Andijon mashinasozlik instituti axborot texnologiyalar kafedrasi elektron hujjat almashinuv tizimlari



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə1/9
tarix19.05.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#117966
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Andijon mashinasozlik instituti axborot texnologiyalar kafedrasi


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI

ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI

AXBOROT TEXNOLOGIYALAR KAFEDRASI

ELEKTRON HUJJAT ALMASHINUV TIZIMLARI


FANIDAN

KURS ISHI

MAVZU: BANK TARMOG’IDA ELEKTRON HUJJAT


ALMASHINUV TIZIMLARI

Bajardi: M42-20 guruh magistranti Jo‘rabekov Temurbek


Tekshirdi: i.f.n. dots. X. Sarimsaqov
Andijon -2022
MUNDАRIJА

KIRISh
I BOB ELEKTRON HUJJАT АLMАShINUVI TIZIMINING


NАZАRIY АSOSLАRI
1.1 Korxonalarda axborot oqimlari va ularning tasniflanishi
1.2 Elektron hujjat va elektron hujjat aylanish tizimi
1.3 Elektron hujjat tizimida risk omillari himoyalanishi va elektron raqamli imzo

II BOB BАNK TАRMOKLАRIDА ELEKTRON XUJJАT АYLАNISh TIZIMI TUTGАN OʼRNI


2.1 Bank elektron tizimida axborot texnologiyalari.
2.2 Bank elektron tizimining axborot ta’minoti.
2.3 Hamkorbankda electron hujjat almashinuvi ishlashi.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati

KIRISH
Elektron hujjat aylanishining zamonaviy tizimlarini qoʼllash, axborot sohasidagi oʼzaro hamkorlik darajasi va sifatini, katta hajmlardagi axborotni topish, qayta ishlash, foydalanish samaradorligini oshirish, boshqaruv qarorlarining tezkorligi hamda yuqori sifatini taʼminlash, hamkorlikdagi harakat jarayonini soddalashtirish va ularni amalga oshirish vaqtini qisqartirish orqali har qanday tashkilot hamda kompaniyada ish unumdorligi va samaradorligini oshirish mumkin,yurtboshimiz taʼkidlaganlaridek “..siyosiy modernizatsiya jarayonlarida tobora muhim ahamiyat kasb etib borayotgan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan davlat va jamiyat qurilishi tizimida keng foydalanish lozim”


Elektron hujjat aylanishi xizmatlariga ayniqsa, elektron hukumat va elektron tijoratni rivojlantirishda ehtiyoj sezilmoqda. Bunday sharoitda elektron hujjat aylanishi tizimini joriy etish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bu borada elektron axborot almashish jarayonining oʼzi zamonaviy talablarga javob berishi lozim.
Davlat organlari faoliyatida axborot texnologiyalaridan foydalanish, avtomatlashtirilgan davlat axborot tizimlari va resurslarini tashkil etish, fuqarolar va xoʼjalik yurituvchi subʼektlar bilan interfaol hamkorligini taʼminlash, elektron tijorat elementlarini roʼyobga chiqarish va elektron toʼlov mexanizmlarini ishlab chiqish shular jumlasidandir. Yurtboshimizning tashabbusi bilan Oʼzbekiston Respublikasida 2003 yilda “Elektron raqamli imzo toʼgʼrisida” gi va 2004 yil 29 aprelda esa 611-II-sonli “Elektron hujjat aylanishi toʼgʼrisida”gi qonun qabul qilindi.
Ushbu qonunning asosiy vazifasi elektron hujjatning huquqiy kuchini belgilashdir. Mazkur qonunga koʼra elektron hujjat qogʼoz hujjatga tenglashtiriladi va u bilan teng huquqiy kuchga ega boʼladi. Elektron hujjat aylanishi, davlat yoki tijorat xizmatlarini koʼrsatish bilan bogʼliq interfaol hamkorlik sharoitida elektron raqamli imzoni qoʼllash - bu vazifalarni amalga oshirish borasidagi eng asosiy omil hisoblanadi. 2006 yilda elektron raqamli imzoni qoʼllashga doir milliy infratuzilma tashkil etilgan boʼlib, bugungi kunda jadal rivojlanmoqda.
Elektron raqamli imzodan elektron hujjat aylanishining axborot xavfsizligini taʼminlashda foydalaniladi. Koʼplab davlat va nodavlat tuzilmalar oʼz faoliyati samaradorligini oshirish uchun elektron hujjat aylanishi tizimini joriy etdi hamda muvaffaqiyatli qoʼllamokda. Mamlakatimizdagi oʼnlab firma va kompaniyalar xorijiy sheriklari bilan elektron hujjat aylanishi tizimini ishlab chiqib, hayotga tatbiq etmoqda. Lekin milliy tizimlar yaratish muammo boʼlib kelmoqda.
Hozirgi kunlarda Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʼzbekiston Respublikasida qogʼozni tejash va undan oqilona foydalanish chora-tadbirlari dasturi toʼgʼrisida”gi 291-son qarori ijrosini taʼminlash, vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati va xoʼjalik boshqaruvi organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishini, qogʼoz koʼrinishidagi hujjatlardan bosqichma-bosqich elektron hujjat aylanish tizimlariga oʼtishlarini oʼrganish yuzasidan keng qamrovli amaliy ishlar olib borish talab etilmoqda. Yuqorida keltirilgan holatlarmazkur mavzuning dolzarbligidan dalolat beradi.


Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin