Andijon davlat tibbiyot instituti «kelishildi»


A510108 DERMATOVENEROLOGIYA



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə74/231
tarix02.01.2022
ölçüsü0,54 Mb.
#47866
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   231
Даволаш-АДТИ Магистратура имтиҳон дастури 2021

5A510108 DERMATOVENEROLOGIYA
Tuzuvchi: A.B.Pakirdinov - ADTI Dermatovenerologiya kafedrasi mudiri, t.f.d. Taqrizchi: F.Sh.Xamidov- ADTI Dermatovenerologiya kafedrasi kafedrasi dotsenti, t.f.n.


Kirish


Dermatovenerologiya (teri va tanosil kasalliklari) – teri kasalliklari va jinsiy aloqalar vositasida yuqadigan infeksiyalarni (JAVYuI) o‘rganuvchi klinik tibbiyotning intensiv rivojlanuvchi tarmog‘i xisoblanadi. Shu bilan birga teri va tanosil kasalliklari tibbiyotning jiddiy tibbiy-ijtimoiy muammolari sifatida ham qaraladi. Dermatovenerologiya teri va tanosil kasalliklarning etiologiya, patogenezi, klinik ko‘rinishlari, tashxis qo‘yish, davolash, profilaktikasi, shuningdek boshqa patologik holatlardagi terining o‘zgarishlarini o‘rganadi.

Mashg‘ulotlar teri-tanosil kasalliklari kafedrasi, dermatologik klinikalar, kafedraning asosiy klinik bazalari – teri va tanosil kasalliklari dispanserlarida, SSV qarashli Teri va tanosil kasalliklari ilmiy tekshirish institutida, shuningdek ilmiy tekshirish tibbiyot institutlarda va O‘zbekiston Respublikasi tibbiy markazlarda o‘tkaziladi.

Nazariy tayyorlashni mutaxassislik bo‘yicha seminar mashg‘ulotlar tarzida o‘tkaziladi va ma’lum bir seminar mashg‘ulotlarining mavzulari mustaqil tayyorlanish uchun ajratilgan.

Amaliy tayyorgarlik (magistrlik amaliyoti) teri-tanosil dispanseri, statsionar, poliklinika va laborator bo‘limlarida, ilmiy tekshirish institutining klinik va diagnostika bo‘limlarida, shuningdek, maslaxat beruvchi poliklinikada qo‘shimcha tekshiruvlarni mustaqil taxlil qilish yo‘li bilan davolash profilaktik manipulyatsiyalar, bemorlarni rotatsiya bo‘yicha amaliy ko‘nikmalardan foydalanib kuratsiya qilish bilan olib boriladi.

Amaliy dars ( magistrlik amaliyoti) trener qo‘l ostida dermatologik statsionar bo‘limlari, maslaxat poliklinikasida kerakli davolash, diagnostik manipulyatsiya va muolajalarni bajarish, tibbiy xujjatlarni to‘ldirish, amaliy ko‘nikmalarning bir qismi esa navbatchilik vaqtida o‘zlashtiriladi.


Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   231




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin