ko’rsatib kelmoqda. 8 ta qo’shma korxona va 3 ta 100% yapon sarmoyasi asosida faoliyat ko’rsatuvchi korxona ro’yxatgaolingan.
Institutsional hamkorlik. 1994 yilda YAponiyada “YAponiya-O’zbekiston” do’stlik parlament ligasi (raisi mustaqil deputut – K. Vatanabe) Tashkil etilgan. 1999-2001 yillarda Toshkentda YAponiya xalqaro hamkorlik Agentligi (JISA) va Tashqi savdo bo’yicha YAponiya Tashkiloti (JETRO) vakolatxonalari hamda beg’araz va texnik yordamlarni amalgaoshiradigan O’zbek-YApon markazi ochildi. 2002 yilda hukmron YAponiya Liberal Demokratik Partiyasining taniqli deputatlari tashabbusi bilan YALDP – O’zbekiston do’stlik parlament ligasi tuzildi.
2003 yili O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov tashabbusi bilan O’zbekistonda YAponiya bilan hamkorlik bo’yicha qo’mita Tashkil qilindi. 2004 yilning mayidan esaOsaka shahrida YAponiya fuqarosi - mashhur biznesmen, “CHori” kompaniyasi boshqaruvi raisi X.Nakamura rahbarligida O’zbekiston Respublikasining Faxriy bosh Konsulligi faoliyat ko’rsata boshladi. 2001 yildan boshlab Toshkent vaOsaka o’rtasida Milliy Aviakompaniyamiz aviareyslari yo’lga qo’yilgan.
Madaniy-gumanitar hamkorlik. Ikki mamlakatning arxeolog olimlari uzoq yillardan buyon samarali faoliyat yuritib kelishmoqda. Asosan O’zbekistonning janubidagi budda madaniyati yodgorliklarini ochish bo’yicha katta ishlar amalgaoshirilmoqda. Ushbu ishlarda faol ishtirok etgan yaponolimi K. Kato 2002 yilning may oyida davlatimizning oliy mukofoti - “Do’stlik” ordeni bilan taqdirlandi.
2002 yildamashhur rassom I. Xirayamaning moliyaviy yordami bilan Toshkentda “Madaniyat Karvonsaroyi” nomli O’zbek-YApon ilmiy-ijodiy markazi ochildi.
2002 yilda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov YAponiyaning Vaseda va Soka universitetlari Faxriy doktori unvoniga sazovor bo’ldi.
2003 yilda O’zbekiston YOzuvchilar uyushmasi raisi A. Oripov YAponiyaga O’zbekiston va YAponiya yozuvchilari o’rtasida hamkorlik o’rnatish uchun tashrif buyurdi.
2004 yilning martida Tokioning Soka Universitetida haykaltarosh R. Mirtojiev yaratgan Navoiy haykali tantanali suratdaochildi. O’sha yilning oktyabrida O’zbekistonga Tashqi Ishlar Vazirligi axborot va madaniyat byurosi bosh direktori rahbarligidagi madaniyat missiyasi tashrif buyurdi. Uchrashuvda YAponiya delegatsiyasi “TSivilizatsiya muloqoti”ni o’tkazish tashabbusi bilan chiqdi. Har yili O’zbekistonda YAponiya madaniyati kunlari bo’lib o’tmoqda.



Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin