Ixtiyorsiz va ixtiyoriy xayol.
Ixtiyorsiz xayolda oldindan belgilangan maqsad bo’lmaydi, bunda iroda aktiv ishtirok
qilmaydi. Obrazlar bu holda o’z-o’zidan paydo bo’ladi.
Ixtiyorsiz xayol avvalo qondirilmagan shu topdagi ehtiyoj sababli tug’iladi. Masalan, odam
suvsiz cho’l-biyobonda yurib, juda chanqab qolgan vaqtida uning xayolida buloq, daryo va
suv kabilarning obrazlari beixtiyor paydo bo’la boshlaydi.
Biror narsa yoki hodisani idrok qilish, tasavvur qilish, biror fikr, nutq, hislarning ta’siri bilan ham
ixtiyorsiz xayol suriladi. CHunonchi, tarix, geografiyaga oid kitoblarni, texnikaga doir
kitoblarni va ayniqsa badiiy asarlarni o’qigan vaqtda bizning ongimizda turli joylarning,
voqealarning, shaxslarning va boshqa shu kabilarning obrazlari beixtiyor paydo bo’ladi.
Muzika tinglagan vaqtda ham xuddi shunday bo’ladi. Badiiy asarlarning xususiyati shundaki,
biz
bu
asarlarni
idrok
qilayotganimizda
(o’qiyotganimizda,
ko’rayotganimizda,
tinglayotganimizda), ular bizda beixtiyor xayol paydo qiladi.
Orzu va shirin xayol surish, ko’pincha, beixtiyor paydo bo’ladi.
Bizning tush ko’rishimiz ham ixtiyorsiz xayol faoliyatidir. Odatda, kishi qattiq uxlamagan
vaqtida tush ko’radi; uyqu vaqtida, garchi zaif holda bo’lsa ham, har holda, tug’iladigan
sezgilar, kishi organizmining holati va ehtiyojlari, shuningdek, kishi bedor yurgan chog’ida
tuyg’usida kechirgan hissiyotlar, uyqu vaqtida beixtiyor paydo bo’ladigan tasavvurlar
odamning tush ko’rishiga sabab bo’ladi.
Masalan, biz salqin uyda issiq ko’rpa yopinib, uxlab yotdik; kechasi qo’limiz yoki oyog’imiz
ochilib qolganida biz sovuq qota boshlaymiz. Mana shu sovuqni sezish xayolni ishga soladi,
o’shanda, masalan, biz shunday tush ko’ramiz biz qor bosgan yo’lda oyoq yalang ketayotgan
bo’lamiz, o’zimizni sovuqdan panaga olishga harakat qilamiz, Issiq binoga kirib olishga ko’p
urinamiz-u, lekin buni uddalay olmaymiz va hokazo.
I.P.Pavlovning fikricha, tush ko’rishning fiziologik asosi «ilgarigi ta’sirotlarning» nervda
qoldirgan izlari juda kutilmagan bir tarzda bir-biri bilan bog’lanishidadir.
Xayolning beixtiyor jarayonlari betartib ravishda o’tmay, balki muayyan bir narsaga yo’nalgan
bo’ladi. Bu yo’nalish shaxsning ehtiyojlari, maqsadlari, hissiyotlari, tevarak-atrofdagi
12
voqelikni idrok qilishi, uning ustun turgan tasavvurlari va fikrlari bilan belgilanadi.
Ixtiyoriy xayol oldindan belgilangan maqsadga yo’nalgan bo’ladi, muayyan obrazni yaratish
uchun zarur bo’lgan materialni tanlash, iroda kuchini ishlatish yo’li bilan vujudga keladi.
SHaxs tashabbusi bilan o’z oldiga maqsad qo’yishi mumkin, masalan: rassom, shoir o’zi
chizmoqchi bo’lgan suratning yoki o’z she’riy asarining temasini o’zi belgilaydi. Albatta,
badiiy asarda ijtimoiy vazifalar ifodalanadi, lekin asarning konkret temasi, shu temaga muvofiq
keladigan kompozitsiya rassomning, shoirning o’z tashabbusi bilan belgilanadi.
San’at asarlarining hammasi avvalo-ixtiyoriy xayol mahsullaridir. Ixtiyoriy xayol ixtiyorsiz
xayoldan ajralgan holda ro’y bermaydi: ixtiyoriy xayol jarayoni hamisha beixtiyor
qilinadigan xayol momentlarini o’z ichiga oladi. Ma’lumki, muzika ijodiyotining she’riy yoki
boshqa bir ijodiyotning ixtiyoriy faoliyat tariqasida o’tadigan murakkab jarayonlari ko’pincha
beixtiyor qilinadigan xayol faoliyatini ham o’z ichiga oladi. SHoirlar, rassomlar muayyan
temada o’z asarlarini (ixtiyoriy ravishda) yaratayotganlarida, ba’zan beixtiyor paydo bo’lgan
obrazlar, hislar, fikrlarga berilib ketgandek bo’ladilar.
Mana shunday beixtiyor ijodiy protsessni ko’rsatuvchi bir necha misol keltiramiz.
Rus shoiri A. V. Kolьtsov bunday deb hikoya qiladi: «Men otamning
qo’ylari bilan cho’lda tunab
qolgan edim. Tun tim qorong’i edi, hammayoq shu qadar jimjit ediki, o’tlarning shitirlagani ham
eshitilar edi. Tepamdagi osmon ham baland, qorong’i edi, undagi yulduzlar yarqirab ko’rinardi.
Uyqum kelmasdan osmonga tikilib yotdim. To’satdan miyamda she’rlar to’g’ila boshladi. SHu
vaqtgacha miyamni nuqul poyma-poy, bir-biriga bog’lanmagan qofiyalar band qilib yurar edi,
«endi bo’lsa shu qofiyalar muayyan shaklga kirdi. Men bezgak tutgandek, sapchib
o’rnimdan turdim, mening bu holatim tush emasligini tekshirib ko’rmoq uchun she’rni baland ovoz
bilan o’qiy boshladim. O’z she’rlarimga o’zim quloq solayotganimda menda g’alati bir his paydo
bo’ldi».
I.A.Goncharov o’zining ijod qilish vaqtidagi faoliyati to’g’risida quyidagilarni aytgan: «Menda
hamisha bitta obraz va shu bilan birga asosiy motiv bor, ana o’shaning o’zi hamisha meni olg’a
sudraydi, men bo’lsam yo’l-yo’lakay duch kelgan narsani, ya’ni shu obrazga yaqin bo’lgan narsani
to’satdan ilib oladigan, ana shunda jon-dilim bilan, jadal ishga tushaman, qo’lim yozishga
ulgurolmay qoladi. Ammo miyam ishlay beradi, turli basharalar meni sira tinch qo’ymaydilar,
oldimga kelib jilvalanadilar, turli alfozda ko’rinadilar, ularning barini eshitaman, aksari,
nazarimda ularni men uylab chiqarganim yo’qdek, ular barchasi mening ko’z oldimda gir-kapalak
bo’lib, aylanib yurgandek tuyuladi va men ularga qarab turib, yaxshi o’ylasam bo’lganidek
fahmlar edim».
P.I.CHaykovskiy o’zining ijodiy holati to’g’risida bunday deb yozgan edi: «...ba’zan butunlay yangi
mustaqil muzika mavzui paydo bo’ladi. Uning qaerdan paydo bo’lishi bilib bo’lmaydigan bir sirdir.
13
Masalan, bugun ertalabdan boshlab men o’zim ham tushuna olmaydigan va qaerdan paydo
bo’lganligini o’zim ham bilmaydigan jo’shqin ilhomga berilib ketdim, shu narsani oldindan
bilamanki, shunday jo’shqin ilhom tufayli shu kun yozgan narsalarimning hammasi kishining qalbiga
yoqadigan va unda taassurot qoldiradigan narsalar bo’ladi».
Qadim zamonlardan boshlaboq kishilarda, shoirlar, rassomlar, filosoflar o’z asarlarini qandaydir
«ilohiy kuchlar» ning ko’rsatishi bilan yaratadilar, degan fikr paydo bo’lganligining sababi ham ana
shunda. Ijod qilish vaqtida alohida ilhom keladi degan «ta’limot» yaratilgan. Burjua idealistik
psixologiyasi ijodiy jarayonlarga ong aralashmaydi degan va fanga xilof bo’lgan qarashlarni targ’ib
qiladi.
Aslda esa shoirning, rassomning, olimning, ixtirochining ijodiy faoliyatida tashqi kuchlar
qatnashmaydi, balki bu ijodiy faoliyatda uning o’z kuchlari – uning tajribalari, bilimlari namoyon
bo’ladi, tafakkurining, xayolining diqqatining qay darajada o’sganligi namoyon bo’ladi. Albatta,
ijodiy ilhomlanish singari murakkab hodisa batamom beixtiyor xayol qilish faoliyatidan iborat
bo’lmaydi. Lekin, har holda, beixtiyor bo’ladigan xayol ijodiy faoliyatda katta o’rin tutadi.
SHu bilan birga, ijodiy xayolning mahsuldorligi, asosan, iroda ko’rsatib, g’ayrat bilan ishlashga
bog’liqdir. Xayol faoliyatini qo’zg’atish, tegishli obrazlarni yaratish uchun ulug’ kishilarniig ham
ko’p fikr ishlatishlari, zo’r iroda ko’rsatib, g’ayrat bilan, ko’p mehnat sarf qilib, tirishib
ishlashlari lozim bo’lgan.
Mashhur rassom akademik I.E.Grabarь kompozitor P. I. CHaykovskiy to’g’risidagi
xotiralarida «ilhom haqida» aytilgan quyidagi gaplarni keltiradi:
«Qachon ilhom kelar ekan deb, kutib o’tirib bo’lmaydi,– deydi CHaykovskiy,– zotan, birgina
ilhomning o’zi kifoya ham qilmaydi: birinchi galda kerak bo’ladigan narsa – mehnat, mehnat va yana
mehnatdir.Men har kuni ertalab ishga boraman va yozaveraman, agar bugun yozganlarimdan hech
bir narsa chiqmasa, ertaga shu ishni yana boshlayman, ikki kun, o’n kun bo’lsa ham yoza
beraman, shunda ham hech narsa chiqmasa, baribir, umidsizlanmayman, nihoyat, o’n birinchi kun
ishlaganimda, qarabsizki, biror kerakli asar paydo bo’ladi».
Asosan ayrim obrazlar, obrazlar kompleksi beixtiyor yaratilishi mumkin, bular ba’zan yangi va
yorqin obrazlar bo’lsa ham lekin ayni vaqtda sistemasiz, tartibsiz bo’lishlari turgan gap, xayolda
paydo bo’lgan bu chala-chulpa obrazlarni tartibga solmoq, turkumlashtirmok, sistemaga solmoq,
yahlit bir narsa yaratmoq uchun fikr va irodaning zo’r berishi, mehnat qilish lozim bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |