Tekshirdi: ___________________________________________________ Himoya bahosi: _______________________
Andijon - 2023 Mundarija.
Kirish………………………………………………………………
3-4
Asosiy qism………………………………………………….
1.
Moliyaviy hisob haqida tushuncha va uning vazifalari……………..
5-12
2.
Moliyaviy hisobotning xalkaro standartlari asosida moliyaviy hisobotlarni tuzish tartibi……………………………………………
13-20
3.
Moliyaviy hisobot va uning tarkibi………………………................
21-22
4.
Moliyaviy hisobotning xalkaro standartlari asosida moliyaviy hisobotlarni tuzish tartibi………........................................................
23-29
Xulosa……………………………………………………………...
30-31
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati……………………………..
32
Kirish. Kurs ishining dolzarbligi. Keyingi yillarda O’zbekiston iqtisodiyotida amalga oshirilayotgan ulkan iqtisodiy o’zgarishlar respublikamiz hisob tizimini ham o’z ichiga qamrab olmoqda. Ayniqsa, buxgalteriya hisobining milliy standartlarining amaliyotga tatbiq etilayotganligi bunda alohida ahamiyat kasb etadi.
Buxgalteriya hisobidan foydalanuvchilar doirasi ancha kengayib borayotganligi, integratsiya jarayonlari chuqurlashayotganligi, qo’shma korxonalar barpo etilayotganligi, jahon moliya bozoriga (qimmatli qog’ozlar birjalariga, xalqaro banklarga, fondlarga va boshqalarga) chiqilayotganligi sarmoyalar, ishchi kuchi va valyutaning ayrim mamlakatlar o’rtasida erkin harakatlanishi zarurligi buxgalteriya hisobi tizimini jahon andozalariga ko’chirishni yanada qattiqroq talab qilmoqda. Qolaversa, buxgalteriya hisobi va hisobotini xalqaro talablarga muvofiq o’zgartirish keyingi vaqtlarda O’zbekiston uchun ham tobora dolzarb vazifaga aylanmoqda. Ushbu vazifalarni amalga oshirish maqsadida respublikada xalqaro andozalarga to’la-to’kis mos keluvchi buxgalteriya hisobining milliy andozalari ishlab chiqilmoqda va amaliyotga keng tatbiq etilmoqda.
Ma’lumki‚ moliyaviy hisobni rivojlantirish‚ isloh qilish bevosita bozor munosabatlariga o’tish bilan uzviy bog’liqdir. Bu esa respublikamizda moliyaviy hisobni xalqaro andozalar talablari asosida takomillashtirishni zaruriyat qilib qo’ymoqda‚ ayniqsa, respublikamizning jahon hamjamiyatiga qo’shilishi, turli xalqaro tashkilotlarda qatnashishi iqtisodiy ko’rsatkichlarni joriy mezonlarga taqqoslashda hisobning uslubiy tamoyillarini jahon amaliyotida qabul qilingan andozalar talablariga javob berishni talab etadi.