Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti



Yüklə 1,84 Mb.
səhifə10/11
tarix09.05.2023
ölçüsü1,84 Mb.
#110237
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Go\'zal BHA

Hisoblash qoidasi. Hisoblash qoidasiga asosan aktivlar, passivlar, o’z kapitali, daromadlar, xarajatlar, xo’jalik muomalalari va hodisalar sodir etilgan paytda buxgalteriya hisobida ko’rsatiladi, ular bo’yicha pul mablag’lari yoki ularning ekvivalenti olingan yoki to’langan vaqt bundan mustasno.

  • Ikki yoqlama yozish usuli. Ikki yoqlama yozish usuli bilan hisob yuritish qoidasi xo’jalik yurituvchi sub’ekt buxgalteriya muomalalarini ikki yoqlama yozish tizimi asosida yuritish kerakligini bildiradi. Ikki yoqlama yozish tizimi bir xil muomala bo’yicha aynan bir xil summani buxgalteriya hisobining ikki hisobvarag’ida – birining debeti va boshqasining kreditida aks ettirilishidan iborat bo’ladi.

  • Uzluksizlik. Uzluksizlik tamoyili buxgalteriya hisobini yuritish muddati xo’jalik yurituvchi sub’ektning faoliyat ko’rsatish muddatiga mos kelishi kerakligini, ya’ni xo’jalik yurituvchi sub’ektda buxgalteriya hisobi uni tugatish yoki bankrot bo’lguniga qadar olib borilishi kerakligini bildiradi. O’z faoliyatini tugatgan kundan boshlab xo’jalik yurituvchi sub’ekt buxgalteriya hisobini yuritishni taqozo qilmaydi

  • Tushunarlilik. Moliyaviy hisobotlarda berilayotgan axborot foydalanuvchilar uchun oddiy va tushunarli bo’lishi kerak. Natijada foydalanuvchilarga moliyaviy hisobotlarni o’qiy olish talabini qo’yadi.

  • Ahamiyatlilik. Moliyaviy axborotlar foydalanuvchilar qarorlar qabul qilish jarayonida yordam berishi va muomala moliyaviy-xo’jalik faoliyatiga taalluqli voqealari baholashda yordam berish ehtiyojlarini qondirishda ahamiyatli bo’lishi kerak.

  • O’z vaqtidalik. Ma’lumot o’z vaqtida taqdim etilsagina, foydalanuvchilar uchun foydali hisoblanadi. Moliyaviy hisobot tuzilgan kundan keyin foydalanuvchilar ixtiyoriga belgilangan muddatda etkazib berilmasa, moliyaviy hisobotlarning foydaliligi pasayib ketadi. Hisobot ma’lumotlari asossiz kechiqtirilsa, u o’z ahamiyatini yo’qotgan bo’ladi.

    Yuqorida ta’kidlangan fikr va mulohazalarni umumlashtirish asosida quyidagi yakuniy xulosaga kelishimiz mumkin: inson o‘z hayoti mobaynida nima bilan shug‘ullanmasin tizimli ravishda amalga oshirayotgan faoliyatiga ta’sir etuvchi omillar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ib borishi, yuqorida sanab o’tilgan qonun-qoidalarga rioya qilishi darkor.


    Yüklə 1,84 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin