Andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti



Yüklə 325,93 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/10
tarix28.12.2021
ölçüsü325,93 Kb.
#48217
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
xayol va muammoli vaziyat



 

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM 



VAZIRLIGI 

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI 

PEDAGOGIKA FAKULTETI 

 

 

 

 

                               

KURS ISHI  

 

 

 

 

MAVZU  : Xayol va   muammoli vaziyat  

Bajardi:           Pedagogika psixologiya ta’lim yo’nalishi 3-bosqich talabasi 

Egamova Gulrux  

 

 

Ilmiy raxbar:                                                p.f.n T. G. Suleymanova 

 

 

 



Andijon 2015 

 

 



 

 



 

 



 

KIRISH 

 

1 XAYOL TO’G’RISIDA UMUMIY TUSHUNCHA  

 

2 XAYOL VA MUAMMOLI VAZIYAT  

 

3. XAYOL QILISHDAGI INDIVIDUAL FARQLAR. 

 

XULOSA  

 

 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI  

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 


 

Kirish 

             Bizning  ongimizda  o’zimiz  ilgari  idrok  qilgan  ob’ektlar  to’g’risidagina  emas,  shu 

bilan birga, biz idrok qilmagan ob’ektlar (narsalar, voqealar, shaxslar, joylar va shu kabilar) 

to’g’risida  ham  tasavvurlar  bor.  Masalan,  garchi  biz  Antarktikada,  Janubiy  qutbda 

bo’lmagan, Mirniy pasyolkasidagi tadqiqotchilarimizning hayotini va ishini ko’rmagan bo’lsak 

ham, lekin  ular haqida bizning tasavvurimiz bor, biz Vatanimizning uzoq o’tmishidagi voqealar 

to’g’risidagi tasavvurga egamiz, o’n, yuz va ming yillardan keyin nimalar bo’lishini tasavvur 

qilamiz va hokazo. Biz kosmik kemalarning  Oyga  va  boshqa  planetalarga  uchishini  tasav-

vur qilishimiz mumkin. Bu tasavvurlarni xayolimiz yaratib, beradi, xotira tasavvurlaridan farq 

qilgan bu tasavvurlar xayol tasavvurlari yoki fantaziya tasavvurlari deb ataladi. 

Xayol  vujudga  keltirayotgan  obrazlar  (tasavvurlar)  faqat  ongning  sub’ektiv 

mazmunigina bo’lib qolmaydi, shu bilan birga, bu obrazlar odamlarning hayoti va faoliyatida 

og’zaki va yozma nutqda ifodalanadilar; narsalarda, buyoqlarda, tovushlarda, she’r va proza 

tariqasidagi adabiy asarlarda va san’atning boshqa turlarida gavdalanadi. 

SHunday  qilib,  xayol  ong  faoliyatidir,  bu  faoliyat  ilgari  biz  idrok  qilmagan,  tajribamizda 

uchratilmagan narsa va hodisalarning obrazlarini mavjud tasavvurlarimiz asosida miyamizda 

yaratishda ifodalanadi. 

Odamning  miyasida  ilgari  vujudga  kelgan  muvaqqat  bog’lanishlarning  miyada  gavdalanishini 

va  bu  bog’lanishlar  bir-biri  bilan  tutashib,  yangi  tarzda  paydo  bo’lishini  xayolning  nerv-

fiziologik negizi deb hisoblamoq kerak. 

Ongning boshqa funktsiyalari kabi xayol ham, tarixan, avvalo odamning mehnat faoliyatida 

rivojlanib kelgan. Odamlar o’z ehtiyojlarini qondirmoq uchun odam aralashmasdanoq tabiat 

berayotgan  mahsuldan  ham  ko’ra  ko’proq  mahsul  olish  niyatida  tevarak-atrof  olamni 

o’zgartira  berganlar  va  uni  o’zlariga  buysundira  berganlar.  O’zgartira  bermoq,  va  yarata 

bermoq  uchun  esa  istalgan  narsani  oldindan  tasavvur  qilish,  shunday  o’zgartirishga  qanday 

yo’llar bilan erishishni va uning natijalarini tasavvur qilish lozim bo’lgan. 

Bora-bora odamning xilma-xil ehtiyojlari – ijtimoiy, bilish, estetik va shu kabi ehtiyojlari 

rivojlana borgan sari, xayol ham rivojlana borgan. 

Jamiyatdagi  odamlarning  ijodiy  faoliyatida  namoyon  bo’layotgan  xayol  ham  ijtimoiy  hayot 

sharoitiga  va  umumiy  madaniy  rivojlanish  darajasiga  qarab,  shu  jamiyatdagi  odamlarning 

asosiy intilishlariga qarab, alohida harakter, alohida yo’nalish kasb qilaveradi. 




Yüklə 325,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin