Til tizimida so‘zlarni turkumlarga ajratish So‘zlarning leksik-grammatik ma’nosi deganda ularning anglatadigan ma’nolari emas, balki shu so‘zlarga xos bo‘lgan umumiy ma’no-narsa yoki hodisa ma’nosi nazarda tutiladi.
Narsa yoki hodisa nomini anglatuvchi so‘zlar ot deb nom olgan so‘z turkumiga kiradi. So‘zning grammatik yoki... So‘zlarning leksik-grammatik ma’nosi deganda ularning anglatadigan ma’nolari emas, balki shu so‘zlarga xos bo‘lgan umumiy ma’no-narsa yoki hodisa ma’nosi nazarda tutiladi. Narsa yoki hodisa nomini anglatuvchi so‘zlar ot deb nom olgan so‘z turkumiga kiradi. So‘zning grammatik yoki morfologik xususiyati deganda, u yoki bu so‘zga xos bo‘lgan grammatik kategoriyalar, forma yasovchi, so‘z o‘zgartuvchi affiksal morfemalar tushuniladi
Ot so`z turkumi haqida
Ot – bu so’z turkumi bo`lib shaxs yoki predmetning gramatik ma’nosini anglatadi.Predmetning gramatik ma’nosi – bu barcha otlarga, u yoki bu qanday xususiy va muayyan leksik ma’noga ega ekanligidan qat’iy nazar,xos bo`lgan umumiy belgi. Ot – bu so’z turkumi bo`lib shaxs yoki predmetning gramatik ma’nosini anglatadi.Predmetning gramatik ma’nosi – bu barcha otlarga, u yoki bu qanday xususiy va muayyan leksik ma’noga ega ekanligidan qat’iy nazar,xos bo`lgan umumiy belgi1. Otlarda predmetning umumiy gramatik ma’nosi mavjudligi barcha otlar grammatik xossalari va hulq-atvor xususiyatlarining umumiyligini belgilaydi.Predmetning umumiy ma’nosini bildiruvchi otlar taxminan bir hil morfologik belgilarga ega bo`ladi,ya’ni taxminan bir xil shakilda , so`z yasalish xususiyatiga , shuningdek o`xshash sintaksik xossalarga ega,gapda o`xshash holda keladi1. Otning maqsadi va vazifalari Ot odatda ega va to`ldiruvchi vazifasida keladi.
Boshlang‘ich sinflarda otni o‘rganishdagi asosiy vazifalar.
2-sinfda otlarning leksik ma’nosi, atoqli va turdosh otlar haqidagi bilim chuqurlashtiriladi va sistemalashtiriladi bolalar otlarda son bilan tanishtiriladi. “Ot” tushunchasini shakllantirish uchun shu so‘z turkumiga kiradigan otlarni asosiy leksik...So‘zning lekik ma’nosi (har bir so‘z ma’no bildirishi)ga e’tibori oshiriladi, ma’nolarni hisobga olgan holda so‘zlar (qushlar, meva va sabzavotlar va hokazolarni bildirgan otlar)ni gruppalash ko‘nikmasi shakllantiriladi. ... Shunga qaramay, gramatik tushunchani shaklantirish uchun o‘quvchilar so‘zning aniq ma’nosini bilmaydilar, so‘zning leksik ma’nosini bilish bilan birgalikda uning grammatik belgilarini ham o‘zlashtirish zarur. ... 2-sinfda otlarning leksik ma’nosi, atoqli va turdosh otlar haqidagi bilim chuqurlashtiriladi va sistemalashtiriladi bolalar otlarda son bilan tanishtiriladi.
So’zning ikki xil ma’nosi mavjud. So’zning borliqdagi narsa, belgi, harakat, miqdor kabi tushunchalar haqidagi malumoti Lug’aviy ma’no deyiladi. Ot, sifat, son, fel, ravish atash manosiga ega. Lug’aviy ma’no ustiga qo’shilib, so’zning shakliy qismi orqali ifodalangan va uning ma’lum turkumga mansubligini, gapda qanday vazifa bajarishini ko’rsatuvchi ma’no so’zning gramatik ma’nosi hisoblanadi. Masalan: kitoblarim ko’p
Lug’aviy ma’nosi-harakat. Gramatik ma’nosi-fe’l
Narsaning, miqdori, sanog‘i yoki tartibini bildirib, qancha? nechta? nechanchi? so‘roqlaridan briga javob bo‘ladigan so‘zlar son deyiladi. Sonlar sifat singari belgi tasavvuri bilan aloqador bo‘lib, narsaning miqdori, sanog‘i va tartibiga ko‘ra belgisini ifodalaydi: beshta kitob, uchala talaba, birinchi kurs kabi.
Son narsaning aniq yoki noaniq miqdorini ifodalash xususiyatiga egaligiga ko‘ra tildagi ko‘p, oz, bir oz singari umumiy miqdor bildiruvchi so‘zlardan farqlanib turadi.
Sonlar quyidagi grammatik belgilarga ega:
1.Sonlar ot bilan birikkanda so‘z o‘zgartuvchi affikslar olmaydi, aksincha ularning o‘zi otning aniqlovchisi vazifasini bajaradi: O‘n sakkiz yashar yigit. birinchi o‘rinda bormoq.
2.Ba’zan son va sifat birgalikda otning aniqlovchisi vazifasini bajarishi mumkin. Bunday holda son aniqlovchi vazifasida kelgan sifatdan avval joylashadi: Beshta baland bino, uchta qora qo‘y.
3.Son gapda asosan aniqlovchi va kesim vazifasini bajaradi: Mehnat kishini uchta balodan saqlaydi: yurak siqishdan, axloqiy buzilishdan, muhtojlikdan. Bu xotinning joni bitta emas, mingta (A.Qahhor).
4.Ba’zan sonlar fe’l oldidan kelib, ravish singari hol vazifasini bajaradi: U ariqning labidagi oshrayhon bargidan uch-to‘rtta uzib keldi.
5.Sonlar boshqa so‘zlardan yasalmaydi, ya’ni son yasalish tizimiga ega emas. Biroq ba’zi sonlardan ot yoki fe’l yasalishi mumkin: uch+lik, ikki+lanmoq kabi.
6.Sonning o‘ziga qo‘shiluvchi –inchi, -ov, -ala, -ta, -tacha, -lab,-larcha affikslari shakl yasovchilar bo‘lib, sonning bir turidan boshqa turini hosil qiladi. Son otga bog‘langanda ular orasida maxsus hisob so‘zlar, ya’ni numerativlar ishlatiladi. Numerativlar kilogramm, gramm, botmon, pud, so‘m, tiyin, dona, nafar, hovuch, qarich, kilometr, qadam, gektar, soat, minut, daqiqa, soniya singari ot turkumiga mansub so‘zlardan tashkil topadi.
Sonning ma’no turlari. Sonlar ma’no jihatdan, dastlab, ikki guruhga bo‘linadi: 1) miqdor son, 2) tartib son.
Miqdor sonlar narsani sanash, donalash, taxminlash, taqsimlashga asoslangan umumiy qiymatini ifodalash uchun xizmat qiladi. Miqdor sonlar narsaning qiymatini ifodalash xususiyatiga ko‘ra uch guruhni tashkil qiladi: a) butun son narsa-buyumning miqdoriy butunligini ifodalaydi: bir kishi, uch o‘rtoq, ikkita daraxt kabi; b) kasr sonlar butun miqdorning qismini ifodalash uchun xizmat qiladi. Ular ko‘pincha bir necha sonning sintaktik usul asosida birikishdan hosil bo‘ladi: to‘rtdan bir, uchdan ikki. Shuningdek, kasr sonlar yarim, chorak, nim chorak kabi so‘zlar vositasida ham ifodalanadi; d) aralash sonlar butun va kasr sonlarning birligi asosida hosil bo‘ladi: bir yarim, ikki butun o‘ndan besh.
Miqdor sonlar ma’no jihatdan sanoq son, dona son, chama son, jamlovchi son, taqsim son kabi turlarga bo‘linadi. Ular quyidagi xususiyatlarga egaligi bilan o‘zaro farqlanadi:
1.Sanoq sonlar bir turdagi narsaning umumiy sanog‘i, sonning nomini ifodalash uchun xizmat qiladi. Masalan: bir, ikki, uch, to‘rt, besh. Sanoq sonlar numirativ so‘zlarsiz va numerativ so‘zlar bilan ishlatiladi: besh kishi, o‘n yil, uch qop un, o‘n olti tonna bug‘doy kabi.
Sanoq sonlar numerativ so‘zlarsiz yoki numerativ so‘zlar bilan qo‘llanib, ko‘plik affiksini qabul qilganda chama, taxmin ma’nosini ifodalaydi: soat beshlar bo‘ldi, oradan uch kunlar o‘tdi. Xuddi shuningdek, ma’no sanoq sonlarning juftlanishi orqali ham ifodalanishi mumkin. Masalan: Darchadan besh-olti kishishi kirib keldi.
Sanoq sonlarning ba’zi turlarigagina 3-shaxs egalik affiksi qo‘shilib, ularni otlashtirishi mumkin: Biri olim, biri muallim. Sanoq sonlar hech qanday affikssiz ham otga ko‘chishi mumkin.
Masalan: qirq, yetti, yigirma kabi aza marosimlari nomi shular jumlasidandir.
Barcha sanoq sonlar o‘rtasida bir soni alohida grammatik xususiyatga egaligi bilan ajralib turadi. Uning bunday polisemantik xususiyati quyidagilarda ko‘zga tashlanadi:
a) bir soni ot oldidan kelib, gumon, noma’lumlik ma’nosini hosil qiladi: Bugun sizni bir kishi so‘rab keldi. Bir soni miqdor bildiruvchi so‘zlar oldida kelganda ham shunday ma’nolar hosil bo‘ladi: bir talay, bir necha, bir oz, bir qadar.
b) holat ma’nosidagi fe’l, ot, sifat, ravish oldida kelib ma’noni kuchaytiradi: Mashina bir silkinib, to‘xtadi. Ertaga bir dam olmasam bo‘lmaydi.
d) uyushiq bo‘laklar yoki sodda gaplarda biriktirvuchi bog‘lovchi vazifasini bajaradi: Xursandligidan bir kuladi, bir yig‘laydi.
c) ayiruv-chegaralov yuklamasi vazifasini bajarishi mumkin: Mening ishonchim bir sensan.
f) bir soni jo‘nalish, chiqish kelishigi affiksi bilan hamda –day, affiksi bilan qo‘llanganda ravishga ko‘chadi: birga ishlamoq, birdan kirib kelmoq, birday qaramoq.
So’zning ikki xil ma’nosi mavjud. So’zning borliqdagi narsa, belgi, harakat, miqdor kabi tushunchalar haqidagi malumoti lug’aviy ma’no deyiladi. Ot, sifat, son, fel, ravish atash manosiga ega. Lug’aviy ma’no ustiga qo’shilib, so’zning shakliy qismi orqali ifodalangan va uning ma’lum turkumga mansubligini, gapda qanday vazifa bajarishini ko’rsatuvchi ma’no so’zning gramatik ma’nosi hisoblanadi. Masalan: kitoblarim ko’p Lug’aviy ma’nosi-harakat. Gramatik ma’nosi-fe’l
Narsaning, miqdori, sanog‘i yoki tartibini bildirib, qancha? nechta? nechanchi? so‘roqlaridan briga javob bo‘ladigan so‘zlar son deyiladi. Sonlar sifat singari belgi tasavvuri bilan aloqador bo‘lib, narsaning miqdori, sanog‘i va tartibiga ko‘ra belgisini ifodalaydi: beshta kitob, uchala talaba, birinchi kurs kabi.
Son narsaning aniq yoki noaniq miqdorini ifodalash xususiyatiga egaligiga ko‘ra tildagi ko‘p, oz, bir oz singari umumiy miqdor bildiruvchi so‘zlardan farqlanib turadi.
Sonlar quyidagi grammatik belgilarga ega:
1.Sonlar ot bilan birikkanda so‘z o‘zgartuvchi affikslar olmaydi, aksincha ularning o‘zi otning aniqlovchisi vazifasini bajaradi: O‘n sakkiz yashar yigit. birinchi o‘rinda bormoq.
2.Ba’zan son va sifat birgalikda otning aniqlovchisi vazifasini bajarishi mumkin. Bunday holda son aniqlovchi vazifasida kelgan sifatdan avval joylashadi: Beshta baland bino, uchta qora qo‘y.
3.Son gapda asosan aniqlovchi va kesim vazifasini bajaradi: Mehnat kishini uchta balodan saqlaydi: yurak siqishdan, axloqiy buzilishdan, muhtojlikdan. Bu xotinning joni bitta emas, mingta (A.Qahhor).
4.Ba’zan sonlar fe’l oldidan kelib, ravish singari hol vazifasini bajaradi: U ariqning labidagi oshrayhon bargidan uch-to‘rtta uzib keldi.
5.Sonlar boshqa so‘zlardan yasalmaydi, ya’ni son yasalish tizimiga ega emas. Biroq ba’zi sonlardan ot yoki fe’l yasalishi mumkin: uch+lik, ikki+lanmoq kabi.
6.Sonning o‘ziga qo‘shiluvchi –inchi, -ov, -ala, -ta, -tacha, -lab,-larcha affikslari shakl yasovchilar bo‘lib, sonning bir turidan boshqa turini hosil qiladi. Son otga bog‘langanda ular orasida maxsus hisob so‘zlar, ya’ni numerativlar ishlatiladi. Numerativlar kilogramm, gramm, botmon, pud, so‘m, tiyin, dona, nafar, hovuch, qarich, kilometr, qadam, gektar, soat, minut, daqiqa, soniya singari ot turkumiga mansub so‘zlardan tashkil topadi.
Sonning ma’no turlari. Sonlar ma’no jihatdan, dastlab, ikki guruhga bo‘linadi: 1) miqdor son, 2) tartib son.
Miqdor sonlar narsani sanash, donalash, taxminlash, taqsimlashga asoslangan umumiy qiymatini ifodalash uchun xizmat qiladi. Miqdor sonlar narsaning qiymatini ifodalash xususiyatiga ko‘ra uch guruhni tashkil qiladi: a) butun son narsa-buyumning miqdoriy butunligini ifodalaydi: bir kishi, uch o‘rtoq, ikkita daraxt kabi; b) kasr sonlar butun miqdorning qismini ifodalash uchun xizmat qiladi. Ular ko‘pincha bir necha sonning sintaktik usul asosida birikishdan hosil bo‘ladi: to‘rtdan bir, uchdan ikki. Shuningdek, kasr sonlar yarim, chorak, nim chorak kabi so‘zlar vositasida ham ifodalanadi; d) aralash sonlar butun va kasr sonlarning birligi asosida hosil bo‘ladi: bir yarim, ikki butun o‘ndan besh.
Miqdor sonlar ma’no jihatdan sanoq son, dona son, chama son, jamlovchi son, taqsim son kabi turlarga bo‘linadi. Ular quyidagi xususiyatlarga egaligi bilan o‘zaro farqlanadi:
1.Sanoq sonlar bir turdagi narsaning umumiy sanog‘i, sonning nomini ifodalash uchun xizmat qiladi. Masalan: bir, ikki, uch, to‘rt, besh. Sanoq sonlar numirativ so‘zlarsiz va numerativ so‘zlar bilan ishlatiladi: besh kishi, o‘n yil, uch qop un, o‘n olti tonna bug‘doy kabi.
Sanoq sonlar numerativ so‘zlarsiz yoki numerativ so‘zlar bilan qo‘llanib, ko‘plik affiksini qabul qilganda chama, taxmin ma’nosini ifodalaydi: soat beshlar bo‘ldi, oradan uch kunlar o‘tdi. Xuddi shuningdek, ma’no sanoq sonlarning juftlanishi orqali ham ifodalanishi mumkin. Masalan: Darchadan besh-olti kishishi kirib keldi.
Sanoq sonlarning ba’zi turlarigagina 3-shaxs egalik affiksi qo‘shilib, ularni otlashtirishi mumkin: Biri olim, biri muallim. Sanoq sonlar hech qanday affikssiz ham otga ko‘chishi mumkin.
Masalan: qirq, yetti, yigirma kabi aza marosimlari nomi shular jumlasidandir.
Barcha sanoq sonlar o‘rtasida bir soni alohida grammatik xususiyatga egaligi bilan ajralib turadi. Uning bunday polisemantik xususiyati quyidagilarda ko‘zga tashlanadi:
a) bir soni ot oldidan kelib, gumon, noma’lumlik ma’nosini hosil qiladi: Bugun sizni bir kishi so‘rab keldi. Bir soni miqdor bildiruvchi so‘zlar oldida kelganda ham shunday ma’nolar hosil bo‘ladi: bir talay, bir necha, bir oz, bir qadar.
b) holat ma’nosidagi fe’l, ot, sifat, ravish oldida kelib ma’noni kuchaytiradi: Mashina bir silkinib, to‘xtadi. Ertaga bir dam olmasam bo‘lmaydi.
d) uyushiq bo‘laklar yoki sodda gaplarda biriktirvuchi bog‘lovchi vazifasini bajaradi: Xursandligidan bir kuladi, bir yig‘laydi.
c) ayiruv-chegaralov yuklamasi vazifasini bajarishi mumkin: Mening ishonchim bir sensan.
f) bir soni jo‘nalish, chiqish kelishigi affiksi bilan hamda –day, affiksi bilan qo‘llanganda ravishga ko‘chadi: birga ishlamoq, birdan kirib kelmoq, birday qaramoq.
2.Dona sonlar bir turdagi narsani yakkalab, donalab sanaladigan umumiy miqdorini anglatadi va sanoq songa –ta affiksini qo‘shish orqali shakllanadi: beshta, o‘nta, ikkita. Biroq, -ta affiksi bir soniga qo‘shilganda r undoshi t tovushiga o‘zgaradi: bir+ta= bitta.
Dona son hosil qiluvchi –ta affiksi numerativ so‘z o‘rnida ishlatiluvchi vosita sifatida ham muhim ahamiyatga ega bo‘ladi: Beshta qalam-besh dona qalam, to‘rtta talaba-to‘rt nafar talaba, yuzta qoramol-yuz bosh qoramol.
Ba’zan dona sonlar fe’l oldidan kelib, hol vazifasini bajaradi: Uning bitta gapirib, o‘nta kuladigan odati bor.
Boshqa miqdor sonlardan farqli ravishda, dona son hosil qiluvchi –ta affiksidan keyin ko‘plik ifodalovchi –lar affiksi hamda kelishik qo‘shimchalari qo‘shilmaydi. dona sonlar 1,2-shaxs birlikdagi egalik affiksi bilan ham deyarli qo‘llanmaydi. Faqat 3-shaxs egalik affiksini qabul qilib, otlashishi mumkin. Bunday holda dona sonlar turli kelishik affikslarini qabul qilishi va ot singari vazifalar bajarishi mumkin.
Masalan: Birniki mingga, mingniki tumanga.
3.Taqsim sonlar narsaning miqdor jihatdan teng bo‘linganligini ifodalaydi. Taqsim son quyidagicha hosil bo‘ladi: a) sanoq songa – tadan qo‘shimchasini qo‘shish bilan: beshtadan, to‘rttadan; b) dona sonlarni takror qo‘llash orqali: ikkita – ikkita, to‘rtta – to‘rtta. Bunday holda takror qo‘llangan sonning ikkinchisiga –tadan affiksi qo‘shilishi ham mumkin: ikkita-ikkitadan kabi. Miqdor sonning bu turi numerativ so‘z bilan qo‘llanishi mumkin: ikki nusxadan, Besh donadan, yuz kelogrammdan.
Taqsim sonlar boshqa miqdor sonlar kabi ot va ot vazifasidagi so‘zlar yoki fe’l oldidan kelib, narsa yoki harakatning miqdoriy belgisini ko‘rsatadi: Navbatda turganlar bittadan, ikkitadan bo‘lib kela boshladi.
Taqsim sonlar ham boshqa son turlaridan farqli ravishda egalik, kelishik va ko‘plik qo‘shimchalarini qabul qilmaydi. Demak, ular otlashmaydi.
4.Jamlovchi sonlar narsa miqdorini jamlab, to‘dalab ko‘rsatadi. Ular sanoq sonlarga -ov, -ala, -ovlon, -ovlashib qo‘shimchasini qo‘shish bilan hosil bo‘ladi.
Jamlovchi sonning –ov, -ovlon affiksli shakli har doim 1-shaxs birlik shakldan tashqari, barcha egalik affiksi bilan qo‘llanib, gapda ot vazifasida ishlatiladi. Shu bois sonning boshqa turlaridan farqli ravishda gapda sifatlovchi-aniqlovchi vazifasinibajarmaydi: Uchovining maqsadi bir. Oltovlon ola bo‘lsa, og‘zidagin oldirar.
Biroq –ala affiksli jamlovchi son ot oldidan kelib, sifatlovchi-aniqlovchi vazifasini bajaradi: Ikkala o‘rtoq bir bo‘lib ishga tushdilar. –ov, -ala, -ovlon affikslari bilan hosil bo‘ladigan jamlovchi sonlarning faol qo‘llanishi ikkidan yettigacha bo‘lgan sonlarda ko‘proq kuzatiladi.
Jamlovchi sonning –ov, -ala affiksli shakliga kelishik affikslari 3-shaxs egalik qo‘shimchasidan keyin qo‘shiladi, -ala affiksli shakliga esa kelishik affikslari egalik affiksining 1-shaxslaridan boshqa turlaridan keyin qo‘shiladi va gapda ega, qaratqichli aniqlovchi va to‘ldiruvchi vazifasini bajaradi: Ikkovi qadirdonlarcha ko‘rishdilar. Ikkalasining bo‘yi teng. Terimchilarning uchalasiga ham mukofot berildi.To‘rta-langizdan boshqa hamma yig‘ilishga qatnashdi.
Bundan tashqari, jamlovchi son ov+la+sh+ib affiksi yordamida hosil bo‘luvchi shaklga ham ega. Bu affiks bilan shakllangan jamlovchi sonlar ko‘pincha fe’lga bog‘lanib, gapda hol vazifasida keladi: Uchovlashib ichkariga kirishdi.
5.Chama son narsa miqdorini chamalab, taxminlab ko‘rsatish uchun ishlatiladi va quyidagicha yasaladi: 1) –tacha affiksi orqali: o‘ntacha, beshtacha; 2) –lab affiksi vositasida: o‘nlab, yuzlab; 3) –lar qo‘shim-chasi orqali: soat birlar bo‘ldi, o‘ntalar; 4) –larcha qo‘shimchasi orqali: o‘nlarcha, yuzlarcha; 5) sanoq yoki dona sonlarni juftlash orqali:bir-ikki, ikki-uch, uch-to‘rtta, besh–oltita; 6) chama sonlarni hosil qilishda ba’zi taxmin ma’nosidagi so‘zlar ham ishtirok etadi: o‘ttizga yaqin, yigirma chog‘li, kamida o‘nta, qariyb yuzta, yuzdan ortiq.
Chama sonlar hisob so‘zlari bilan qo‘llanadi. Bunda chama ma’nosini hosil qiluvchi affikslar hisob so‘ziga qo‘shiladi: Maktab uzog‘i bilan yuz metrcha narida edi. Oradan bir yilcha vaqt o‘tdi.
Chama sonning gapdagi vazifasi uning qaysi so‘z bilan birikishiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan: a) ko‘pincha otga bog‘lanib, sifatlovchi aniqlovchi vazifasini bajaradi: Kuzgacha besh-oltita ketmon ishdan chiqdi. (A.Q) b) fe’lga bog‘lanib hol vazifasini bajaradi: Ro‘zimat qorong‘ida ko‘ziga yigirma besh yoshlarda ko‘ringan edi. (A.Q.) v) otlashgan holda shaxs ma’nosini ifodalaydi va gapda ega, vazifasini bajaradi: bitta-yarimta sezgani yo‘qmi, degan o‘y bilan atrofga alangladi. (S. Ahmad)
Tartib sonlar narsaning joylashish tartibini, o‘rnini ifodalash bilan boshqa sonlardan farqlanadi. Ular sanoq songa –nchi, -inchi, -lamchi affiksini qo‘shish orqali hosil bo‘ladi: birinchi, ikkinchi, beshinchi, birlamchi, ikkilamchi kabi. Tartib sonlar boshqa son turlaridan farqli ravishda hisob so‘zlari bilan qo‘llanmaydi.
Tartib son yasovchi affikslar bir soniga qo‘shilganda «ilk», «dastlabki», «oldingi» kabi so‘zlar bilan sinonim bo‘ladi: Qishning birinchi kunlarida qor qalin yog‘di.
Tartib son yasovchi affikslar ikki soniga qo‘shilganda «boshqa» so‘ziga ma’nodosh bo‘ladi: Endi masalaning ikkinchi tomoniga e’tibor qarataylik.
Narsa, hodisalar tartibini ko‘rsatishda avval sanoq son undan so‘ng tartib son qo‘llaniladi: Bir tomonda sho‘x, ikkinchi tomonda kishining qalbini tirnaydigan katta ashula bo‘lmoqda.
Tartib son ba’zan narsaning turi yoki navini ifodalash uchun ham xizmat qiladi. Bunda tartib son narsaning joylashish o‘rnini emas, aksincha, uning belgisi, xususiyati e’tiborga olinadi: U yettinchi chiroqni oldiga qo‘yib, erining to‘nini yelkasiga tashlaganicha o‘tirardi (S.Ahmad).
Tartib sonlar narsaning miqdoriga ko‘ra belgisini ko‘rsatib, gapda sifatlovchi aniqlovchi vazifasini bajaradi: Atirgullar, ko‘rkam karnaygullar, xil-xil gulbeorlar kuzning birinchi izg‘irinlarini pisand qilmaydi (O). Fe’l-kesimga bog‘lanib, gapda miqdor holi vazifasini bajaradi: Bunday go‘zallikni Abrorjonning birinchi ko‘rishi edi.
Tartib son otlashadi. Ular otlashganda avval egalik qo‘shimchasi so‘ng kelishik qo‘shimchasi qo‘shiladi va gapda ega, to‘ldiruvchi, qaratqich aniqlovchi kabi vazifalar bajaradi: Ikki otliq ancha gaplashib turgandan keyin biri qishloq tomonga ketdi, ikkinchisi orqaga qaytdi.
Tartib sonlar gap bo‘laklariga garammatik jihatdan bog‘lanmay, kirish so‘z vazifasida ham qo‘llanadi: Birinchidan, hali juda yoshsiz, ikkinchidan, bu vazifani uddalashga tajribangiz yetisharmikan.