4.Moliyaviy hisobotning xalkaro standartlari asosida moliyaviy hisobotlarni tuzish tartibi So’nggi yillarda respublikamizda faoliyat yuritayotgan iqtisodiy subyektlarning xorijlik hamkorlar bilan xalqaro aloqalar doirasi sezilarli darajada kengaymoqda, va o’z o’zidan buxgalteriya hisobotlaridan xorijiy foydalanuvchilar hajmi ham ortmoqda. Shu munosabat bilan BHMS bо‘yicha tuzilgan moliyaviy hisobotlarni kompaniyalarning aksiyalari xalqaro fond bozorlarida kotirovka qilinadigan aksiyadorlik jamiyatlari uchun MHXSga muvofiq о‘zgartirish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etadi. Respublikamiz moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlar bо‘yicha о‘zgartirish jarayoni sari birinchi qadam – buxgalteriya hisoboti tuzish jarayoniga ta’sir etadigan mahalliy buxgalteriya hisobi yuritishning ayrim usullari umume’tirof etilgan amaliyotga mos kelmasliklarini aniqlashdir. Bu usullar MHXS qо‘yadigan talablarga muvofiq tuzatishlar kiritish uchun zarur. О‘zgartirish jarayonining mohiyati BHMS bо‘yicha va MHXS bо‘yicha hisobdagi mavjud nomuvofiqliklarni aniqlash hamda BHMS asosida tuzilgan hisobotlarga zarur tuzatishlar kiritishdan iborat.6 BHMS asosida tuzilgan hisobotlarni о‘zgartirish aksiyadorlik jamiyatlarining о‘z kuchlari bilan ham, chetdan taklif qilingan mutaxassislar yordamida ham amalga oshirilishi mumkin. Amaliyotda kо‘pincha ikkinchi usul foydalaniladi, chunki о‘zgarishlar jarayonlarini bajarish ham mahalliy, ham xalqaro hisob standartlari va hisobotlarni о‘zgartirish texnikasini mukammal bilish zarurati bilan bog‘liq. Korxonalar taklif qilladigan malakali mutaxassislar bu – auditorlik tashkilotlarining xodimlari sanaladi.
Milliy qonunchilik talablariga muvofiq hisob yuritish va hisobotlar tuzishga majbur bо‘lgan respublikmiz aksiyadorlik jamiyatlari uchun MHXS bо‘yicha moliyaviy hisobot tayyorlashning ikki xil texnologiyasi mavjud – parallel hisob va о‘zgartirish (trans_formatsiya). Biroq parallel hisob yuritish mehnat resurslaridan nooqilona foydalanish va mehnat xarajatlarining ortishi tufayli samarasiz hisoblanadi. Hozirgi paytda parallel hisob yuritish yoki hisobotlarni о‘zgartirishni qо‘llash masalasi qonunchilik tomonidan tartibga solinmaydi va aksiyadorlik jamiyati rahbariyatining ixtiyoriga havola qilinadi, shu sababli ikkala texnologiyani ham taqqoslash mumkin. Hisobotlarni о‘zgartirishning asosiy mohiyati schetlar va operatsiyalarni qayta tasniflash va О‘zbekiston hisob tizimi ma’lumotlariga MHXSga muvofiq tuzatishlar kiritish yо‘li bilan BHMS bо‘yicha hisobotlarni konversiyalash (о‘zgartirish) va moslashtirishdan iborat. Parallel hisob yuritishning mohiyati esa shundan iboratki, korxonaning barcha operatsiyalari BHMS bо‘yicha ham, MHXS bо‘yicha ham hisobda aks ettiriladi. Ikkita bosh kitob: BHMS bо‘yicha bosh kitob va MHXS bо‘yicha bosh kitob parallel ravishda yuritiladi. Agar kо‘rsatilgan texnologiyalarni jarayonning mehnat sig‘imi nuqtai nazaridan baholaydigan bо‘lsak, hisobotni о‘zgartirishda tuzatishlar kiritish tarkibi va mehnat sig‘imi milliy va xalqaro standartlarni yaqinlashtirish doimiy jarayoni tufayli sezilarli darajada kamaytirilishi mumkin. Shu bilan bir paytda, parallel hisob yuritish butun buxgalteriya hisobi va hisobotlari jarayoniga ta’sir kо‘rsatadi, buning oqibatida aksiyadorlik jamiyatining hisob siyosatini qayta kо‘rib chiqish va unga mos keluvchi tuzatishlar kiritish muqarrar bо‘ladi.
Bevosita inson resurslaridan foydalanishga keladigan bо‘lsak, amaliyot shuni kо‘rsatadiki, hisobotlarni о‘zgartirish ishini ikkitadan oltitagacha malakali mutaxassis uddalay oladi. Parallel hisob yuritishda buxgalteriya va (yoki) moliya xizmatining har bir xodimi u yoki bu darajada MHXS masalalaridan xabardor bо‘lishi lozim, bu esa xodimlarni о‘qitish va qо‘shimcha tayyorlashni taqozo etadi. Bundan tashqari, ushbu holatda korxonada MHXS bо‘yicha operatsiyalarni aks ettirish tо‘g‘riligini nazorat qiladigan kamida bitta malakali mutaxassis bо‘lishi lozim. Ikkala holatda ham, agar korxona yetarli darajada malakali mutaxassislarga ega bо‘lmasa, u mos keluvchi xizmatlar kо‘rsatadigan firmalarga murojaat qilishga majbur bо‘ladi. Tabiiyki, ikkala holatda ham xizmatlar qiymati farq qiladi va bu farq kо‘pincha juda sezilarli bо‘ladi. Hisobot davrida tan olingan daromadlar va xarajatlar barcha moddalarini aksiyadorlik jamiyati yoki yalpi daromad haqida bitta hisobotda, yoki ikkita hisobotda: foyda yoki zarar tarkibiy qismlarini aks ettiradigan hisobot (moliyaviy natijalar tо‘g‘risida hisobot) va foyda yoki zarardan boshlanadigan va boshqa yalpi daromadlar tarkibiy qismlarini aks ettiradigan hisobotda (yalpi daromad tо‘g‘risida hisobot) taqdim etishi lozim. Yalpi daromad haqida hisobotda kamida quyidagi moddalar ochib berilgan bо‘lishi lozim: tushum; moliyalashtirish bо‘yicha xarajatlar; korxonaning uyushgan korxonalar va qо‘shma faoliyatdan olinadigan, ulushli ishtirok usuli bо‘yicha hisobga olinadigan foyda yoki zarardagi ulushi; soliqlar bо‘yicha xarajatlar; quyidagilardan tashkil topadigan alohida summa:
a) tо‘xtatilgan faoliyatdan soliqlar chiqarib tashlangandan keyingi foyda yoki zarardan;
b) sotish xarajatlarini chiqarib tashlaganda joriy qiymat bо‘yicha baholash natijasida yoki aktivlarning yo tо‘xtatilgan faoliyatni tashkil qiladigan chiqib ketayotgan guruh (guruhlar) yoki aktivlarning chiqib ketishi natijasida tan olingan soliqlar tо‘langandan keyingi foyda yoki zarar; foyda yoki zarar, о‘z xarakteri bо‘yicha tasniflanadigan, boshqa umumiy daromadlarning har bitta tarkibiy qismi; ulush asosidagi ishtirok usuli bо‘yicha hisobga olinadigan, assotsiatsiyalangan korxonalar yoki qо‘shma faoliyatdan olinadigan boshqa yalpi daromad ulushi; yalpi jami daromad.
Quyidagi moddalar yalpi daromad haqida hisobotda davr uchun taqsimlangan moddalar sifatida ochib berilishi lozim: quyidagilarga mansub sanalgan foyda yoki zarar:
a) nazorat qilinmaydigan ulush,
b) bosh korxona mulkdorlari; quyidagilarga mansub sanalgan yalpi jami daromad: a) nazorat qilinmaydigan ulush, b) bosh korxona mulkdorlari. Korxona yalpi daromad tо‘g‘risida hisobot, moliyaviy natijalar tо‘g‘risida hisobot, izohlarda (agar kо‘rsatilgan hujjatlar taqdim etiladigan bо‘lsa) daromadlar va xarajatlarning biron-bir moddasini favqulodda modda sifatida taqdim etmasligi lozim. Agar MHXS talablariga muvofiq, о‘zgacha holat talab qilinmasa yoki yо‘l qо‘yilmasa, korxona foyda yoki zarar tarkibida davr uchun daromadlar va xarajatlar barcha moddalarini tan olishi lozim. Korxona boshqa umumiy daromadning har bitta tarkibiy qismiga nisbatan foyda solig‘i summasini, jumladan, qayta tasniflashda tuzatish kiritishda yoki yalpi daromad tо‘g‘risida hisobotda yoki izohlarda ochib berishi lozim. Boshqa umumiy daromad tarkibiy qismlari aksiyadorlik jamiyati tomonidan ushbu tarkibiy qismlarga nisbatan foyda solig‘i umumiy summasidan bitta summani aks ettirgan holda mos keluvchi soliq samarasigacha yoki soliq samaralarini chiqarib tashlagan holda taqdim etilishi mumkin. Aksiyadorlik jamiyati shuningdek, boshqa yalpi daromad tarkibiy qismlariga nisbatan qayta tasniflashda tuzatishlar kiritish haqida axborotni ham ochib berishi lozim. Agar daromadlar va xarajatlar moddalari muhim sanalsa, korxona ularning xarakteri va summasini yalpi daromad haqida hisobotda yoki izohlarda ochib berishi lozim.
Kapitaldagi о‘zgarishlar haqida hisobot aksiyadorlik jamiyati tomonidan MHXS talablariga muvofiq taqdim etiladi va quyidagi axborotlarni о‘z ichiga oladi:
davr uchun yalpi jami daromad, bunda nazorat qilinmaydigan ulushlarga va bosh aksiyadorlik jamiyati mulkdorlariga mansub sanalgan yakuniy summalar alohida kо‘rsatiladi;
kapitalning har bir tarkibiy qismi uchun MHXS 8 ga muvofiq tan olingan retrospektiv qо‘llash yoki retrospektiv qayta hisob-kitob samarasi;
kapitalning har bir tarkibiy qismi uchun davr boshi va oxirida balans qiymatini solishtirib chiqish, bunda quyidagilar bilan asoslanadigan о‘zgarishlar alohida ochib beriladi:
a) foyda yoki zarar moddalari.
b) boshqa yalpi daromad moddalari,
v) bu sifatda ishtirok etayotgan mulkdorlar bilan operatsiyalar, bunda mulk egalari kiritgan badallar va mulk egalari foydasiga taqsimot, shuningdek, nazoratning yо‘qotilishiga olib kelmaydigan shо‘ba korxonalardagi ishtirok bevosita ulushlaridagi о‘zgarishlar alohida aks ettiriladi.
Mahalliy tashkilotlar hisob siyosati qoidalari va ularning bajarilishini xalqaro standartlar talab qiladigan qoidalar bir-biriga muvofiqligini tahlil qilish natijalari bо‘yicha tuzatish kirituvchi provodkalar beriladi va mos keluvchi ishchi hujjatlar (ishchi jadvallar) shakllantiriladi. Yaqqolroq bо‘li uchun bu yozuvlarning barchasi buxgalteriya hisobi ikkita maxsus scheti va tuzatish kirituvchi provodkalar ikkita yangi turini kiritgan holda schetlar rejasi bо‘yicha amalga oshiriladi:
8710-«Hisobot davridagi qoplanmagan zarar yoki taqsimlanmagan foydaga tuzatish kiritish» (joriy hisobot davri xо‘jalik jarayonini aks ettirish uchun);
8720-«О‘tgan davrlardagi qoplanmagan zarar yoki taqsimlanmagan foydaga tuzatish kiritish» (о‘tgan yillardagi xо‘jalik jarayonini aks ettirish uchun). Tuzatish kiritish provodkasi K1. Aksiyadorlik jamiyat hisobot davrida qisqa muddatli bank krediti uchun foizlar hisoblamagan.
Demak, tuzatish kiritish provodkasi quyidagi kо‘rinishga ega bо‘ladi:
8710 «Hisobot davridagi qoplanmagan zarar yoki taqsimlanmagan foydaga tuzatish kiritish» schet debeti 6810 «Qisqa muddatli bank kreditlari» (kreditlar bо‘yicha foizlar) schet krediti — kreditni tо‘lash uchun fizlar summasiga. Tuzatish kiritish provodkalari K2 va K3. Aksiyadorlik jamiyati xodimlari tomonidan foydalaniladigan turar-joy fondi obyektlari amortizatsiyasi aksiyadorlik jamiyatining balansdan schetlarida hisoblanadi.
Shu sababdan hisobot davri boshiga turar-joy tо‘plangan amortizatsiyasi hajmiga teng tuzatish kiritish provodkasi K2 tuziladi:
8720 «О‘tgan davrlardagi qoplanmagan zarar yoki taqsimlanmagan foydaga tuzatish kiritish» schet debeti 0200 «Asosiy vositalar amortizatsiyasi» schet krediti.
Tuzatish kiritish provodkasi K^ hisobot davridagi turar-joy amortizatsiyasi summasiga bajariladi:
8710-«Hisobot davridagi qoplanmagan zarar yoki taqsimlanmagan foydaga tuzatish kiritish» schet debeti 02-«Asosiy vositalar amortizatsiyasi» schet krediti. Tuzatish kiritish provodkasi K3. 5610-«Pul hujjatlari» schetida pul hujjatlari hisobga olinadi. MHXS da esa bunday tushuncha kо‘zda tutilmaydi. Shundan kelib chiqib, 5610- «Pul hujjatlari» scheti saldosi 3110-«Kelgusi davr xarajatlari» schetiga hisobdan chiqarilishi lozim.
Agar 5610-«Pul hujjatlari» schetida tashkilot aktivlari ta’rifiga mos tushmaydigan pul hujjatlari hisobga olinadigan bо‘lsa, ular mos keluvchi hisobot davri xarajatlariga hisobdan chiqariladi.
Pul hujjatlarini hisobdan chiqarishga tuzatish kiritish yozuvi Kg kiritamiz:
8710-«Hisobot davridagi qoplanmagan zarar yoki taqsimlanmagan foydaga tuzatish kiritish» schet debeti.
8720-«О‘tgan davrlardagi qoplanmagan zarar yoki taqsimlanmagan foydaga tuzatish kiritish» schet debeti, 3110-«Kelgusi davr xarajatlari» schet debeti, 5610-«Pul hujjatlari» scheti krediti – hisobdan chiqariladigan pul hujjatlari summasiga. Tuzatish kiritish provodkasi K4. 5110-«Hisob-kitob scheti», 52- «Valyuta scheti» schetlari bо‘yicha qoldiqlar summalari mos keluvchi davrlar xarajatlariga hisobdan chiqarilishi zarur, chunki ular xalqaro standartlarga muvofiq aktivlarni tan olish va ta’riflash talablariga javob bermaydi.
Tuzatish kiritish yozuvi K4 quyidagicha bо‘ladi:
8710-«Hisobot davridagi qoplanmagan zarar yoki taqsimlanmagan foydaga tuzatish kiritish» schet debeti.
8720-«О‘tgan davrlardagi qoplanmagan zarar yoki taqsimlanmagan foydaga tuzatish kiritish» schet debeti 5110-«Hisob-kitob schetlari» schet krediti, 5210-«Valyuta schetlari» schet krediti. Tuzatish kiritish provodkasi K5.
Agar kreditorlik qarzlari qoldiqlarini ularning vujudga kelish muddati bо‘yicha inventarizatsiya qilish haqida qaror qabul qilinsa va bu inventarizatsiya natijasida tо‘lash va undirishni amalga oshirib bо‘lmaydigan, masalan, tashkilotning bankrotligi oqibatida vujudga kelishi mumkin bо‘lgan qarzdorlik aniqlanadigan bо‘lsa, bunda undirishni amalga oshirib bо‘lmaydigan kreditorlik qarzlarini hisobdan chiqarish summasiga K5 tuzatish kiritish yozuvini kiritish zarur:
6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar» schet debeti 8710-«Hisobot davridagi qoplanmagan zarar yoki taqsimlanmagan foydaga tuzatish kiritish» schet krediti, 8720-«О‘tgan davrlardagi qoplanmagan zarar yoki taqsimlanmagan foydaga tuzatish kiritish» schet krediti. Xuddi shu tarzda, qiyosiy tahlilning boshqa yо‘nalishlari natijalari bо‘yicha ham tuzatish kiritish provodkalarini bajarish lozim.
Xulosa. Biz « Moliyaviy faoliyat hisobi va hisobotda aks ettirish » mavzusida kurs ishini bajarish yuzasidan quyidagi xulosalarga keldik: