Muhimlik. Agar axborotning muhimligi uni o’tkazib yuborganida yoki noto’g’ri tasavvur qilinganda, moliyaviy hisobotlar asosida axborotdan foydalanuvchilar tomonidan iqtisodiy qarorlar qabul qilishlariga ta’sir etsa, axborot muhim hisoblanadi.
Muhimlik tamoyiliga ko’ra moliyaviy hisobotlarda hamda tushuntirish xatlarida bitta moddada boshqa uncha muhim bo’lmagan bir xil tipdagi moddalarning summasi aks ettiriladi.
Haqqoniy va xolis taqdim etish. Moliyaviy hisobotlar foydalanuvchilarning turlaridan qat’iy nazar, sub’ektning moliyaviy holati, muomalalar natijalari, pul mablag’lari harakati haqida haqqoniy, xolis tasavvur hosil qilishi kerak.
Tugatilganlik. Ishonchlilikni ta’minlash maqsadida moliyaviy hisobotdagi axborot to’liq va tugatilgan bo’lishi kerak, ya’ni hisobot tuzish sohasida joriy davrdagi hamma muomalalar hisobga olinishi va buxgalteriya yozuvlari amalga oshirilishi va tugatilishi shart.
Izchillik. Foydalanuvchilar xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy ahvolidagi o’zgarish yo’nalishlarini aniqlash uchun turli davrlardagi hisobotlarni qiyoslash imkoniyatlariga ega bo’lishlari kerak.
Moliyaviy hisobot bandlarini taqdim etish va tasniflash, agar xo’jalik yurituvchi sub’ektning muomalalari mohiyatidagi va hisobotdagi shakllarni tahlil qilish tartibi yoki qonunda va atrof-muhitdagi jiddiy o’zgarishlar hisobotni taqdim etish turlarini o’zgartirish lozimligini taqozo etmasa, u holda davrdan-davrga saqlanib qolishi lozim.
O’zvaqtidalik. Ma’lumot o’z vaqtida taqdim etilsagina, foydalanuvchilar uchun foydali hisoblanadi. Moliyaviy hisobot tuzilgan kundan keyin foydalanuvchilar ixtiyoriga belgilangan muddatda etkazib berilmasa, moliyaviy hisobotlarning foydaliligi pasayib ketadi. Hisobot ma’lumotlari asossiz kechiqtirilsa, u o’z ahamiyatini yo’qotgan bo’ladi.4